Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə12/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121
Fuqarolik Javob 74

57-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi
Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi shart.Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, shuningdek ko‘rsatuvlar berishdan bo‘yin tovlasa, u ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.Jarima solinishi guvohni sudga kelish va ko‘rsatuvlar berish majburiyatidan ozod etmaydi.Bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun guvoh O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi.


  1. Appelyatsiya instansiyasida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar

48-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ishga sud muhokamasi boshlanganidan so‘ng kirishgan bo‘lsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.


  1. Appelyatsiya sudida Da’voni ta’minlash choralarining saqlanish muddati

112-modda. Da’voni ta’minlash choralarining saqlanish muddati
Da’vo rad qilingan taqdirda, da’voni ta’minlash choralari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi. Biroq sud da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risida hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan so‘ng ajrim chiqarishi mumkin.
Da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, da’voni ta’minlash choralari hal qiluv qarori amalda ijro etilguniga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.


  1. Appelyatsiya va kassatsiya instansiya sudlarida Da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə