Glikogen metabolizmi Reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/7
tarix31.12.2021
ölçüsü0,66 Mb.
#81836
1   2   3   4   5   6   7
New Microsoft Word Document

Glikogen

Glikogen (hayvon kraxmali) glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan polimer bo'lib, bunda glyukozalar ozaro 1-4 va 1-6 glikozid bogiar yordamida bogianadilar va natijada shoxlangan glikogen molekulasi hosil bo'ladi. Qonda glyukozaning miqdori iste ’mol qilingan uglevodlar hisobiga ortganda, glyukozadan glikogen sintezi tezlashadi. Muskul to'qimasining glikogeni esa jigar glikogeniga nisbatan kechroq parchalanadi. Glikogen deyarli hamma to'qim alarda (hatto yog‘ to‘qimasida) uchrab, uning parchalanishi va sintezlanishi to‘xtovsiz davom etadi. Shu glikogenning miqdori jigarda m a’lum turg‘unlikka ega. Och qoldirilgan hayvonlar jigarida 24 soat ichida hamma jigar glikogeni parchalanib ketadi, chunki u asosiy energetik manbadir. Hayvonlar organizm idagi deyarli hamma to ‘qim alar glikogen sintezlay oladi, ammo glikogen biosintezi asosan jigar va skelet muskullarida boradi. Bunda glyukoza fosfoglyurokinaza fermenti ta’sirida, ATF ishtirokida (fosforlanish reaksiyasi borib) glyukoza6-fosfatga aylanadi: u fosfoglyukomutaza ta ’sirida glyukoza-1- fosfatga, so‘ng glyukoza-1-fosfat-uridiltransferaza ta’sirida va UTF ishtirokida (pirofosfat ajratib), UDF glyukozaga: bu esa glikogen sintetaza fermenti ta’sirida va hali sintezlanib bo'lmagan glikogen ishtirokida (UDF ajratib) glikogenga aylanadi: Toqimalar faoliyati uchun energiya talab etilganda glikogen glyukozaga p archalanadi. B unda avvalo glikogen glikogenfosforilaza fermenti ta’sirida (H 3R 0 4) biriktirib, glyukoza1-fosfatga: so‘ng u fosfoglyukomutaza ta’sirida glyukoza-6-fosfatga, keyin glyukoza-6-fosfataza ta’sirida (H ,0 biriktirib, H3R 0 4 ajratib) glyukozaga aylanadi.





Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə