Guliston davlat pedagogika instituti



Yüklə 37,68 Kb.
səhifə1/10
tarix29.11.2023
ölçüsü37,68 Kb.
#140705
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FALSAFA 2023-2024 O\'QUV DASTURI NAMUNA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI








TASDIQLAYMAN”







________________







(OTM rektori)
















2023 yil “___”__________













Ro‘yxatga olindi №_______________







2023 yil “___”___________



FALSAFA


O‘QUV DASTURI


Bilim sohasi:

100 000 – Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110 000 – Ta’lim

Ta’lim yo‘nalishi:

Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun


Guliston – 2023

Fan/modul kodi FALB104

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
1, 2

ECTS - Kreditlar
4

Fan/modul turi Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Falsafa

60

60

120

2.

  1. Fanning mazmuni.

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalar dunyoqarashining umumlashgan tizimini yaratish va unda inson oʻrnini koʻrsatish, insonning dunyoga boʻlgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik va boshqa munosabatlarini shakllantirish hamda to‘g‘ri fikrlash mahoratini o‘rgatishdan iborat;
Fanning vazifalari – talabalarning dunyoni bilish va uni o`zgartirishga tanqidiy tafakkur nuqtai nazardan yondashuvi, tabiiy ilmiy bilimlarning ijtimoiy ahamiyati; texnika va texnologiyalarning inson pragmatik ehtiyojlariga javob sifatidagi evolutsiyasi; milliy qadriyatlar, madaniyat va ommaviy madaniyatning o‘zaro aloqasi va farqi, dunyoni bilish, haqiqatni anglashda amaliyot va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashning ahamiyati, to‘g‘ri fikrning ijobiy maqsadlarga yo‘naltirishdagi o‘rni; ta’lim falsafasi va falsafa ta’limining dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni, global korrupsiyaning sabablari, shakllarini bilish va ularga qarshi kurashish, dunyoviy bilim va malakalarni yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida to‘liq namoyon qilish, ijtimoiy va professional mas’uliyatni va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.

  1. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

    1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-MODUL. FALSAFA VA MANTIQ
1-mavzu. Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli
Falsafaning predmeti, asosiy masalalari, tuzilmasi, funksiyalari. Falsafaning paydo bo‘lishi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati. Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik va diniy dunyoqarash, falsafiy va ilmiy dunyoqarash, ularning o‘zaro aloqadorligi hamda o‘ziga xosligi. Raqamli sivilizatsiya sharoitida yoshlar dunyoqarashida axboriy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishda falsafaning ahamiyati.
2-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharq falsafasi
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Misr va Bobilda olam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi mifologik tasavvurlarning shakllanishi. Qadimgi Hindistonda olam va odamning kelib chiqishi, ularning o‘zaro munosabati borasidagi falsafiy qarashlarning rivojlanishi. Vedalar va Upanishadlar qadimgi hind donishmandligining manbai sifatida. Qadimgi hind falsafiy maktablari. “Avesto” qadimgi davrda Markaziy Osiyoda rivojlangan inson, tabiat, jamiyat va davlatchilik haqidagi falsafiy g‘oyalarning ilk manbai sifatida. Daochilik, Konfutsiychilik, Moizm, Legizm singari qadimgi Xitoy falsafiy maktablarining borliq, inson, jamiyat va davlatning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy tartibot, yoshlarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish haqidagi g‘oyalari.
Arab-musulmon sivilizatsiyasi va islom falsafasining vujudga kelishi. Islom tamaddunida diniy va dunyoviy ilmlarning o‘zaro uyg‘unlikdagi taraqqiyoti (Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abubakr ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning tabiiy-ilmiy, ijtimoiy falsafiy qarashlari). Islomiy ilmlar rivojida Xuroson va Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar hissasi. Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri. Ilk o‘rta asrda tasavvuf va islom ilohiyotshunoslik maktablari ta’limotlari.
Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy falsafasi. Temuriylar davrida tabiiy-ilmiy bilimlar taraqqiyoti (Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchilarning tabiatshunoslik fanlariga qo‘shgan hissasi).
Yangi davr Sharq tasavvufi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar. Sharq istilosi bilan bog‘liq uyg‘onish harakatlari, osiyosentrizm, panturkizm, panislomizm, ma’rifatparvarlik va jadidchilik ta’limotlari. O‘zbekistonda falsafiy fikrlar rivoji. O‘zbekistonda ajdodlar merosini tiklash va ularni jahonda keng ommalashtirish borasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati.

Yüklə 37,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə