Geografiya ta'limida qo'llaniladigan metodlar tasnifi reja


Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha



Yüklə 99 Kb.
səhifə9/10
tarix19.12.2023
ölçüsü99 Kb.
#151000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6 GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI

Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha.Ta’lim jarayonida o`quvchilar muayyan bilimlar ko`nikmalar va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod deganda o`qituvchining raxbarligida turli usullar vositasida o`quvchilarni bilim, ko’nikma, malakalari bilan qurollantirishga, hamda ularning dunyoqarashini shakllantirishga tushiniladi.O`quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli metodlar bilan o`zlashtiriladi. Shu sababli har doim o`qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o`qitish va o`qishga yordam beradigan yo`llarni egallash muammosi turadi. O`quv materiallarini o`rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi.
Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo`yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo`q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim metodi deganda o`qituvchi va o`quvchining ta’lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo`yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. 
Masalan: yangi bilimni o`zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo`lishi mumkin. Metod va usul o`rtasida doimo aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o`zlashtirish, o`quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim metodlariga bog`liq.
Ta’lim metodlari o`quvchilarga bilim berish, ko`nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari deyilganda, o`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shaklantiradigan, bilimlarini mustaqil o`zlashtirishga o`rgatadigan, to`laroq ilmiy bilimga asoslangan to`g`ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan metodlar tushuniladi.Ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos:
v Metodlar-o`qituvchi faoliyati yo`l-yo`riqlari bo`lib, o`quvchi faoliyatini belgilashda yordam beradi.
v Ta’lim metodlari faqat bilim, ko`nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan, balki, o’quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.



















Eng muhimi shundaki, biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatning qanday turlarini talab qilishni va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko`ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to`g`ri anglashni ta’minlaydi va o`quvchilarni to`g`ri ilmiy tasavvurga olib boradi.

Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə