218
sub‘yektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta‘lim berish texnologiyasining amaliy-
jarayon jihati) tartibi. Innovatsiya – yangilanishni, o‗zgarishni amalga joriy etish jarayoni va
faoliyati (inglizcha innovatsiya – kiritilgan yangilik, ixtiro). Ilmiy texnika yutuqlari
va ilg‗or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi
sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalari va doiralarda qo‗llanishini aks
ettiradi.
1
―Innovatsion‖ (yangilik kiritish) ta‘limni o‗ziga xos xususiyatlari:
1. Oldindan ko‗ra bilish, ya‘ni, talabani avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‗qitish emas, balki
uni uzoq kelajakni mo‗ljallashga o‗rgatishdan iborat bo‗lib, talaba
ijtimoiy hayot va kasbiy
faoliyatda tahmin qilish, ko‗zlash, modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi
zarur.
2. Talabalarning hamkorlikda ta‘lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal va xususiydan
tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal
etish)da faol ishtirok etishini ta‘minlash.
2
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‗qituvchi va o‗quvchi faoliyatiga
yangilik, o‗zgarishlar kiritish bo‗lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan
foydalaniladi. Interfaol (―Inter‖ - bu o‗zaro, ―act‖ – harakat qilmoq) – o‗zaro harakat qilmoq
yoki
kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‗lishni anglatadi.
Bugungi kun o‗qituvchisi universal mutaxassis, ham o‗rgatuvchi, ham o‗rganuvchi
bo‗lishi, ya`ni o‗z ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi kerak. O‗qituvchilar
zimmasidagi mas`uliyatli vazifani to‗laqonli uddalash uchun ta`lim va tarbiyaning zamonaviy
usullaridan keng foydalanishga harakat qilish zarur.
3
Dars jarayonlariga axborot komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish talabalarning fan
sirlarini puxta egallashlariga keng yo‗l ochadi.Ularning dunyoqarashini kengaytirib,intellectual
salohiyatini oshiradi.Ana shunday innovatsion texnologiyalardan biri bu PLICKERS dasturidir.
Xorijiy davlatlarda ta`lim tizimiga mazkur dasturning tadbiq
etila boshlanganiga ancha
bo‗ldi.O‗qitish jarayonlarida PLICKERS dasturidan foydalanayotgan pedagog sifatida
talabalarning bilim olish samaradorligi yuqorilayotganligining guvohi bo‗ldim.Chunki mazkur
dastur talabaning o‗tilgan mashg‗ulotlar va uyga berilgan vazifalarni chuqur o‗zlashtirishiga
keng imkoniyat yaratadi.Bu dasturning ta`lim jarayoniga tadbiq etilishi har bir talabaning bilim
darajasini sezilarli oshirish barobarida ularning dunyoqarashini kengaytiradi.
Joriy o‗quv yilidan o‗zim faoliyat yuritayotgan ta`lim dargohidagi dars jarayonida
PLICKERS dasturidan foydalana boshladim.Har qanday yangilik qo‗shimcha bilim va mahorat,
sabr-toqat talab etadi.Dastlab qandaydir muammolar tug‗dirgan dastur bugunga kelib
o‗tilayotgan darslarda berilgan bilimlarni
mustahkamlash,uyga berilgan topshiriqlarni talabalar
qay darajada tayyorlab kelganligini bir zumda aniqlash imkoninin berayapti.
E`tiborli tomoni shundaki, dastur nihoyatda soda va qulay.Undan foydalangan o‗qituvchi
talabalar auditoriyasi bilan tezkor aloqani amalga oshirishga ega bo‗ladi.
PLICKERS dasturini dars jarayoniga tadbiq etish alohida kompyuter sinfi yoki talabalarni
boshqa jihozlar bilan ta`minlashga ehtiyoj tug‗dirmaydi.Mashg‗ulot o‗qituvchining plansheti
yoki mobil telefoni orqali boshqariladi. Bu o‗quvchilar uchun ham juda qiziqarli. Chunki dars
jarayonida berilgan savollarga kim tez va to‗g‗ri javob topishi kabi o‗yin elementlari paydo
bo‗ladi.
Mazkur dastur bo‗yicha dars o‗tmoqchi bo‗lgan o‗qituvchi smartfon yoki telefoniga
internet tarmog‗idan PLICKERS mobil ilovasini yuklab olishi kerak.Ushbu ilovaning afzalligi
shundaki, o‗qituvchining planshetiga o‗rnatilgan mobil ilova o‗quvchilarga tarqatilgan qog‗oz
kartalaridagi QR ( Quisk Response-inglizcha tezkor javob mazmunini anglatadi) kodlarni
o‗qiydi.O‗qituvchi proyektori bo‗lgan kompyuter orqali o‗quvchilarga savol yo‗llaydi.So‗rov
ohirida uning natijasi ekranda paydo bo‗ladi.
PLICKERS texnologiyasidan foydalangan holda darslarni tashkil etish samarali
natijalar
bera boshladi. Mazkur dastur bir vaqtning o‗zida butun guruh talabalarining bilim darajasini
aniqlab, guruhning umumiy o‗zlashtirishini shaffof tarzda, o‗sha daqiqaning o‗zida ekranda