Geografiya ta'limida qo'llaniladigan metodlar tasnifi reja



Yüklə 99 Kb.
səhifə10/10
tarix19.12.2023
ölçüsü99 Kb.
#151000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6 GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI

Uchinchi talab: Metodning ommabopligi. Bunda o`quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Demak, o`quvchi metod tanlaganida o`quvchiga nimalarni tushuntirish kerakligi haqida emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham o`ylashi kerak.
To`rtinchi talab. ta’lim metodining samaradorligi, uning o`quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir.
Beshinchi talab. O`z ish faoliyatida ilg`or tajribalarni qo`llash va uni muntazam o`rganish. Nazariya va amaliyotda ta’lim metodlari bilan bog`liq yangiliklarni doimo o`rganib borish lozim. Geografiya o`qitish metodlari haqida so`z borar ekan, “metod”, “usul” degan so`zlar yonma-yon uchraydi. Metod usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil ma’noda yuritilib kelinadi. Masalan, kartalarni solishtirish - taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto`g`ri. Chunki, kartalarni solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir, xolos. O`zbek tilidagi mavjud qo`llanmalarda taqqolash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashliklardir. Taqqoslash-o`rganilayotgan geografik obektni ilgari o`rganilgan obekt bilan taqqoslash tufayli o`ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Masalan: Janubiy Amerika cho`lini Osiyo cho`li bilan, Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
Taqqoslash og`zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik obektga xos bo`lgan obekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish- kartografik qo`llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod-usullar yig`indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Geografiyaga xos bo`lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o`z ichiga oladi. Masalan: a) karta bo`ylab sayohat; b) yozuvsiz kartaga geografik obektlarni tushirish; v) kartalarni solishtirish va x.k.


Xulosa

Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir.Bir yoki bir necha metodni afzal ko`rish yoki bilish qiyin. Bunga har tomonlama yondashish zarur. Ta’limdagi muvaffaqiyatni ta’lim metodlari tizimi ta’minlaydi. Metodlarning har biri o`ziga xos afzalliklarga ega. U yoki bu tushunchani o`quvchi ongida shakllantirishda har bir metodning o`ziga xos o`rni bor.


Ta’lim metodlarida o`qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, ruhiy pedagogik , uslubiy va maxsus ilmiy tayyorgarligi aks etgan bo`ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlari samaradorligini belgilaydi. Muayyan metodga yaxshi tayyorgarlik ko`rmagan o`qituvchida shu metodning o`zi salbiy jihatlarini ham namoyon qilishi mumkin, shu sababli ta’lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o`qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Metodlarni noto`g`ri tanlash o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini sust egallashga sabab bo`ladi. Demak ta’limda universal metod yo`q.
Shu tufayli ham o`qituvchi faqat bitta metoddan foydalanib dars o`tmaydi. Bunday bo`lishi mumkin emas. Geografiya ta’limining eng muhim xususiyati shundan iboratki, o`qituvchi aksariyat darslarni o`tishda og`zaki bayon metodlarini qo`llaydi va samarali natijalarga erishadi .
Geografiya ta’limida kartalarni rasmlarni tanlashda izchillikning bo`lmasligi ham bilimlarni sustlashtiradi. Masalan VII-sinfda “Afrika tabiat zonalari” mavzusida o`quvchilar ekvatorial o`rmon, savanna sahro kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o`qituvchi o`quvchilarda yuqoridagi tabiat komplekslarining tasvirini o`quvchilar ko`z o`ngida gavdalantirish, so`ngra esa uni kartadagi o`rni bilan bo`lsa, hududiy komplekslar turli-tumanligi haqida o`quvchilar zarur bilimga ega bo`ladilar.







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


1. Abdullayev O. Geografiya va ekologiya. -Namangan, 2002. -296 b.


2. Komilova N. Tibbiѐt geografiyasining nazariy va amaliy masalalari. –T.: ―Sharq‖, 2015. -264 b. 18.
3. Soliyev A. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyoti. [Matn]: tanlangan asarlar/ masʼul muharrir: O.Ata-Mirzayev. –T.: ―Kamalak‖, 2013. -184b
4. Soliyev A. Oʻzbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. –T.: ―Universitet‖, 2014. -404 b
Yüklə 99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya