Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə15/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
Fuqarolik Javob 74

194-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;4) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa, bundan fuqarolik ishlar bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
5) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish to‘g‘risida chiqarilgan ajrim bo‘lsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni qo‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga to‘sqinlik qiladi.Agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli bo‘lsa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini ko‘rsatishi shart.


  1. Arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari

122-modda. Arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda arizani ko‘rmasdan qoldiradi, agar:1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;4) taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa;5) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;6) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko‘rishni talab qilmasa;
7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa;8) xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etgan bo‘lsa;
9) da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa;


  1. Arizani ko‘rmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə