Glossariy affekt



Yüklə 37,82 Kb.
səhifə13/13
tarix10.10.2023
ölçüsü37,82 Kb.
#126508
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
GLOSSARIY

Shaxsiy kontakt – o’zaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki ko’proq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir. 
Shaxs erkinligi – insonlarning o’z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, o’zi istagan kasb, hunarli, diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.
Shaxs – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror funksional tizimki, uning yordamida inson o’zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bo’libgina qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir bo’ladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, ya’ni bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlarni tanlash, o’z hayoti hamda o’zgalar hayoti bilan ham bog`liq bo’lgan ko’plab muhim momentlarni sarhisob qila olishi, o’z hatti-harakatlari uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga ola bilishi kabilardir. 
Shaxsiy aloqadorlik – bu bog`liqlikning dinamik jihati bo’lib, hamkorlar o’rtasidagi maqsadga erishishda qo’llaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har birining qo’llaydigan strategiyasini koordinatsiya qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog`liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv o’zaro hamkorlik yoki kurashga, har bir tomonning o’z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni o’zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o’z usul va vositalaridan iborat bo’lishi mumkin.
Shaxsiy munosabat – bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va o’zaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar o’rnatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra jarayoni, ular o’rtasidagi munosabatlarning o’rnatilishi va saqlab turilishidir. Kontakt, o’zaro aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari hisoblanadi.
Shaxsiy aloqalar – bu muayyan vaqt ichida ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida qaror topadigan barqaror munosabatlardir. Dastlab o’zaro aloqadorlik ko’rinishida paydo bo’lib, keyin tez takrorlanishi tufayli u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, musobaqa, muhabbat, do’stlik, ishbilarmonlik munosabatlari. «Jabrdiyda-agressor», «xotinboz – farqiga yetadigan xonim», «injiq boshliq – sustkash ijrochi» va boshqa shunga o’hshash qaror topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni o’zgartirgunga qadar noaniq muddat davomida mavjud bo’lib turadi.
Ehtiyojlar – inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bo’lgan yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida sub’ektning hayotiy faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yo’qotishga qaartilgan sezilarli ta’sir kuchiga ega.
Qobiliyatlar – u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog`liq bo’ladigan insonning individual – psixologik xususiyatlari bo’lib, uning yordamida inson teng bo’lgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga oshirish yo’llarini o’zlashtirib oladi.
E’tiqod– shaxning shunday ongli yo’nalishki, unga o’y-qarashlari, prinslari va dunyoqarashga mos tarzda yashashga imkon beradi, e’tiqodning predmeti tarlicha bo’ladi. Vatanga, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go’zallika va shunga o’xshash.
Extiros – uzoq vaqt davom etadigan va barqaror bo’lgan ematsional holat.
Qattiyat- ba’zi hollarda kishi qabul qiladigan qarshiliklar amalga oshirishda imkoniyatlarga ishongan xolda juda tez ma’lum bir qarorga kelish.
Yüklə 37,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə