Gumanitar fanlar



Yüklə 47,64 Kb.
səhifə1/8
tarix19.05.2023
ölçüsü47,64 Kb.
#111318
  1   2   3   4   5   6   7   8
Achilova Ma\'mura


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYA VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
GUMANITAR FANLAR” FAKULTETI
O‘ZBEKISTON TARIXI” YO’NALISHI
KURS ISHI
Qadimgi Misr sivilizatsiyasining vujudga kelishi. Qadimgi Misr madaniyati.
60111100 – Tarix
Ilmiy rahbar: Kamoliddinov Farrux
Kurs ishini tayyorladi:
Tarix sirtqi 22/1-guruhi talabasi
Achilova Ma’mura
Toshkent – 2023
M U N D A R I J A
Kirish …………………………………………………………………3
I Bob. Qadimgi Misr sivilizatsiyasining vujudga kelishi.
1.1. Qadimgi sharq sivilizatsiyasi………………………………..4-8
1.2. Qadimgi Misr………………………………………………8-12
II Bob. Qadimgi Misr madaniyati.
2.1. Qadimgi podsholik davridagi Misr.......................................12-17
2.2.Yangi va so‘ngi podsholik davrida Misr davlati……………17-22
2.3. Misr madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari.......................22-27
Xulosa …………………………………………………………..27-29
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………….............30
Kirish
Qadimgi dunyo tarixida bir qator muhim 'madaniyat o'choqlari bo'lganki, bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga, kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i (Mesopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat - quldorlik davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga, hayot uchun kurashishga da'vat etdi. Bu hoi, o'z navbatida, uning ongining o'sishiga, tasavvurining kengayishiga olib keldi, aql taraqqiyotini tezlatdi. Meditsina, astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Qadimgi Misrda yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik, amaliy-dekorativ san'ati va me'morchilik yodgorliklari hanuzgacha o'zining badiiy qiymatini yo'qotgani yo'q. Tasviriy san'atda shartli belgilardan foydalanish Misr san'atida juda erta boshlandi va uning xarakterli tomonini tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda ham ko'rish mumkin. Odam boshli, sher (arslon) tanali haykallar orqali inson kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini yaratganlar. Shu obrazlar orqali fir'avnlarni kuchli va donishmand siymo darajasiga ko'tarishga, ilohiylashtirishga harakat qilganlar. Shu bilan Misr san'atida realistik san'at oqimining mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu hoi, ayniqsa, oddiy xalq hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida hamon estetik zavq va yengil kulgi uyg'otadi. Turli qushlar, hayvonlar (yovvoyi mushuk, maymun, qo'ng'iz va hokazolar) tasviri realligi va ta'sirchan ishlanganligi bilan kishi xotirasida yaxshi saqlanadi. Misr insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Yozuv ma`naviy madaniyatning ajraljnas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 6–7 ming yillar muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi iyeroglif yozuvini kashf etganlar. Bu yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bolgan



Yüklə 47,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə