G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Geterozis nazariyasini 
h am k o 'rs a tis h m um kin. X IX asrd a, 
ayniqsa, X X asrda ijtim oiy, diniy, irqiy va m illatlararo chegaralarni 
buzilishiga olib kelgan keskin ijtimoiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Buning 
oqibatida m illatlararo oila qurishlar oddiy holga aylandi. Hozirgi vaqtda, 
turli dinga m ansub odam larni turm ush qurishiga qarshilik qilish to'siq
bo'lm ay qoldi. Oila qurishda geografik chegaralar ham keskin kengaydi. 
B uning barch asi nasliylikni keskin o 'z g a rish ig a olib keldi va uning 
oqibatida rivojlanish akseleratsiyasi sodir bo'ldi.
Urbanizatsiya nazariyasi -
XIX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa, XX 
asr shaharlarini keskin rivojlanishi va qishloq aholisini shaharlarga ko'chib 
o'tishi bilan tavsiflanishini tasdiqlaydi. Shahar turm ush tarzi, uning o'ziga 
xosligi va hodisalarga boyligi intellektual va seksual rivojlanishni ertaroq 
sodir bo'lishiga, bu esa, o'z navbatida, ertaroq jinsiy balog'atga yetishiga, 
o'sish tezlashishi va shu kabilarga olib keladi.
K e ltirilg an n azariy a la r m a ’lum ilm iy qiziqishni u y g 'o ta d i, lekin 
ularning faqat bittasi bilan akseleratsiyani tushuntirish m um kin emas. 
E h tim o l, k o 'r i b c h iq ilg a n h o d is a la r v a o v q a tla n is h , g e te ro z is, 
urb an izatsiya, n urlanish, ijtim oiy-m aishiy y a ’ni ijtim oiy va biologik 
o m illa rn in g m u ra k k a b m a jm u id a s h a ro itla rn in g y a x s h ila n is h in i 
uyg'unligida akseleratsiya sabablarini izlash kerak. Akseleratsiyaning 
oqibatlari bir xil bo'lm aydi, chunki o'sishning tezlashishida organizmning
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


barcha tizimlarini tezkor rivojlanishi ro 'y beradi: yurak qisqarishlari, nafas 
olish chastotasi tezroq pasayadi, jinsiy b alog'atga yetish erta sodir bo'ladi. 
Bu esa, h a m m a v a q t h am m a ’qul em as, ch u n k i jis m o n a n p a s tro q
rivojlangan bola akseleratdan chid am liro q b o 'lish i hollari ham kam
uchram aydi.
A k se le ra tsiy a g e te ro x ro n iy a n i, y a ’ni o 's is h va riv o jla n is h n in g
notekisligini kuchaytiradi. Bola 10-11 yoshga to 'lg and a uning endokrin 
tizimida gormonlarning ajralishini kuchayganligi tufayli kuchli o'zgarishlar 
sodir bo'ladi. U lar gavda o'sishini rag'b atlan tiradi, lekin k o 'k ra k qafasi 
o'sishdan orqada qoladi. Akseleratsiya sodir bo'layotgan o'spirinda ushbu 
disproportsiya kuchayadi. T ana va yurak kattaliklarini mos kelmasligi 
ancha sezilarli b o 'la boshlaydi. Y urak o'sishidagi bu ortda qolish qon 
bilan t a ’m inlashga va organizm ni kislorod va ozuqa m od dalari bilan 
ta ’m inlashga sezilarli ta ’sir ko'rsatadi. T ana o'sishini tezlashuvi oqibatida 
qon-tom ir tizimi rivojlanishi o rq ad a qolishi bilan b o g'liq gipertoniya 
xastaligiga uchragan akseleratlar ham uchram oqda. Sekin o'say o tg an
bolalarda bunday hodisa kuzatilm aydi.
Y uqorida aytilganidek, biologik akseleratsiyadan tashq ari ijtim oiy 
akseleratsiya ham b o 'lish i m um kin. N a fa q a t fiziologik m exanizm lar 
kuchayadi, balki psixik jara y o n la r ham ancha voyaga yetdi. B oshqacha 
ay tg an d a b o lala r n a fa q a t b a la n d ro q va y irikroq, balki bir v aq tn in g
o 'zid a ertaroq voyaga yetm oqdalar. N azariy fikr yuritganda bolalarni 
v o y a g a y e tis h in i te z la s h is h in i tu s h in is h m u m k in . A g a rd a , jin s iy
b alo g 'atg a yetish 2 yil ilgari sodir b o 'lsa, bu holatd a butun endokrin 
tizim va u bilan birga barcha funksional tizim larning, ju m lad an asab 
tizim ining faoliyati qay ta o'zgartiriladi. Shuning uchun, akseleratsiya 
fiziologik ham da psixik jaray o n lar va m exanizm larni qam rab oladi degan 
xulosaga kelish m um kin.
Qaysidir darajada, akseleratsiya bilan m aktabda ertaroq t a ’lim olishni 
boshlashga bog'liqdir. M uvaffaqiyatli ta ’lim olishga so'zsiz bolalarning 
axborotlarga boyligi ko'm ak lashad i va u shu tufayli m iyaning analitik 
im koniyatlarini yuqori d arajada rivojlanishi kuzatiladi.
Akseleratsiya jarayonining ijobiy tom onlari bilan bir qatord a salbiy 
tom onlari ham m avjud. A kselerat bo lalard a nafas organi kasalliklari 
xronik tonzilit, allergik kasalliklar; gepertoniya, diabet, revmatizm, asab 
kasalliklari tez-tez u chram oqda. K u zatilay otg an akseleratsiya tufayli 
ijtimoiy, ruhiy, tibbiy, huquqiy, tarbiyaviy sohalar bo'yicha m uam m olarni
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


h a m k o rlik d a h al qilish m a sa la la ri tu g 'ilm o q d a . B o lalar s o g 'lig 'in i 
m uhofaza qilish, pedagogik jarayonlarni ilmiy asarlarini ishlab chiqish
bolalar va о 'smirlarni jinsiy tarbiyalash va boshqa m asalalar. Akseleratsiya 
tufayli gigiyena m e’yorlarini standartlarini (energetik harajatlarni, oziq- 
o v q at m ah su lo tlarin in g m iqdorini, kiyim -kechak, poyabzal, m ak tab
jihozini) qayta k o 'rib chiqish zarurati m uhim m asalalardan biri b o 'lib
q olm oq d a. A srim izning 90 -y illardan bosh lab, b a ’zi m a m la k a tla rd a
k u z a tila y o tg a n iq tis o d iy ta n g lik o q ib a tid a r e ta r d a ts iy a , y a ’ni 
tengdoshlariga nisbatan jismoniy rivojlanishi ko'rsatkichlarining pasayishi 
ham kuzatilm oqda.

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə