Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38

 

 





5-Mavzu. er pustining kimyoviy tarkibi

 

X



ozirgi  vaktda  olimlar  urtasida  erning  pustloklari  va  yadrosining  kimyoviy  tarkibi  tugrisida 

yagona  bir  fikr  mavjud  emas,  erning  kimyoviy  tarkibi  meteoritlar  tarkibiga  uxshash  deb,  taxmin 

kilinadi. Lekin er pustining tarkibi meteor jismlarining tarkibidan keskin fark kiladi. Bu farkni er pusti 

bilan uning chukur mintakalari orasidagi element almashinuvi jarayoni bilan tushuntirsa buladi. Ayrim 

xollarda  erning  ichkari  kismidan  Si,  Ca,  Na,  K,  Al  va  radioaktiv  elementlar  uning  pusti  tomon 

kutariladi. er pustidan uning ichkarisiga esa Fe, Mg, S va boshka kimyoviy elementlar xarakat kiladi. 

erning  kimyoviy  tarkibini  XIX  asrning  80-yillarida  amerikalik  olim  Klark  birinchi  bulib  usha 

davrda  ma`lum  bulgan  6000  dona  tog  jinslarini  urganib  er  pustining  kimyoviy  tarkibini  kursatuvchi 

jadval  tuzdi.  Shu  davrdan  boshlab  kupgina  olimlar  er  pustining  kimyoviy  tarkibini  urganish  bilan 

shugullandilar.  Akademik  A.e.Fersman,  keyinrok  A.P.Vinogradovlar  tomonidan  bir  muncha  anik 

ma`lumotlar olindi. 

Kuyidagi  2-jadvalda  geosferalarining  kimyoviy  tarkibi  tugrisida  ma`lumot  berilgan.  er 

pustining kimyoviy tarkibi vakt birligi ichida doimiy emas, chunki er bir tomondan meteorit va chang 

kurinishdagi  kosmik  jismlar  xisobiga  uzgarib  turadi,  ikkinchi  tomondan  er  dunyo  bushligiga  geliy, 

neon,  vodorod,  azot  va  turli  gazsimon  elementlar  va  birikmalarni  doimiy  ravishda  uzidan  tarkatib 

turadi. 


2-jadval 

Geosferalarning kimyoviy tarkibi 

Kimyoviy 

elementlar

 

Granit 



katlami

  

Bazal`t 

katlami

 

Litosfera,  16-



20 kilometrgacha

 

erning 



umumiy 

kimyoviy 

tarkii

 

0 



47.59

 

44.24

 

46.8

 

27.71

 

Si 

27.72

 

23.24

 

27.3

 

14.53

 

Al 

8.13

 

8.46

 

8.7

 

1.79

 

Fe 

5.01

 

8.76

 

5.1

 

29.76

 

Ca 

3.03

 

6.51

 

3.6

 

2.32

 

Na 

2.85

 

2.35

 

2.6

 

0.38

 

K 

2.60

 

1.28

 

2.6

 

0.14

 

Mg 

2.09

 

3.73

 

2.1

 

8.69

 

Ti 

0.63

 

0.83

 

-

 

0.02

 

C 

0.09

 

-

 

-

 

0.04

 

S 

0.05

 

0.10

 

-

 

0.64

 

P 

0.13

 

0.20

 

-

 

0.11

 

Mn 

0.04

 

0.25

 

-

 

0.07

 

Cu 

-

 

-

 

-

 

0.20

 

Ni 

-

 

-

 

-

 

3.46

 

Boshka 

elementlar

 

0.04

 

0.05

 

1.2

 

0.14

 

Barcha 



elementlar

 

100

 

100

 

100

 

100

 

  



6-Mavzu. Erning paydo bulishi xakidagi gipotezalar

 



 

 





 erning  paydo  bulishi  tugrisidagi  dastlabki  tasavvurlar  juda  kadimdan  mavjud  bulgan.  Chunki 

bu masala ulkan amaliy axamiyatga ega. erning paydo bulishi xakida tugri tasavvurga ega bulmasdan 

turib, uning tuzilishini va unda buladigan jarayonlarni tugri tushunish mumkin emas. 

Kadimgi davrlarda erning va Kuyosh tizimining vujudga kelishi tugrisidagi tasavvurlar asosan 

xurofiy  bulgan.  Fakat  uygonish  davrida  (XV  asrning  oxiri  va  XVI  asrning  boshi)  fanni  dinning 

tazyikidan ozod bulishi boshlanadi. 

Polyak  olimi  Nikolay  Kopernik  (1473-1543)  "Dunyo  jismlarining  aylanishi  xakida"  nomli 

asarida  birinchi  bulib  er  koinotning  markazi  emas,  balki  Kuyosh  atrofida  doimo  aylanib  turadigan 

kichik planeta ekanligini aniklab berdi. 

XVII  asrning  oxirida  nemis  olimi  Leybnits  (1646-1716)  er  kachonlardir  kizigan  (chug 

xolatidagi)  nur  tarkatuvchi  jism  bulgan  degan  fikrni  urtaga  tashladi.  erning  yukori  katlamlarini  u  er 

yuziga okib chikkan massaning shlaklariga uxshatdi. 

1745  yilda  frantsuz  olimi  J.Byuffon  (1707-1788)  er  va  Kuyosh  tizimining  boshka  planetalari 

bir necha un ming yil avval Kuyoshning kometa bilan falokatli tuknashuvidan ajralib chikkan kuyosh 

jismlaridan xosil bulgan deb isbot kilishga xarakat kildi. 

Nemis  faylasufi  Immanuil  Kantning  gipotezasiga  (1755y.)  kura,  birlamchi  koinot  turli 

kattalikdagi  va  zichlikdagi  kattik,  xarakatsiz  chang  zarrachalaridan  tashkil  topgan.  Zarrachalarning 

uzaro tortilishi natijasida ular xarakatlana boshlaganlar. Lekin ular zarralarning kattaligi va zichligiga 

boglik  ravishda  turli  tezlikda  xarakatlanganlar.  Zarralarning  tuknashuvi  butun  tizimni  aylanishiga  va 

uning  markazida  zarralarning  tuplanishiga  olib  kelgan.  Zarralar  bu  markaziy  kism  atrofida  aylana 

orbitasi buylab bir tomonga aylana boshlagan. Xarakatlanayotgan zarralarning kushilishidan planetalar 

xosil  bulgan.  Kantning  ta`kidlashicha  osmon  jismlarining  xosil  bulishi  va  xozirgi  olamning  tarkok 

materiyadan xosil bulish jarayoni million yillar davom etgan. 

Frantsuz  matematigi  P`er  Simon  Laplasning  fikricha  (1796y.)  koinot  kizdirilgan  gazsimon 

jismlardan tashkil topgan va u uz uki atrofida kattik jismlar kabi sekin bir tekis aylanadigan birlamchi 

gaz tumanligidan iborat bulgan. Gaz tumanligi asta sekin sovib sikilib borishi bilan aylanish tezligi va 

markazdan  kochirma  kuch  ayniksa  tumanlikning  ekvator  kismida  ortib  borgan.  Natijada  jismlar 

tumanlik ekvatori yuzasiga yigilib borgan va yassi disk shaklini egallagan. 



Ekvatordagi markazdan kochirma kuch tortish kuchidan orta boshlaganidan sung, tumanlikning 

ekvator  kismidan  gaz  xalkalari  ajralib  chika  boshlagan  va  tumanlik  xarakat  kilayotgan  yunalishda 

aylanishni  davom  etdirgan.  Xalka  jismlari  asta-sekin  zichlanib  borib  gaz  kuykalarini  (yigindilarini) 

yoki  birlamchi  planetalarni  (planeta  kurtaklarini)  xosil  kilgan.  Tumanlikning  markazida  gazlarning 

zich kuykasidan (yigindisidan) Kuyosh paydo bulgan. Bu gipoteza uzining oddiyligi va mazmunining 

tugriligi  tufayli  XIX  asr  mobaynida  xukmron  gipoteza  bulib  xizmat  kilgan.  Lekin  asrning  oxirlarida 

yangi  utkazilgan  tadkikotlar  natijalari  bilan  anchagina  ziddiyat  borligi  aniklandi.  XX  asrda 

planetalarning  xosil  kiluvchi  jismlarning  kelib  chikishini  tushuntiruvchi  tasavvurlardan  kelib 

chikadigan turli-tuman gipotezalar taklif kilindi, lekin ularning ilmiy nuktai nazardan asossiz ekanligi 

isbotlandi. 

Ilmiy kosmogoniyada Kuyosh atrofidagi gaz, chang bulutligining (tumanligining) kelib chikish 

masalasi  uta  murakkab  muammo  xisoblanadi.  Xozirgi  vaktda  Kuyosh  tizimidagi  planetalarni  xosil 

kiluvchi  birlamchi  bulutlikning  (tumanlikning)  xosil  bulishi  tugrisida  ikkita  asosiy  gipoteza  mavjud. 

Ulardan  biri  Kuyoshning  atrof  koinotdan  jismlarini  tortib  olishidan,  ikkinchisi  Kuyosh  va  Kuyosh 

tizimidagi planetalar birga bir vaktda bir xil gaz-chang yigindilaridan xosil bulganligini taxmin kiladi. 

Akademik O.Yu.Shmidt gipotezasiga kura, Kuyosh olam bushligidagi xarakati jarayonida gaz, 

chang  bulutliklaridan  iborat  bulgan  yulduzlar  oraligidagi  jismlarni  uziga  tortib  olgan.  Bu  bulutliklar 

vodorod  gazsimon,  asosiy  kismi  muzlardan  iborat  bulgan  kattik  zarralardan  tashkil  topgan.  Tosh  va 

metall  jismlar  xam  mavjud  bulgan.  Tosh  va  muzdan  iborat  bulgan  kattik  zarralardan  Kuyosh 

tizimining  kupgina  jismlari  xosil  bulgan.  Kuyosh  atrofidagi  bulutliklardagi  kattik  zarralarning 

tuknashuvi  natijasida  ular  bir-birlari  bilan  yopisha  boshlagan  va  bulutlikning  uzi  esa  yassi,  zichligi 

ortgan katlamga aylangan. Katta jismlardan planeta va boshka kosmik jismlar xosil bulgan. Planetalar 

xosil  bulishi  jarayonida,  bir-birlari  bilan  tuknashgan  ayrim  zarralar  tezligini  katta  mikdorda  yukotib 

umumiy  bulutlik  yigindisidan  uzoklashgan.  Bu  zarralar  planetalar  atrofida  aylana  boshlaydi,  sungra 

esa ular yigilib yuldoshlarni xosil kiladi. 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə