Gavdaning orqa guruh yuza va chuqur guruh mushaklari. Ularning yoshga qarab oźgarishi



Yüklə 20,14 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü20,14 Kb.
#168945
  1   2
GAVDANING ORQA GURUH YUZA VA CHUQUR GURUH MUSHAKLARI. ULARNING YOSHGA QARAB OŹGARISHI


GAVDANING ORQA GURUH YUZA VA CHUQUR GURUH MUSHAKLARI. ULARNING YOSHGA QARAB OŹGARISHI
Mushak tolalari tuzilishiga ko`ra silliq va ko`ndalang targ`il mushaklarga 
bo`linadi. Ko`ndalang targ`il mushaklar esa yurak mushaklari va skelet
mushaklari guruhidan hosil bo`ladi. Silliq mushaklar qon-tomir devorlariga, 
ichki a’zolar devorida (traxeya,bronx, o`pka,oshqozon ichaklarda,ayirish
yo`llarida, jinsiy a’zolarda) uchraydi. Ko`ndalang targ`il mushaklarda: skelet 
mushaklari,ko`zni harakatga keltiradigan mushaklar,yumshoq tanglay
mushaklari, halqum, hiqildoq, qizilo`ngachning yuqori qismi to`g`ri ichakning 
tashqi qismi mushaklariga kiradi. Alohida tuzilishga ega bo`lgan mushak
guruhini yurakning ko`ndalang targ`il mushaklari hosil qiladi. Mushaklar – 
mushak tolalaridan hosil bulgan va asosiy vazifasi qisqarish bo`lgan anatomik
hosilalar. Mushak to`qimasi katta yoshdagi odamlar og`irligining 28-48% ni, 
ayollarda 28-32% ni, keksalarda 30% gacha, chaqaloqlarda 20-22% ni,
sportchilarda esa 50% dan ko`prog`ini tashkil qiladi.


Orqaning yuza guruh mushaklari 
Trapetsiyasimon 
mushaklar

kurak 

suyagini


va

elkani
ko`taradi,bo`yinni qarama-qarshi tarafga buradi, kurak suyagini o`zaro 


yaqinlashtirib tashqi tarafga buradi, kurak va elkani pastga tortib, uni lateral
tarafga buradi.
Orqani serbal mushagi – pastki to`rtta ko`krak va bel umurtqalarining 

qirrali o`simtasidan, dumg`aza suyagining o`rta o`simtasidan yonbosh suyagi


qirrasining orqa qismidan hamda pastki to`rtta qovurg`aning orqa sohasidan 
boshlanadi. U elka sohasini yozadi va ichkariga buradi. Qovurg`alardan
boshlanganligi uchun, nafas olishga qatnashadi. Katta va kichik rombsimon 
mushak – kurak suyagini medial qirrasiga birikib, kurak suyagini ichki tarafga
va yuqoriga tortadi.
Orqaning yuqori va pastki tishsimon mushak – pastki 2 ta
ko`krak,bo`yin va yuqoriga 2 ta bel va ko`krak umurtqalar o`simtalaridan 
boshlanib, 2-12 qovurg`aga tugaydi. Ular qovurg`alarni ko`tarib tushirish
uchun xizmat qiladi.



Yüklə 20,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə