Foydalanuvchilar uchun book recommendation tizimini yaratish


I BOB. FOYDALANUVCHILAR UCHUN BOOK RECOMMENDATION TIZIMINI YARATISHNING TAHLILI



Yüklə 19,44 Mb.
səhifə5/19
tarix11.12.2023
ölçüsü19,44 Mb.
#147708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
BIM gulzoda

I BOB. FOYDALANUVCHILAR UCHUN BOOK RECOMMENDATION TIZIMINI YARATISHNING TAHLILI
1.1 Foydalanuvchilar
uchun “Book
recommendation” tizimining boshqa tizimlardan farqli jihatlarini tahlil qilish
Boshqaruv tizimining keng qo‘llanilishi tufayli axborot ma’lumotlari tez sur’atlar bilan o’sib boradi. Bir tomondan, odamlar katta miqdordagi axborot resurslariga ega. Boshqa tomondan, odamlarning to’g‘ri ma‘lumotni topishdagi vaqt va qiyinchiliklari ortadi. Muammolarni hal qilish uchun kitob tavsiyasi katta hajmdagi kitoblarga va o‘qishga intiluvchan foydalanuvchilarga ega bo‘lgan kutubxonalar uchun yechimlardan biridir.
Zamonaviy axborot-kutubxona xizmati faoliyatidagi asosiy yo‘nalish axborot xizmati ko‘rsatishdir. Xizmat ko‘rsatishning bu usuli borgan sayin kengayib bormoqda. Bugungi kunda kutubxonachidan yuksak maxoratni talab etuvchi usul bu - ma’lumot uzatish ishidir. Ma’lumot bu shunchaki maslaxat, axborot qidiruvida yordam va qidiruv, IRI, DOR tizimida ishlashni o‘z ichiga oluvchi murakkabroq xizmat ko‘rsatishdir. Biroq ko‘pincha axborot xizmati ko‘rsatishni faoliyatni ma’naviy neytral soxasi va kutubxonachining kasb maxoratiga tayanadi deb tushuniladi.Foydalanuchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida hujjat haqida kutubxonachi to‘lliq ma’lumotga ega bo‘lmasligi mumkin.Bu jarayonda esa eng avvalo,qidiruv tizimlari yordamga keladi.Lekin biz mustaqil o’rganish jarayonida ham har qanda qidiruv tizimi orqali o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni topa olmasligimiz mumkin. Garchi o‘qishning afzalliklari keng e’tirof etilgan bo‘lsa-da, ko‘p odamlar o‘qishga qiziqish borligini da’vo qilishlariga qaramay, kamdan-kam o‘qiydilar. An’anaviy kitob tavsiya tizimlari foydalanuvchi qiziqishlarini aks ettiruvchi kitoblarga tegishli kalit so‘zlarni yoki ko‘rish tarixini talab qilganligi sababli, kamdan-kam o‘qiydigan foydalanuvchilar qoniqarli natijalarga erishish uchun kurashadilar. Ushbu tadqiqotda biz kitoblarni tavsiya qilish tizimini taklif qilamiz, bu ham muntazam o‘qiydigan, ham kamdan-kam o‘qiydigan foydalanuvchilarga so‘rovlar sifatida o‘zlarining qiziqishlari mazmuni bilan qiziqishlarini aks ettiruvchi natijalarni osongina olish imkonini beradi. Bizning taklif qilayotgan usulimiz tavsiya etilgan kitoblarni foydalanuvchilarning qiziqishlari mazmuni va kitob sharhlari haqidagi mazmun va hissiyotlar vektorlarining o‘xshashligi asosida aniqlaydi. Ushbu tadqiqot tajribalarida biz taklif qilgan usulimizning samaradorligini tasdiqladik.Foydalanuvchi ma’lum bir kitobni emas aynan u kitob haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa va uni qidirishga,tez va qulay topishga esa aynan foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimi yordamga keladi.
Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimi aynan qidiruv tizimiga asoslanganligi uchun boshqa qidiruv tizimlaridan qanday funksiyalari orqali farqlanishini quyida ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimini yaratishda qidiruv tizimlari haqida va ularni qanday oʻrnatishni koʻrib chiqamiz.
Qidiruv tizimi (inglizcha: search engine)-kompyuterda, kompyuter tarmogʻida yoki butunjahon web tarmogʻida World Wide Web saqlanayotgan maʼlumotlarni qidirishga moʻljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema maʼlumotlar bazasi uchun kalit-soʻzlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-soʻz qatnashgan qidiruv soʻrovnomasiga javob sifatida natijalar roʻyxatini koʻrsatish imkoni paydo boʻladi. Qidiriv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli maʼlumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida komputer xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:

  • Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʼlumotlar strukturasi)

  • Qidiruv soʻrovnomalarini bajarish

  • Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, yaʼni tushunarli shaklda koʻrsatish odatda maʼlumotlar qidirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi, masalan WWWda Webcrawler,

  • alohida kompyuterda esa foydalanuvchi belgilagan Indexlar roʻyxatidan barcha maʼlumotlarni oʻqish.

Qidiruv tizimi turlari. Qidiruv tizimlarini bir qancha belgilariga koʻra turlarga ajratish mumkin. Quyidagi belgilar misol sifatida tanlangandir. Yangi qidiruv tizimini yaratishda ushbu belgilarning hammasini olish shart emas.
Axborotlar turi turli xil qidiruv tizimlari turli xil axborot turlarini qidira oladi. Avvaliga umumiy qilib maʼlumotlar turini koʻrsatish mumkin, masalan, matn, tasvir, videotasvir, audiofayl va b. Natijalar ham ushbu turlarga bogʻliq holda tartibga solinadi. Matn qidirilganda natija sifatida ushbu matndan kalit-soʻz qatnashgan bir qism koʻrsatiladi.Axborotlar manbaʼi klassifikasiyaning yana bir turi bu qidiruv tizimi topgan axborotning manbaʼi hisoblanadi. Koʻpincha qidiruv tizimining nomi axborotlani qaysi manbaʼdan qidirishini koʻrsatadi.Web qidiruv tizimi-WWWdan maʼlumot qidiradi.Usenet qidiruv tizimi-butun dunyoga taqsimlangan munozaralar mediumi (vositasi) hisoblanadigan Usenetdan maʼlumot qidiradi.
Intranet qidiruv tizimi-alohida tashkilotning ichki tarmogʻidagi kompyuterlardan maʼlumot qidiradi.

Yüklə 19,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə