Mavzu: Pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati



Yüklə 5,17 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü5,17 Kb.
#117509
Mavzu Pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati-fayllar.org


Mavzu: Pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati

Mavzu:

Pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati

Reja:


  • Pedagogik ta’sir ko’rsatish haqida tushuncha.

  • Pedagogik ta’sir ko’rsatish usullari va uning tarbiya bilan bog’liqligi.

  • pedagogik ta’sir ko’rsatishda talab.

  • Xulosa.

  • Pedagogik ta`sir ko`rsatish metodikasi bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar sistemasidan iboratdir. Bu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, bolalarning xulq-atvorini rag’batlantiradi, ularning qiyin va murakkab vazifalarini quvonch ijodiy shavq-zavq manbaiga, har bir tarbiyalanuvchi o`quvchining shaxsiy muddaolariga aylantiradi.

Pedagogik ta`sir ko`rsatish usullaridan samarali foydalanishning zarur sharti pedagogning bolalarga bo`lgan munosabatlarining chinakam insonparvarligidir. Pedagogik ta`sir ko`rsatish usullari o`z tarbiyalanuvchilari taqdiriga beparvo bo`lgan kishilar qo`lida sof kasbkorlik vositalari majmui emas, bu usullar bir jamoa bo`lib, yagona intilishlar, umumiy mas`uliyat bilan birlashgan jonli kishilarning jonli munosabatlaridir.


Pedagogik ta’sir ko’rsatish prinsiplari:

Pedagogik optimizm.


Tarbiyalanuvchiga hurmat.
O’quvchining ruhiy holatini tushunish
Qilingan hatti-harakat ishlarning motivi va tashqi jihatlarini yechib berish.
Bolaning taqdiri bilan qiziqish.

Pedagogik ta’sir ko’rsatish usullari:


    • Salbiy sifatlarni yengib o’tishga to’sqinlik qiluvchi yordam beruvchi usullar.

    • Portlash usullari.

    • Portlash usullari- ular ham yaratuvchi, ham to’sqinlik qiluvchi usul sifatida namoyon bo’ladi.

Pedagogik ta`sir ko`rsatishning asosiy usullari talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoat­chilik fikridir.


  • Pedagogik ta`sir ko`rsatishning asosiy usullari talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoat­chilik fikridir.

  • Talab — tajribada juda keng tarqalgan usul bo`lib, ta`lim va tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo`lishi yo`li bilan u yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to`xtatilishini ta`minlaydi.

  • Istiqbol — ta`sir ko`rsatishning juda ta`sirchan usuli bo`lib, u bolalarning xatti-harakatlarini ular oldiga maroqli maqsadlar qo`yish yo`li ta`minlaydi, bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlari, qiziqish va muddaolariga aylanadi. Bu usul maktab o`quvchilarida shaxsning eng muhim fazilatlaridan biri bo`lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Rag’batlantirish va jazolash — tarbiyaning eng an`anaviy usuli bo`lib, bolalar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, ya`ni foydali xatti-harakatlarni qo`shimcha rag’batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning nomaqbul xatti-harakatlarini to`xtatishni ta`minlaydi, bunda ularning huquq burchlarini kengaytirish yoki cheklash, ularga ahloqiy ta`sir ko`rsatish yo`lidan foydalaniladi.


Rag’batlantirish va jazolash metodi o`ziga xos xususiyatga ega bo`lganligi sababli (bu haqda quyiroqda gap boradi) uni qo`llanish alohida ehtiyotkorlikni, pedagoglarning sezgirligi va xushmuomalaligini talab qiladi.
Jamoatchilik fikri — ta`sir ko`rsatishning qudratli usuli bo`lib, bolalarning ijtimoiy foydali fao­liyatini g’oyat har tomonlama va muntazam rag’batlantirib borishni ta`minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazi­falarini ancha to`liq amalga oshiradi. Bu usul jamoa a`zolarining ijtimoiy faolligini va o`rtoqlarcha birdamligini rivojlantirishga yordam beradi.

Xulosa:


  • Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, bu mustaqil ishdan pedagogik ta’sir ko’rsatishning mazmuni, pedagogik ta’sir ko’rsatishning usullari va prinsiplari ularning mazmuni, pedagogik ta’sir ko’rsatishda talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash kabi ma’lumotlarni bilib oldim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


  • Karimov I.A «Barkamol avlod– o`zbekiston taraqqiyotining poydevori». Tosh-1997 y.

  • Karimov I.A «Istiqlol va ma`naviyat» Toshkent.O`zbekiston 1994 y.

  • R.Mavlonova, O.To`raeva, K.Holiqberdiev. «Pedagogika» Tosh- 2002 y.

  • Ahmedjanov M.M, Xo`jayev B. Q. «PEDAGOGIK MAHORAT» fanidan

      ma’ruzalar matni Buxoro-2011


  • Ahmedjanov M.M., Bakieva S.N. “Pedagogika” fanidan ma’ruzalar matni Buxoro-2011

  • Internet saytlari:

      www.ziyonet. uz

      www.referat.com

Pedagogik mahorat” fanidan

Bajardi: 36-11 MMNDT Sultonova D. Tekshirdi: Olimov.Sh.Sh.



Mustaqil ish
http://fayllar.org
Yüklə 5,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə