Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə11/35
tarix04.06.2022
ölçüsü134,23 Kb.
#88748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Iroda

Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.

va qo‘llanmalar yaratdi. Hamza Hakimzoda o‘quvchilarning tezroq savodini chiqarish uchun „Yengil adabiyot“, „Boshlang‘ich maktablar uchun o‘qish kitobi“ kabi maxsus darslik va qo‘llanmalar yaratdi. Uning bolalar hayotiga oid muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlari ana shu darslik va majmualarga kiritilgan. Hamza Hakimzoda, ayniqsa, „O‘qi“, „Kitob“, „Maktab“, „Ilm ista“, „Qalam“, „Òo‘g‘riso‘z bola“, „Hikoya“, „Òoshbaqa bilan Chayon“


kabi asarlari bilan o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga salmoqli ulush Xamza Xakimzoda Niyoziy 1889 yilda Kukon shaxrida tabib oilasida tavallud topdi. Uning pedagoglik faoliyati 1911 yildan boshlanadi. U dastlab Kukon shaxrining X,ojibek guzarida kambagallarning farzandlari va yetim-esir bolalar uchun maktab ochdi.Xamza mexnatkash xalk ommasi va uning bolalarini ukitish va tarbiyalash maksadida, ularni moddiy jixatdan taʼminlashni nazarda tutib, «Yordam jamiyati» tashkil kildi. Shu jamiyat orkali u ukuvchilarni ukuv kurol- lari, kiyim-kechak va ozik-ovkat bilan taʼminlab turdi. 1914 yilda jaxon urushining boshlanishi Turkiston boshiga tushgan balo buladi. Urush taʼsirida mexnatkash xalk yanada kashshoklashadi, bolalar nixoyatda ayanchli axvoLda yashaydilar. Bu xol Xamzaga taʼsir kiladi. Shoir ularning ofhp axvolini ifodalovchi sheʼr va makolala- ri bilan matbuotda muntazam ravishda katnashib turadi. Xamza 1914 yilda «Sadoi Turkiston» ruznomasida bo- silgan sheʼrida xalk axvolini shunday taʼriflaydi:
...Kambagallar titrashib yurgay yalanroch izrushub,
O x, bu fakiru asorat onlara sayyoddir,
Dil shikasta, barri xun, kuzida yosh shashkator,
Otasiz, baxtsiz yetimlar xoliga faryodtsir.
Shunday sharoitda Xamza «bir iloj kilib kambaral bolalarni akchasiz... tarbiya va ukuvga boshlarini band kilmok...» choralarini izlaydi, sheʼr va makolalarida bolalarni ukishga chakiradi. Bu fohhh Xamza «Uki» sheʼrida bayon etadi. Usha yili u yetim va kambaral bolalar uchun «Doril yetim» («Etimlar maktabi») ni ochadi va uzi ukituvchilik kiladi. Xamza birinchi sinf ukuvchilari uchun «Engil adabiyot», 2-sinf uchun «Аxlok xikoyalari» ukish kitoblarini tuzadi. Xamza 1915 yilda Marrilonga borib, kambaral bolalari uchun maktab ochadi. 1918 yilda esa Farronaga borib ukituvchilikni davom ettiradi. Hamza ijodining boshlanmasi 1905-yillarga to'g'ri keladi. U dastlabki she'rlariga "Nihon" ("Yashirin") taxallusini qo'ygan. Hamzaning dastlabki she'rlarida Muqimiy va Furqat singari ma'rifatparvar shoirlar yo'lidan borish sezilib turadi. Bu hol Hamza g'azallari vazni, qofiyasi, radifi, mavzusida ko'rinadi. Hamzaning dunyoqarashiga jadidchilik harakati jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Hamza ijodi jadid adabiyotining asl namunalari qatorida turadi. Ijodining dastlabki davrida Hamzaning an'anaviy mumtoz adabiyotga ixlosi baland bo'lib, o'z asarlarini shu yo'nalishda yaratdi. Hamzaning "Yengil adabiyot", "O'qish kitobi", "Qiroat kitobi" nomli uch darsligi va dastlabki "Devon"ida ham diniy va ma'rifatparvarlik mavzusidagi asarlar anchagina o'rin egallagan. Hamza ko'plab mamlakatlarda bo'lib, ulardagi hayot va rivojlanish darajalarini o'z yurtidagi holat bilan solishtiradi va ijtimoiy qoloqlikdan qayg'uga tushadi. Hamza bunday holatning asosiy sababi - ilmsizlikdir degan xulosaga keladi, xalqni ilmli bo'lishga, ma'rifat egallashga da'vat etadi. Boshqa millatlar turli ixtirolar qilayotgan bir paytda millati o'z erki uchun ham kurasha olmayotganidan eziladi va bunday yozadi:
"Olim bo'lsak dunyoda Kelur har ish bunyoda, Biz ham suv osti kezib Ham ucharmiz havoda" [3. 39]. Hamza Hakimzoda 1914-1915-yillarda yozilgan "O'qi!", "Ilm ista", "Olim bo'laylik", "Kitob", "Qalam", "Maktab", "To'g'ri so'zla", "To'g'ri so'z bola", "Ilm-u axloq-u adab", "Qimorning boshi", "Bolaning yomon bo'lmog'iga sabab bo'lgan onaning jazosi" kabi pedagogik she'rlarida ilm-ma'rifat, axloq-odob, to'g'rilik, halollik, chin do'stlikni targ'ib qiladi. "Ilm ista" she'rida shoir mehnatkash ommaga qarata deydi: "Olamning xurshidi kundir, odamning xurshidi ilm, Olamning zulmoti tundir, odamning nodori ilm" [3. 37]. Ma'rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik, millatparvarlik, yurtsevarlik g'oyalari Hamza ijodining bosh yo'nalishini tashkil etadi. Hamza "Yig'la, Turkiston", "Yaxshi holin yo'qotgan oqibatsiz Turkiston", "Dardiga darmon istamas" kabi she'rlarida hamon g'ofillik uyqusidan uyg'onmagan Turkiston o'lkasini uyg'onishga, ma'rifatga, taraqqiyotga chaqiradi. Bu xalqchil va dolzarb asarlarda Hamza she'riyatining g'oyaviy-estetik xususiyatlari yaqqol namoyon bo'ladi. "O'g'ul-qizimiz o'ynar pirpirak, Qaydin bilsunlar o'qumoq kerak. Ota-onalar sabab o'lushib, Yakson o'lmasa garangu ziyrak. Yetishdi hamon o'qurga zamon Endi ilmsiz yashamoq gumon" [3. 40]. Shunisi muhimki, Hamza asarlaridagi g'oy xalqlar do'stligi tamoyillariga asoslanadi. Hamzaning 1915-1916-yillarda nashr etilgan "Oq gul", "Qizil gul", "Sariq gul", "Yashil gul", "Pushti gul", "Safsar gul" nomli she'riy to'plamlarida xalqparvarlik g'oyalari bo'rtib turadi. Hamza yangi o'zbek she'riyatining ilk namunalarini yaratgan ijodkorlardan biri sifatida tarixda qoldi. Shu bilan birga, u yangicha mazmunni yangicha shaklda ifodalash uchun kurashib, poetik shaklni mukammallashtirish, badiiy asar tilini jonli xalq tiliga yaqinlashtirish borasida jiddiy izlanishlar olib borgan shoirdir.
O'z davrida Alisher Navoiy "insonni so'z ayladi judo hayvondin" deb aytgani barchamizga ma'lum. Hamza Hakimzoda Niyoziy esa ta'lim-u adabdan yiroq kishini hayvondan farqi qolmasligini ta'kidlaydi va ta'lim-tarbiyaning darajasini yanada ko'taradi. Hamza xuddi shu holatning sababini yigitlar va qizlar o'rtasidagi aytishuvda keltiradi:
Erlar:
"Tanda g'ayrat, ko'zda ibrat, dilda himmat yo'q, Ilm-u adab, xulq-u ismat, or-u iffat yo'q. Xotin dunyosida sizdek, jonim onalar, Milliy burchin o'tolmagan hech millat yo'q.
Qizlar:
Tanda g'ayrat, ko'zda ibrat, dilda himmat ko'p, Milliy burchni o'tamakka ilm-u san'at yo'q. Ruhoniylar, ota-onalar millata mas'ul,
Chunki bizning yo'limiz masdud, hech HURRIYAT yo'q" [3. 41].
Ko'rish mumkinki, bora-bora barcha ilmsizlik va qoloqliklarning yagona ustuvor sababi - erksizlik, hurriyatga ega emaslik.

Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə