Hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar


Qandalalar (Hemiptera) turkumiga



Yüklə 292,73 Kb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü292,73 Kb.
#140623
1   2   3   4   5   6   7
HAYVONLARDA PARAZITLIK QILUVCHI HASHAROTLAR

Qandalalar (Hemiptera) turkumiga 40 mingga yaqin tur kiradi. Ular orasida o'simlik zararkunandalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham uchraydi. 100 dan ortiq turlari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qilib yashaydi.
Shularning ichida to'shak qandalasi (Cimex lectularius) muhim o'rin tutadi (101-rasm). To'shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, yer yuzida keng tarqalgan. Uning kattaligi 4,5-8,4 mm keladi.
Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik hayotiga moslashishi tufayli ularning qanotlari qisqarib, tanasi yassilashgan. Oyoqlari yuruvchi tipda bo'lib, tez harakatlanadi. 1 daqiqada 1 metr masofani bosib o'tadi To’shak qandalasimng tanasi 3 qismdan, yani bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida 1 juft mo'ylov, 1 juft ko'z va sanchib-so'ruvchi og'iz apparati joylashgan. Ko'krak qismi 3 ta bo'g'imdan iborat. Har bir bo'g'imdan 1 juftdan oyoq chiqqan. 10 ta segmentdan iborat qorin qismi shaklan bargga o'xshaydi. Ularda hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Qandalalar uzoq masofada turib o'z xo'jayinining hidini sezadi.




101-rаsm. To‘shаk qаndаlаsi (Cimex lectularius): А-jinsiy vоyagа еtgаn qаndаlа;
B-to‘shаk qаndаlаsining оg‘iz аppаrаti; V-tuхumi: 1-tuхum qоpqоg‘i, 2-еlim sеkrеti,
3-yuqоri lаbi, 4-mаndibulаlаri, 5-mаksillаlаri, 6-pаstki lаbi.

To'shak qandalasi, asosan, tunda hayot kechiradi, kunduzi devor, pollarning yoriqlarida, uy biirchaklarida, mebel, uy-ro'zg'or buyumlarining ostida yashirinib yotadi. Uzoq vaqt och qolgan qandalalargina kunduzi yoki sun'iy yorug'lik paytida odamga hujum qilishi mumkin. Qon so'rish paytida terini teshishi va suyuqlik yu-borishi tufayli qattiq og'riq paydo bo'ladi. Ular ommaviy hulda urchishidan odam-lar qattiq bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi mumkin.


To'shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo'yadi. Bitta urg'ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha yuzlab tuxum qo'yadi. Tuxumdagi embrionning rivojlanish muddati tashqi muhit haroratiga bog'liq. 35-37° C da 4-6 kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. Agar tashqi muhit harorati 10° C gacha bo'lsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6°C dan past bo'lsa, ular 1,5 oygina tirik saqlanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 5 marta po'st tashlab, imagoga aylanadi. Har bir tullaganda lichinkalar 1 marta qon so'radi. Lichinkalar 1,5 yilgacha och yashay oladi. Jinsiy voyaga yetgan qandala 14 oygacha yashashi mumkin.
To'shak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli hayvonlar va odam qoni bilan oziqlanadi. Ayrim odamlar to'shak qandalasining chaqishiga juda sezgir bo'ladi, bunday odamlaraing terisida har xil toshma paydo bo'lib, unga mikroblar tushishi natijasida yiringli yallig'lanish yuzaga keladi. To'shak qandalasi har xil yuqumli kasallik mikroblarini mexanik ravishda tashib yuradi. Uyda, jamoat muassasalarida, transport vositalarida to'shak qandalasining tarqalishi sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishi oqibatidir. Ularga qarshi kimyoviy vositalar orqali kurash olib boriladi.

Yüklə 292,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə