Gidrosferani muhofaza qilish Reja



Yüklə 133,77 Kb.
səhifə6/7
tarix02.04.2023
ölçüsü133,77 Kb.
#104008
1   2   3   4   5   6   7
Gidrosferani muhofaza qilish Reja

Kimyoviy tozalash – kimyoviy birikmalar yordamida oqova suvlar tarkibidagi erigan moddalarning turiga qarab ekstraksiya, sorbsiya, neytrallash, koagulyatsiya, elektrokoagulyatsiya va flokulyatsiya kabi usullarda tozalanadi.
Biologik tozalash usullari – suv o‘tlari va mikroorganizmlar xamda boshqa suniy inshoatlar vositasida xosil qilinadigan kislorod yordamida oqava suvlari tarkibidagi organik moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantirish va zararsizlantirish yo‘li bilan tozalashga asoslangan.

Suv resurslarining sanoat chiqindi suvlari bilan ifloslanishini bartaraf qilish uchun sanoatni suv bilan ta’minlash tizimida suvdan yopiq tizimda foydalanishni va "qoldiqlarni" zararsizlantirish tadbirlarini maksimal tadbik qilishni amalga oshirishni kuzda tutiladi. Oziq-ovqat sanoatini ifloslangan suvlar mahalliy tozalash inshootlaridan o‘tqazilgandan keyin aholi joylarini kanalizatsiya shahobchasiga tashlanishi kerak va kommunal ho‘jalik chiqindi suvlari bilan tozalash inshootlaridan o‘tkazilgandan keyin sug‘orishda yoki sanoatni suv bilan ta’minlashda foydalanish kerak.


Kommunal-xo‘jalik va chorvachilik komplekslari chiqindi suvlarini tashqariga chiqarish uchun ko‘yidagilarni tavsiya qilish mumkin.

  • Aholi yashash joylarida va chorvachilik komplekslarida yangi kanalizatsiya shaxobchasini qurish yoki borlarini qayta tiklash;

  • Kanalizatsion chiqindi suvlarini (mexanik, ximiyaviy, biologik va boshqa tozalash usullari) tozalash va ulardan qayta foydalanish.

Sug‘orish dalalaridan chiqayotgan zovur suvlar daryo va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi asosiy manbadir. Ularni sug‘orish dalalari tashqarisiga chikarish noxiyada qaytmas suv sarfi miqdorini oshirishga olib keladi. Shuning uchun ularning saqlash va qayta foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish zarurdir. Chiqindi va zovur suvlarini sifati, maydoni tabiiy drenajlanganligi va noxiyaning tuproq meliorativ sharoiti bilan bog‘liq holda bu suvlardan sug‘orishda va texnik suv bilan ta’minlashda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi yoki ularni tozalashning qayta foydalanish va bartaraf qilishning boshqa usullari beriladi.
Qishloq ho‘jaligida o‘g‘itlardan va zararkunandalarga qarshi zaharli ximikatlardan foydalanish suv resurslarining sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun talaba qishloq ho‘jalik zararkunandalari bilan kurashish uchun biologik tavsiyalar ishlab chikishi kerak. Shu bilan birga ular qo‘llashni me’yorlashga va sharoitlarga qat’iy rioya qilishga ko‘rsatma berilishi kerak.
Ho‘jalikning maydoni va unda omborlarining o‘ylamasdan joylashtirish, jixozlash, qishloq ho‘jalik texnikasini saklash va ishlatish suv resurslari sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun talabalar tomonidan shunday ifloslanishni olidini oluvchi tadbirlar (ishlatilgan GSM ni yeg‘ish va topshirish, avtobazaning va MTU ni maydonini gidroizalatsiya qilish, neft maxsulotlarini yig‘uvchi uskuna o‘rnatilgan paytdan foydalanish suv bilan ta’minlash tizimini tashqil qilish) tavsiya qilinishi kerak.

  1. Yiriklashtirilgan narxiy ko‘rsatgichlardan foydalangan holda yuqorida asoslangan chora-tadbirlar uchun sarflanishi zarur bo‘lgan kapital mablag‘ hajmi xisoblanadi. Bu xisob-kitoblar asosida mavjud meyoriy hujjat va uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanib sarflanishi mo‘ljallangan kapital mablag‘ni samaradorligi aniklaniladi va bu asosda shartli loyihada belgilangan tadbirlar iqtisodiy samaradorligi baholanadi.

  2. Suv manbalarini tabiatga va xalk ho‘jaligini yuritishga salbiy ta’sirini o‘rganish va ularni oldini olish yoki bartaraf qilish. SRMF shakliy loyixasini alohida ahamiyatga ega bo‘lgan vazifasi xisoblanadi. Bular ichida asosiylari sel bosish, kirg‘oqlarni yuvilishi, suv bosish, tuproqning tabiiy sho‘rlanishi va botqoqlanish va shunga o‘xshash jarayonlardir. Shakliy loyixa tuzilayotgan maydon uchun bu jarayonlar kelib chiqish sabablari sinchiklab o‘rganiladi va ularni bartaraf qilish tadbirlari iloji boricha SRMF va MK tadbirlari majmuiga kiritiladi. Buni iloji bo‘lmagan holda alohida tadbirlar belgilanadi: sel ombori, tog‘ bag‘rlalarini o‘rmonlashtirish, oqim yo‘naltirgich, tusg‘ich va qirg‘oqni mustahkamlovchi inshootlar, zovur va kollektor tizimlarini qurish va shu kabilar. Bunday inshootlarga zaruriyat bo‘lganda ularni hajmi va zarur bo‘lgan kapital mablag‘ yuqorida nomlari atalgan jadvallarga alohida qator qilib kiritiladi.

  3. SRMF va MK shakliy loyixasini ekologik asoslashga alohida ahamiyat beriladi. Unutmaslik kerakki, suv xujaligiga doir hamma tadbirlar loyihasi, jumladan shakliy loyiha ham Uzbekiston Respublikasining tabiatni muxofaza qilish haqidaga amaldagi konuniga binoan ekologik tahlil (ekspertiza)dan o‘tishi shart. Bu masalani yechishi asosida belgilangan hamma chora-tadbirlarda tashqi muhit, jumladan suv manba’lari holatiga bo‘ladigan ta’sirlarni bashoratlash yotadi. Maksad bashoratlash natijasida aniqlangan tabiatga bo‘ladigan salbiy ta’sirni oldini olish chora-tadbirlarini to‘g‘ri belgilashdan iboratdir. Ma’lumingizkim, tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha amalga oshiriladigan har qanday chora-tadbir tabiiy holat va undagi muvozanatni buzadi. Modomiki, shunday ekan so‘z tabiiy holatni buzmaslik haqida emas, tabiatda salbiy oqibatlar kelib chiqarmaydigan yangi muvozanatni barpo qilish haqida yuritiladi. Suv manba’idagi ekologik xavfsiz, sifat va mikdor jixatidan eng kam suv koldigini aniklash masalasi eng murakkabdir. Bu masala manbadagi qoldiq suv sifat va miqdoriga bo‘lgan talab va manba havzasida joylashgan suv iste’molchilarining uning holatiga bo‘lgan ta’sirini bashorat qilish yuli bilan aniqlaniladi. Zarur hollarda manba’da saqlanishi shart bo‘lgan suv sifati va miqdorini ta’minlash maqsadida suv resurslarining ma’lum bir bo‘lagi ajratiladi. Bunday ekologik talab tegishli xisob-kitoblar bilan asoslanadi.

  4. Arid iqlimli mintaqalar uchun suv ho‘jaligining asosiy vazifasi SRidan o‘uta tejamkorlik bilan foydalanishni amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun ham hamma suvdan foydalanuchilar kam suv va suvsiz texnologiyalarni hisobiy davrda amalda qo‘llashlari kerak. Bu maqsadda shakliy loyiha suvdan foydalanish texnologiyalarini tahliliga alohida ahamiyat beradi. Zarur bo‘lgan hollarda loyiha bunday texnologik tadqiqotlarni o‘tqazish bo‘yicha tavsiyalar berishi, unga ketgan sarf harajatlarni aniqlashi, tadqiqot shartlari, muddatlari va bajaruvchi tashkilotlarni asoslashi kerak bo‘ladi.

Hozirgi kunda axolini gigiena talablariga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, insonlar salomatligini muhofaza qilishning asosiy omillaridan bo‘lib qolmoqda. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklardan asrash va suvning kimyoviy tarkibini o‘zgarishidan kelib chiqadigan zaharlanishlarni oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Suv sifatini standartlash suv ist’emol qilish tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. Hozirgi kunda turli o‘zgartirishlar bilan to‘ldirilgan O’zDavSt 950/2000 «Ichimlik suvi” va 28-74-82 «Markazlashgan xo‘jalik ichimlik suvi ta’minoti manbalari» deb nomlanadigan Davlat standartlari qabul qilingan. Ushbu standartlar bo‘yicha ichimlik suvning kimyoviy, bakteriologik va organoleptik tarkibi hamda uning xususiyatlariga ta’sir etuvchi m’yorlar ishlab chiqilgan.


Ichimlik suvining jadvallarda keltirilgan ko‘rsatkichlaridan tashqari, sanoat korxonalaridan, qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orishdan va kommunal xo‘jaliklardan chiqadigan oqova suvlar tarkibidagi moddalarning ham ruxsat etilgan m’yorlarni ishlab chiqilgan va ro‘yxatga olingan. Hozirgi kunda bunday kimyoviy moddalar soni 80 dan ortiq.

Yüklə 133,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə