Glikogen metabolizmi Reja


ACHISH, GLIKOLIZ VA GLIKONYEOGYENYEZ



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/7
tarix31.12.2021
ölçüsü0,66 Mb.
#81836
1   2   3   4   5   6   7
New Microsoft Word Document

ACHISH, GLIKOLIZ VA GLIKONYEOGYENYEZ.

         ACHISHNI VA GLIKOLIZNI URGANISH. Achish xodisasi kadimdan malum bulsa xam    uning xakikiy tabiati va umumiy mexanizmi mashxur frantsuz olimi Lui Paster   tadkikotlari asosida aniklandi. 1861 yili Paster glyukozadan etil spirt va     uglerod (IY)-oksidning xosil bulishi atmosfera kislorodi ishtirokisiz utishini tasdikladi. Fermentatsiya deb ataladigan bu jaraen organizmlarning kislorod yuk sharoitda glyukozadan ovkat va energiya olish kobiliyatining ifodasi   degan ta‘rifi fan tarixida buyuk axamiyatga ega buldi. Ammo bu jarayonni u   fakat tirik organizmlar (achitkilar va boshka mikroorganizmlar) xayot faoli    yatigagina boglab, ularsiz achish yuz bermasligini ta‘kidlagan edi.

       Achish jarayonini kataliz kiladigan fermentlarni sistematik urganish  1897 yil Byunxer xujayrasiz achitki shirasini (zimazani) ajratib olishga muvaffak bulganidan, ayniksa, A.N.Lebedev achitkidan ivitilgan (matseratsion)   shira olgandan keyin boshlandi. Achish fermentlari va substratlarining bir    kator mashxur olimlar tomonidan tekshirilishi achitki shirasi murakkab ferment  va kofermentlar sistemasidan iborat ekanligini kursatdi. Xayvon tukimalarida va ba‘zi bakteriyalarda achish natijasida laktat kislotaning xosil buli  shi bilan birga, achitki, muskul va jigarda ruy beradigan achish jarayonining     reaktsiyalari asosan bir xil ekanligi aniklandi.

     Muskul ekstraktidan foydalanib, achish reaktsiyalarini tekshirish jarayonida  bir kancha fosfat efirlari kashf etildi va ularning bu jarayondagi urni xamda axamiyati aniklandi. Yukorida aytib utilgan fruktoza 1,6-difosfat  (Garden-Yong efiri) dan tashkari, turli vaktlarda yana glyukozo-6-fosfat (Robison efiri), fruktoza-6-fosfat (Neyberg efiri), glyukozo-1-fosfat (Kori efiri) va boshkalar topildi. Aerob organizmlarda glikoliz glyukozaning tula   oksidlanishini fakat birinchi ANAEROB fazasi bulib, uning maxsuloti piro  uzum kislota ikkinchisi aerob fazada CO2 va H2O gacha parchalanadi. Tukimada   kislorod yetarli bulmasa, bunday xodisa faol kiskarayotgan skelet muskullarda kuzatilishi mumkin, piruvat kaytarilib, laktat kislotaga aylanadi.

    Bu faza skelet muskullarida ANAEROB GLIKOLIZ deb ataladi. Laktat kislota sutni achitadigan anaerob mikroorganizmlarning faolligidan xam kelib chikadi. Pirouzum kislota metabolizmining uchinchi  yuli uning dekarboksillanini bilan boglik. Xosil bulgan atsetat aldegid kaytarilish yuli bilan etanolga utadi. Bu jarayon spirtli achish deb ataladi:

                                                  H

                                                  |

                                             CH3--C--COOH

                                           /      |

                                         /        OH

                 glikoliz                           Laktat

         C6H12O6 ------->  CH3--C --COOH  ----> CO2 + H2O

                                       \           О

                                         \          

                                           \ CH3--CH2OH

                                                   Etanol

         Glyukoza -- xujayraning asosiy yokilgisidir, u glikogen shaklida zaxira   modda sifatida saklanadi, muskul xarakatida juda tez uzlashtiriladi. Glyukozaning glikogen yoki glyukozadan boshlanib, ikki molekula pirouzum kislota   va ATF molekulalarining xosil bulishi bilan tugaydigan anaerob parchalanishi     GLIKOLIZ deb ataladi. Glikoli ( yunoncha glykys--shirin va lysis -- parchalanish suzlaridan olingan) xujayra metabolizmi jarayonlari orasida eng yaxshi    urganilganidir. Glikoliz aksari organizmlarda markaziy metabolik yullardan biridir. 1930 yilning urtalarigacha muskul va jigarda uglevodlar almashinuvi fakat glyukozadan boshlanadi deb xisoblanar edi. Ammo Ya.O.Parnasning   mashxur ishlari tufayli muskullarda bu jarayon, asosan, glikogenning fosfat kislota biriktirib parchalanishi -- FOSFORILIZDAN boshlanishi kashf etilgandan sung fangga kiritildi. U glyukoza katabolizmining asosiy yuli sifatida   deyarli universaldiri: glyukoza bu yul bilan xayvon va usimlik xujayralarida    emas, balki kupchilik mikroorganizmlarda xam parchalanadi. Glikogen metabolizmining umumiy modda almashinuvidagi moxiyati shundan      iboratki, u organizm uchun ma‘kul sharoitda tuplanadi, glyukozaga extiyoj tugilganda parchalanadi.Glikogen sintezida va parchalanishida mustakil fermentlar sistemasi ishtirok etganidan bu ikkala jaraen xam ayni sharoitda xujayraning talabiga muvofik aloxida yul orkali boshkariladi. Glikogen metabolizmining reaktsiyalari barcha xayvonlar xujayralarida bir xildir.

Glikoliz jaraenida ajraladigan energiya umumiy erkin energiyaning ancha kam kisminigina tashkil kiladi. Glyukoza CO2 va H2O gacha tula oksidlanganda, erkin energiyaning kamayishi 686 kkal/mol ga teng.Demak,glyukozadagi erkin      energiyaning asosiy kismi glikoliz maxsulotlari - laktatning ikki molekulasida saklanib koladi. Shunday bulsa xam glikolizni kam samarali jaraen deb karab bulmaydi.Glikoliz glyukozadan oksidlanishsiz energiya olish imkoniyatini  beradigan jarayondir. Xayvonlar organizmida jigarda jadal ishdan sung dam   olish paytida u kaytadan glyukozagacha tiklanishi mumkin. Xayvonlarning ba‘zi   turlarida anaerob glikoliz muskullarning kiskarishida favkulodda axamiyatga   egadir.

         Glikoliz jarayonida glyukozaning olti uglerodli molekulasi unta ferment ishtirokida ikkita uch uglerodli piruvat molekulalariga parchalanidi.Birinchi   besh boskich GLIKOLIZNING TAYERLANISH DAVRINI tashkil kiladi, bu davrda glyukoza fosforlanadi, fruktoza-1,6-difosfatga aylanadi va ikkita uglerodli birikmalar - glitserataldegid-3-fosfat va dioksiatsetonfosfatga parchalanadi. Bu ikkita triozofosfatlar bir-biriga utishi mumkin bulganidan,birinchi davr bitta umumiy maxsulot glitserataldegid-3-fosfatning xosil bulishi bilan yakunlanadi. Bu davrda glyukoza molekulasini faollashtirish uchun ikki molekula ATF sarflanadi.

         Glikolizning ikkinchi davri xam beshta fermentativ reaktsiyadan iborat bulib, ikki molekula glitserataldegid-3-fosfat ikki molekula piruvatga  aylanadi.    GLYuKONYeOGYeNYeZ. Xayvonlarda D-glyukozani uglevod bulmagan manbalardan  sintezlanishiga GLYuKONYeOGYeNYeZ deb ataladi. Bu jaraenning asosiy old birik malari laktat, piruvat, glitserol, aksari aminokislotalar va limon kislota   xalkasining oralik maxsulotlaridir. Glyukoneogenez asosan jigarda va ancha   kam sur‘at bilan buyrakusti bezining pust kavatida utadi.  Glyukoneogenez jarayonining markaziy yuli piruvatning glyukozaga utishidir.Bu yul glyukoza katabolizmining ancha boskichlarini uz ichiga oladi.Lekin     glikogenez glikoliz reaktsiyalarining teskari yunalishi emas. Glikolizning  un boskichidan yettitasi glyukogenez jarayoniga kiradi, ammo kolgan uchtasi  deyarli kaytalama bulmaganidan sintetik jarayonga kira olmaydi.Ular glyukoza  sintezi tomonga yunalgan aylanma reaktsiyalardir. Ularning birinchisi, piruvatni fosfoenolpiruvatga utishi, kuyida tulik tasvirlangan. Ikkinchisi fruktozo-6-fosfatni erkin glyukoza xosil kilib defosforlanishi. Ularning aylanma yul bilan kaytarilishi sxemada kursatilgan. Bu reaktsiyalardan tashkari laktatni glikogenga utishida yana bitta shunday reaktsiya bor: glyukozo-1-   fosfat glikogen.

         Piruvatni fosfoenolpiruvatga utishi xujayraning tipiga karab kuyida    keltirilgan uch yuldan biri orkali bajarilishi mumkin. Ba‘zi bakteriyalarda   birdan bir ATF ga boglik fosfoenolpiruvat sintetaza fermenti bu reaktsiyani   bevosita katalizlaydi. Oliy usimlik va xayvon xujayralarida piruvatni  fosfoenolpiruvatga utishi murakkab yul bilan, oksaloatsetat ishtirokida bajariladi. Bu jarayonda ikkita ferment - PIRUVAT KARBOKSILAZA va FOSFOYeNOLPI   RUVATKARBOKSIKINAZA katnashadi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə