Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti “BTva sti” yo’nalishi 42. 17-guruh talabasi Halimova Mahbubaning ona tili fanidan tayyorlagan taqdimoti


О unlisi: 1) quyi keng, kuchsiz lablangan unli tarzida talaffuz qilinadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/2
tarix11.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86604
1   2
portal.guldu.uz-Orfoepiya me`yorlari

i


О unlisi:

1) quyi keng, kuchsiz lablangan unli tarzida talaffuz qilinadi:

tosh, bahor, somon, shamol kabi. Shevalarda va jonli tilda bu unlining

urg'usiz bo'g'inda «a»ga yaqin talaffuz qilinish hollari ham uchraydi: samon,

davonkabi, ammo bu hoi adabiy talaffuz (orfoepik me’yor) hisoblanmaydi;

2) sayoz til orqa k, g undoshlaridan so'ng yumshoq, chuqur til orqa q,g',x

undoshlaridan so'ng esa yo'g'on unli tarzida talaffuz qilinadi.

1




Undosh tovushlar orfoepiyasi

1) b, d jarangli undoshlari so'z oxirida jarangsiz p,t tarzida talaffuz etiladi, bu hoi o'zbek adabiy talaffuzi uchun me'yor hisoblanadi: kitob kitop, borib borip, yozib yozip, savod savot, obod obot kabi;
  • b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo'llanganda assimilatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hoi ham adabiy talaffuz me'yori hisoblanadi: ibtidoiy> iptidoiy, ketdi ketti

  • 3) j, z undoshlarining

    jarangsiz undoshlar ta'sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy ishtimoiy, mazkur maskurkabi;

    4) b, q undoshlarining

    intervokal holatda (ikki unli orasida) sirg'aluvchi v, g' undoshlariga o'tishi ham adabiy talaffuz me'yoriga xilof emas: bora her> boraver, keta ber ketaver kabi.

2


So`z qismlari talaffuzi

1. Q, К bilan tugagan otlarning egalik affikslari bilan turlangan shakllari

quyidagicha talaffuz etiladi: aqishloq> qishlog'imiz,

2. Q, K, G, Gk bilan tugagan otlarning jo'nalish kelishigidagi shakllari

quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq+ga> qishloqqa, chelak+ga> chelakka,

3.Olmoshlarda: u+n+da> unda, bu+n+da> bunda, shu+n+da > shunda

4. birso'zidan dona son yasalganda, o'zakdagi «r» undoshi «t»ga o'tadi:

bir+ta > bitta kabi.

GLASSARIY

Orfoepiya — to'g'ri (adabiy) talaffuz me’yorlari tizimi.

Qisqa talaffuz — urg'usiz bo'g'indagi unlining qisqa va kuchsiz (bilinar-

bilinmas) talaffuz etilishi.

Cho'ziq talaffuz — urg'uli bo'g'indagi unlining urg'usiz bo'g'indagi

unlidan cho'ziqroq bo'lishi. Bu xususiyat ruscha leksik o'zlashmalarda,

ayniqsa, sezilarli bo'ladi.

Ingichka talaffuz — unli tovushlarning sayoz til orqa «к», «g», «ng»,

til o'rta «у» va bo'g'iz undoshi «h» bilan yondosh bo'lganda old qator

fonema tarzida ingichka talaffuz etilishi.

Yo'g'on talaffuz — unli tovushlarning chuqur til orqa «q», «g'», «х»

undoshlari ta’sirida orqa qator fonema tarzida yo'g'onlashuvi.



Jarangsizlanish — ayrim jarangli undoshlarning so'z oxirida yoki

assimilativ holatlarda jarangsiz undosh tarzida talaffuz etilishi.



Intervokal holat - undosh fonemaning ikki unli orasida qo'llanishi.

Bunday pozitsiyada (ko'p bo'g'inli so'zlarda) portlovchi «q» undoshi si^g'aluvi

«g'» tarzida (qishloq > qishlog'imiz kabi), jarangsiz «к» undoshi jarangli

«g» tarzida (telpak> telpagimkabi) talaffuz qilinadi.



E’tiboringiz uchun tashakkur!
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə