Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


FAN MODULINING DASTURI (MOODLE SYLLABUS)



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə13/147
tarix29.05.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#113881
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   147
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI

FAN MODULINING DASTURI (MOODLE SYLLABUS)



O‘quv kursining to‘liq nomi:

O‘zbek adabiyoti tarixi



Kursning qisqacha nomi:

Adabiyot tarixi

Kod: O‘AT

Kafedra:

Mumtoz adabiyot tarixi

O‘qituvchi haqida ma’lumot:

Musurmanov Erkin Rabbimovich
Muxitdinova Nazmiya Muslihiddinovna

97 286 86 40


nazmiya.muxitdinova@mail.ru; tel: (97) 392-45-25

Semestr va o‘quv kursining davomiyligi

5-semestr,
19x1=19 hafta.

Shundan

5-semestrda

6-semestrda

O‘quv soatlari hajmi:

Jami:

212

102

110

shuningdek:










ma’ruza

42

20 soat

22 soat

Seminar

34

16 soat

18 soat

Amaliy

34

16 soat

18 soat

mustaqil ta’lim

102

50 soat

52 soat













O‘quv kursining statusi

Umumkasbiy fanlar blogi.

Dastlabki tayyorgarlik:

- Mumtoz adabiyotga kirish (Mumtoz adabiyotga kirish kursining maqsad va vazifalari);
- Mumtoz poetika asoslari.



Fanning predmeti va mazmuni: talabalarga o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari va ularning asarlari, mumtoz poetika asoslari haqida ma’lumot berish, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari va ijtimoiy muhit bilan bog'liqligi, jadidchilik harakatining adabiyotdagi ifodasi o'laroq dunyoga kelgan milliy uyg'onish adabiyotining xos xususiyatlaridan ta’lim berish.

Fanni o‘qitishdan maqsad: talaba yoshlarni xalqimizning boy ma'naviy merosi bilan yaqindan tanishtirish, o'sib kelayotgan avlodni sog'lom e'tiqod va yuksak axloq sohibi bo'lgan ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qoldirgan ma'naviy xazinani tom ma'noda qadrlashga o'rgatishdan iborat.

Fanning vazifasi:
- talabalarga mumtoz adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berish;
- o'zbek adabiyoti tarixi namunalari bilan izchil va tizimli suratda tanishtirish;
- noyob adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini tushuntirish;
- talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur anglash, ularni tahlil va talqin qilish ko'nikmasini shakllantirish;
- mavjud matnlarni poetik jihatdan tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish;
- egallangan bilim va malakani xalq ma'naviyatini rivojlantirish yo'lida amaliyotga tatbiq etish.
O‘zbek adabiyoti tarixi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- o'zbek mumtoz adabiyotining milliy madaniyatimiz tarixi va takomilidagi o'rni, adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs hayotidagi ahamiyati, mumtoz adabiyot taraqqiyotining asosiy bosqichlari, mumtoz adabiy janrlarning shakllanishi va takomili, adabiyot tarixini o'rganishning metodologik asoslari va uni davrlashtirish tamoyillari, o'zbek mumtoz adabiyoti tarixi davrlarining o'ziga xos jihatlari, janrlar poetikasi, she'r sistemasining umumiy qonuniyatlari, badiiy san'atlarning hosil bo'lish yo'llari va mumtoz she'riyatda qo'llanish usullari, mumtoz she'riyatda qofiya va radifning tutgan o'rni, mumtoz nazmiy asarlar matni ustida ishlash, mumtoz asarlar uchun tuzilgan lug'atlardan foydalanish, tasavvufiy istilohlar ma'nosini tushunish, o'zbek adabiyoti tarixida qo'llangan timsollar va ramzlar mohiyatini anglash, milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-tarixiy va adabiy-estetik omillari, o'zbek milliy uyg'onish adabiyotiga xos yangi janrlar va ularning taraqqiyot tamoyillari, milliy uyg'onish davri she'riyatida vazn, poetik janrlar va obrazlarning yangilanishi qonuniyatlari, jadid nasri, jadid dramasi va jadid adabiyotshunosligining shakllanishi hamda taraqqiyoti omillari, milliy uyg'onish davrida yangicha adabiy-estetik tafakkurning yuzaga kelishi sharoiti va sabablarini, bu davr adabiyotiga oid she'riy, nasriy, dramatik va ilmiy asarlarni tahlil qila olish bilimi, malakasi va ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
O‘zbek adabiyoti tarixi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- “O‘zbek adabiyoti tarixi” fani bo‘yicha talaba o‘zbek mumtoz adabiyotining milliy madaniyatimiz tarixi va takomilidagi o‘rni, adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs hayotidagi ahamiyati, mumtoz adabiyot taraqqiyotining asosiy bosqichlari, mumtoz adabiy janrlarning shakllanishi va takomili, adabiyot tarixini o‘rganishning metodologik asoslari va uni davrlashtirish tamoyillari tog’risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi davrlarining o‘ziga xos jihatlari, janrlar poetikasi, she'r sistemasining umumiy qonuniyatlari, badiiy san'atlarning hosil bo‘lish yo‘llari va mumtoz she'riyatda qo‘llanish usullari, mumtoz she'riyatda qofiya va radifning tutgan o‘rni, mumtoz nazmiy asarlar matni ustida ishlash, mumtoz asarlar uchun tuzilgan lug‘atlardan foydalanish, tasavvufiy istilohlar ma'nosini tushunish, o‘zbek adabiyoti tarixida qo‘llangan timsollar va ramzlar mohiyatini anglash, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-tarixiy va adabiy-estetik omillari xususiyatlarini bilishi;




Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə