«fashion- menejment va marketing»



Yüklə 454,53 Kb.
səhifə5/8
tarix06.05.2018
ölçüsü454,53 Kb.
#42759
1   2   3   4   5   6   7   8

Omborxona.

Tayyor mahsulotlar maxsus paketlarda qutilarga joylanadi yoki ilgichlarga osib qơyiladi. Shu paytda sifatni nazorat qilish bơlimidagi inspektorlar yana bir marotaba mahsulotni sifatini tekshirishlari mumkin. Shundan sơng mahsulot reteylerning omborxonasiga boriladi va sơnggi marta savdo dơkonlariga borilishidan oldin sifati tekshiriladi.



Nazorat savollari:

1.Zamonaviy kompaniyalarning tuzilmasi qanday?

2.Dizayn bơlimining vazifalari nimalardan iborat?

3.Tikuvchilik korxonasining bơlimlarini aytib bering.

4.Sifatni nazorat qilish bơlimining asosiy vazifalarini ayting.

Foydalanadigan adabiyotlar:

1.Ф.Котлер,К.Л.Келлер.МаркетингМенеджмент12-е издание.Питер.2009.

2.Хелен Говорек. Закупки в сфере моды. Пер.с англ.Гревцов Паблишер. Минск.2009.


7-Ma'ruza

Mavzu: Fashion – bayerning vazifalari.

Bayerlar uchun fashion – marketing.

Reja:

1.Fashion – bayerlar nima bilan shuğullanadi?

2.Fashion – bayerning vazifalari.

3.Muvaffaqiyatli bayerning xussusiyatlari.

4.Boshqaruv malakalari.
1. Fashion – bayerlar nima bilan shuğullanadi?

Professional Fashion – bayer – bu har tomonlama rivojlangan, nafaqat ơzaro munosabatlarni qurish va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bơlgan, balki mahsulot va u bilan boğliq jarayonlar bo’yicha chuqur bilimga ega bơlgan insondir. Bu kasb qiyin bơlib, ushbu kasb bilan shuğullanmoqchi bơlganlardan mustahkam iroda va fidokorlikni talab qiladi. Mazkur sohaning mutaxassislari ma'lum kompaniyaning aniq bozori uchun mơljallangan mahsulotlarni tanlash bilan shuğullanishadi. Masalan, ular ommaviy bozor uchun ayollarning kechki kiyimlari yoki bozorning ơrtacha segmenti uchun ayollar ichki kơylaklarini tanlab olish vazifasi bilan shuğullanadilar.

Bayerlar ơz ishlarida muvaffaqiyatga erishishlari uchun quyidagilarni bajarishlari zarur:

1.Aktual moda tendentsiyalarini aniqlash.

2.Mahsulotni yetkazib beruvchilar bilan aloqada bơlish.

3.Tanlangan mahsulotlarning assortimentini hamkasblari va rahbariya tiga taqdim qilib borish.

4.Foyda hajmini hisoblash.

5.Moda ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish natijalari nazorati va tahlilini amalga oshirish.

6.Raqobatchilar mahsulotlarining assortimentini kuzatib borish va tahlil qilish.

Bayer mahsulot mơljallangan auditoriya bilan tanish bơlishi kerak, chunki u keyinchalik ularga mahsulotni foydasi bilan sota olishi zarur. Bayerlar yakka holda harakat qilishmaydi, zero eng sơnggi modadagi assortimentini sotish - bu komanda ishining natijasidir. Sotish bơyicha mutaxassis kompaniyaning boshqa bơlimlariga va mahsulot yetkazib beruvchilarning tashqi tarmoğiga boğliq bơladi. Bayer kasbi iste'molchilarning didiga mos ravishdagi yangi texnologiyalar va ơzgarishlarga bevosita boğliq ravishda rivojlanib boradi.



2. Fashion – bayerning vazifalari.

Turli kompaniyalarda fashion – bayerning vazifalari bir-biridan farq qiladi, ammo barcha bayerlarning vazifasiga kiruvchi umumiy vazifa bor, bu – iste'molchining aniq bir toifasiga yơnaltirilgan va muayn bir narh-navo diapazonida turuvchi mahsulot assortimentini shakllantirishdir.

Jamoaning ichki tuzilmasi turli tashkilotlarda turlicha. Masalan, kichik savdo dơkonlarida birgina bayer ishlab, u mahsulotni sotishda ham, reklama qilishda ham qatnashadi. Yirik, moda mahsulotlarni sotish bilan shuğullanuvchi magazinlarning tarmoğida esa sotish bơlimi qơl ostida stajer, assistent, xaridlar bơyicha bayerlar va menejerlar ishlaydilar.

Odatda bayerlar aniq, muayyan bir mahsulotni assortimentini tayyorlash bilan shuğullanadilar. Uncha katta bơlmagan kompaniyada uchun bu mahsulotlarning juda keng kơlami bơlishi mumkin, masalan, ayollarning kundalik kiyimi, topiklari, yubka va shimlari. Ammo yirik tarmoqlar miqyosida bayerlar shuğullanadigan assortiment juda tor bơladi, masalan, bayer faqatgina erkaklar kơylagini sotish bilan shuğullanishi mumkin. Demak, kompaniya qancha katta bơlsa, bayerning mahsulot spetsializatsiyasi shunchalik tor bơladi. Shunga kơra, yirik firmalarda tor soha bilan shuğullanuvchi bayerlar turli mahsulotlarning assortimenti bilan ishlovchi hamkasblariga kơra nisbatan kơproq miqdordagi pul uchun mas'ul bơladilar. Yirik kompaniyalarda bayerlarning vazifalari mayda kompaniyalardagiga nisbatan ancha talabchan belgilangan bơladi, shunga kơra ularning ishlari mahsulotlar masalasida ham, aniq burchlari masalasida rang-barang xarakterga ega. Bu bilan boğliq holda uncha katta bơlmagan firmalar bayer lavozimiga keng spektrga ega bơlgan mutaxassislarni qabul qilishadi, chunki ularning ishi dizayn yoki sifatni nazorat qilish kabi sohalarda ijodiy yondashuv va texnik malakalarni talab qiladi.



3.Muvaffaqiyatli bayerning xususiyatlari

Fashion – bayer turli xususiyatlarga ega bơlishi lozim, ammo ularning ichida eng muhimi va ahamiyatlisi - yangi vaziyatlarga tez va oson moslashish xususiyatidir. Uning bir kun uchun ish grafigida hisobotlarni tuzish, telefon orqali muzokaralar ơtkazish va elektron pochta orqali xat yozishish kabi butun ish vaqtini ofisda ơtkazishni talab qiluvchi ishlar belgilab qơyilgan bơlishi mumkin. U keyingi haftada kelgusi mavsumning moda tendentsiyalarini aniqlash uchun Parijga, bir oydan sơng esa mahsulot ta'minotchilari bilan muzokara olib borish maqsadida Yaqin Sharqqa jơnab ketishi mumkin.

Yaxshi bayer mustahkam irodali, vijdonli, qat'iyatli bơlishi, ơz kasbini sevishi, ijodiy fikrlash qobiliyatiga va jonli tasavvurga ega bơlishi zarur. U raqamlar bilan yaxshi ishlay olishi va yuksak motivatsiyaga ega bơlishi kerak. Bayerlar karerada yutuqqa erishish uchun ơzida uzoqni kơzlay olish hamda insonlar va vaqtni boshqara olish qobiliyatini rivojlantirishi zarur. Bayer ơzining kơp vaqtini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning vakili (u odatda dizayn yoki sotish bơlimining mutaxassisi bơladi) bilan olib borilayotgan muzokaralarga sarflaydi, Ya'ni u asosiy vaqtini ofisidagi boshqa bayerlar bilan suhbatlashishga emas, balki aynan muzokaralar olib borishga ketkazadi. Shunga kơra mahsulot yetkazib beruvchilar bilan yaxshi ish munosabatlarni yơlga qơyish zarur, chunki bir-birini yaxshi tushunish, ơzaro yordam berish vaziyatining yaratilishi har ikki tomonga ham manfaat keltiradi. Mazkur aspekt assortimentni foydali sotib olishda bosh faktor hisoblanadi. Effektiv muloqot uchun bayer va mahsulot yetkazib beruvchi sofdillikka, ơzaro hurmat va ishonchga asoslangan munosabatlarni yaratishlari lozim. Bayerning mahsulot yetkazib beruvchi bilan narxlar va mahsulotni yetkazib berish muddatlari yuzasidan bơladigan muzokaralari muhim ahamiyatga ega bơladi, shuning uchun yirik reteylerlar sotish bơyicha ơz mutaxassislariga muzokara olib borish mahorati kurslarini ơtashni taklif qiladilar. Bayerlar firmaning boshqa bơlimlaridagi hamkasblari bilan ham doimiy aloqada bơladilar, chunki assortimentni tuqli tarzda ishlab chiqish va sotish insonlar guruhi ishining natijasidir, u kơplab mutaxassislarning faol ishtirokini talab qiladi. Bayerlar quyidagi bơlimlar bilan doimiy tarzda aloqani ushlab turishlari zarur: merchandayzing bơlimi, sifatni nazorat qilish bơlimi, dizayn bơlimi, matolarni ishlab chiqarish texnologiyasi bơlimi. Ammo moliya bơlimi, marketing bơlimi va savdo personali bilan bayerlar odatda kamroq muloqotda bơladilar. Bayerning merchandayzing bơlimi, sifatni nazorat qilish bơlimi, dizayn bơlimi vakillari bilan doimiy ravishda majlis ơtkazib turishi belgilab qơyilgan bơladi. Kơpchilik bayerlar assortimentning bozorda yoyilishida qatnashish maqsadida marketing bơlimi yoki RR bơlimi bilan hamkorlik qilishadi. Jurnallar sahifalarida e'lon qilingan mahsulotlar u bozorga chiqarilguniga qadar ishlab chiqilgan namunalar hisoblanadi. Bayer aynan shu namunalarni ishlab chiqaruvchiga buyurtma qilib berishi kerak. Shuningdek, bayer bosh ofisning yordamchi personali bilan ham yaxshi munosabatlarni yơlga qơyishi kerak. Bular sirasiga qabulxona xizmatchilari, adminstratorlar va bufetdagi xizmatchilarni ham kiritish mumkin, chunki ular ham bayer ishining yutuqli bơlishiga muhim hissa qơshadilar.

4.Boshqaruv malakalari

Bayerlarning kơpchiligi kichik personalni – stajer yoki assistentlarni boshqarish bơyicha muayyan burchlarga ega bơladilar. Shuning uchun ayrim kompaniyalar ơz bayerlarini boshqaruv xusussiyatlariga maxsus ơqitishadi, ammo bu amaliyot keng ommalashmagan.

Bayer bunda ơz tajribasidan foydalanishi, ya'ni ơzi assistent yoki stajer bơlgan vaqtlarini esga olishi va u bilan boshliği qanday muomala qilganligini xotirlashi kerak. Bu bayerga ơzini unga tobe bơlganlar nuqtai nazaridan baholash va professional bơlib qolish imkoniyatini beradi. Bayerning barcha hamkasblariga nisbatan bơlgan munosabati hamisha yuksak professional darajada bơlishi kerak. Bayer personalga rahbarlik qilishidan tashqari kiyim assortimenti, byudjet, resurslar va vaqtni boshqarishi zarur. Boshqaruv malakasi ham xuddi sotish sohasidagidek yillar davomida tajriba orqali orttiriladi.

Asosiy qoidalar

Bayerning asosiy vazifasi shundaki, u reteyler ishlaydigan bozor uchun mahsulot assortimentini shakllantirishi zarur. Bu vazifani amalga oshirish uchun quyidagilar lozim bơladi:

- ơz mamlakati, shuningdek, xorijdagi mahsulot yetkazib beruvchilar bilan doimiy aloqani ushlab turish;

-kompaniyaning turli bơlimlari bilan doimiy kontaktlarga ega bơlish, ya'ni boshqa bayerlar, merchandayzerlar va sifat bơyicha inspektorlar bilan yaqin aloqada bơlish;

-ơz bơlimidagi kichik xodimlarni boshqarish. Ushbu vazifalarni bajarish uchun bayer mustahkam iroda, ơz ishiga bơlgan muhabbat va yuksak motivatsiyaga, kreativlikka ega bơlishi hamda mahsulotni juda yaxshi bilishi zarur.

Nazorat savollari:

1.Fashion- bayerning moda industriyasida tutgan ơrni.

2.Zamonaviy bayerning vazifalari nimalardan iborat?

3.Kompaniyaning qaysi bơlimlari bilan bayer doimiy muloqotda bơlishi kerak?

4.Professional bayer qanday xussusi tlarga va malakaga ega bơlishi lozim?

Foydalanadigan adabiyotlar:

1.Хелен Говорек. Закупки в сфере моды. Пер.с англ.Гревцов Паблишер. Минск.2009.

2.А. Пименов. Хочу- Вижу,изд. Омега,Москва.2010.


8-Ma'ruza

Mavzu: Moda industriyasida merchandayzing.

Reja:

1.Merchandayzing tushunchasi.

2.Moda industriyasida merchandayzing maqsadi va vazifalari.

3.Merchandayzing bơlimi.
1.Merchandayzing tushunchasi.
Merchandayzing ( inglizcha merchandise - mahsulotlar, savdo qilmoq) - bu chakana savdo joylarida xaridorga ta'sir ko’rsatishning kompleks sistemasidir.

Merchandayzing turli reklama tashuvchilar (POS materiallar), psixologiya (kognitiv psixologiya ), kompozitsiya asoslari, atrof-muhit dizayni, rang psixosemantikasi, vizual belgilar va obrazlar haqidagi fan sifatida koloristika va semiologiya (semiotika)dan foydalanishga asoslanadi.

Merchandayzingning ta'riflari juda kơp. Ulardan faqat ikkitasini keltiramiz:

1) Merchandayzing - bu savdo nuqtasida savdo xodimlarining yordamisiz xaridorga maksimal ta'sir kơrsatishdir»;

2) Merchandayzing - bu savdo joyidan samarali foydalangan holda savdo nuqtasi va uning egasi uchun maksimal daromadga ega bơlish imkoniyatini yaratishga yonaltirilgan tadbirlar majmuasi».

Shu ơringa "savdo xodimlarini"ni ham qơshish zarur, chunki kơplab merchandayzerlar moda mahsulotlari sotiladigan magazinlarni «tirik organizmlar» deb hisoblashadi, ammo tirik organizmning hayotiy faoliyatiga ta'rif berish juda murakkab vazifa.

Fashion - industriyadagi barcha merchandayzing tadbirlarida quyidagilardan foydalaniladi:

-brendning jonsiz tarkibiy qismlaridan (magazinning ekste eri va intereridan, vitrinalaridan, savdo zalidan, savdo jihozlaridan, manekenlardan, POS-materiallardan, kassadan, musiqiy fondan va b.);

- brendning jonli tarkibiy qismlaridan (savdo personali va magazin mijozlaridan).

Shu tariqa, merchandayzingni –brend mahsulotlarini sotish joylarida xaridorga ta'sir kơrsatishning kompleks sistemasi deb aytish mumkin. Demak, merchandayzing brendni chakana savdo orqali tarğib qilish vositalaridan biridir.


2.Moda industriyasida merchandayzing maqsadi va vazifalari.

Merchandayzingning maqsadi - maksimal mahsulotni maksimal narxda maksimal xaridorlarga sotishdan iborat.

Filipp Kotler kompleks marketing kommunikatsiyalarni 6R sifatida xarakterlaydi:

1) PRODUCT - mahsulot (moda dunyosida brend mahsulot hisoblanadi);

2) PRICE-narh;

3) PLACE - joy;

4) PROMOTION - targib qilish (reklama tadbirlari kompleksi);

5) PUBLIC OPINION - jamoatchilik fikri ( modadagi masulotni iste'mol qiluvchilarning motivatsion-ahloqiy qarashlari);

6) POLITICS - siyosat (moda spetsifikasi, bu yerda siyosat brend falsafasi va uning kollektsyalari haqidagi afsonalardir, ular magazinning merchandayzingini yaratadi).


Moda industriyasidagi merchandayzing kơrsatilgan maqsadlarni amalga oshirishi uchun bir qator vazifalarni ham bajarishi zarur, ya'ni ular quyidagilar:

- magazinda sotilishi kerak bơlgan mahsulotga xaridorni e'tiborini tortish va uni sotib olishga qiziqtirish ;

-magazin falsafasini ishlab chiqish, va buning natijasida , haridlarning falsafasini (firma konseptsiyasini) ishlab chiqish;

- merchandayzing-bukni tuzish, magazin intereri, savdo jihozlarining turlari va joylashtirilishi mijozlar psixologiyasiga mos ravishda bơlishini ta'minlash va rangshunoslik qonunlaridan foydalanish;

-magazin mijozlarining maqsadli auiditoriyasini aniqlash, maqsadli auiditoriya ning aniqlangan motivatsion - ahloqiy modellari bilan ishlash;

-xaridorni ma'lumot bilan ta'minlashni yangicha tarzda shakllantirish;

magazinning yangiliklari va savdo strategiyasini iste'molchiga taqdim qilib borish;

kollektsiyaning afsonalarini yaratish va ularni

kollektsiyalar namoyishida aks ettirish;

- savdo amalga oshiriladigan muhitni tashkil qilish maqsadida dizayn konuniya tlarini amaliyotda qơllash;

- yoritish xussusiyatlarini manipulyatsiya qilish;

-xaridorlar ơrtasida «qiziqishlar klubi»ni shakllantirish, ularni magazinga «boğlab olish» .

Moda industriyasida merchandayzingga nisbatan iqtisodiy yondashuv eskirdi. Sotuv kompleksi bu ơrinda barcha boshqa chakana savdo komplekslaridan farqlanadi. Buning bir nechta ob'ektiv sabablari bor. Birinchidan, savdo sohasida 30 dan ortiq formatdagi magazinlar bor (gipermarket, supermarket).

Moda industriyasida esa magazinning asosiy turlaridan butik hisoblanadi (albatta, butiklarning ơzi ham turlicha bơladi: kơchalardagi va savdo markazlaridagi butiklar, tarmoq butiklari, bitta yoki bir nechta savdo markalari bilan savdo qiluvchi butiklar, kornerlar va b.)

Ikkinchidan, ma'lumki, butikdagi ơziga hos muhitni yaratishda unda sotiladigan har bir kollektsiyaning noyobligi, brend falsafasi va ğoyasi, brend imidji va shunga mos tanlangan noyob savdo jihozlari, interer dizaynini tuzish katta rol ơynaydi.

Uchinchidan, butik formatida savdo zali uncha katta bo’lmaganligi tufayli modellar soni cheklangan bơladi, boshqa formatdagi magazinlarda esa, aksincha, mahsulotlarning juda keng assortimentini taqdim qilish imkoniyati mavjud. Ushbu 3ta sabab moda industriyasi merchandayzingini chakana savdoning boshqa turlari merchandayzingidan ajratish tendentsiyasini keltirib chiqaradi.



3.Merchandayzing bơlimi.

Agar bayerga mahsulotni sotib olish vaqtida sezgi zarur bơlsa, merchandayzerga esa assortimentni sotilishini ta'minlab berish uchun tajriba kerak bơladi.

Bu mutaxassislar juda kơp va tez-tez muloqot qilishadi, chunki ular moliyaviy daromadlar uchun mas'ul hisoblanishadi. Demak, merchandayzerlar sotuvlar byudjet ramkalarini, tovar kategoriyalari va assortimentdagi liniyalar miqdorini belgilab berishadi. Ular bayerlarga mahsulotlarni xarid qilish tartibini taqdim qilishadi, ularda narxlar belgilangan (minimal, urta yoki yuqori) hamda ularning magazinlarda paydo bo’lish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.

River Island kompaniyasining erkaklar aksessuarlari bo’yicha

Merchandayzeri Nik Atkinson ơz ishi haqida quyidagilarni bayon qiladi: «Men bayer va komandaning boshqa a'zolari bilan yonma-yon ơtiraman, magazinlarga mahsulotni taqsimlash bơlimining boshliği va merchandayzerning assistenti bilan hamkorlik qilaman. Tavakkalni minimumlashtirish, potentsialni maksimizatsiya qilish va assortiment balansini rejalashtirish mening vazifamga kiradi. Bizda mavsum davomida qancha foyda kơrish va necha foiz chegirma qilish imkoniyati xususida ma'lumotlar mavjud bơladi. Merchandayzer kompyuterda yaxshi ishlashni bilishi zarur, chunki uning faoliyati hisob-kitob bilan boğlik, u vaziya tni tinmay tahlil qilishi kerak. Uning eng muhim hussusiyati - u raqamlar bilan erkin muomala qila olishi va raqamlarda kerakli ma'lumotlarni kơra olishi zarur.

Bundan tashqari, dizayn, xarid va merchandayzing bơlimlari ơrtasidagi doimiy kommunikatsiya ham katta ahamiyatga ega».

Merchandayzerlar muhim majlislarda va xaridlar tsikli bilan boğlangan turli jarayonlarda asosiy rol o’ynaydi. Ular bayerlarga turli tijorat masalalarida konsultatsiyalar beradi, modellar ishlab chiqargan mamlakati, yetkazib beruvchisi, ishlab chiqarilgan vaqti, umuman, turli parametrlariga kơra farqlanishi mumkin. Ular shuning uchun assortimentning narxi haqida ham ma'lumot berib boradilar. Agar mahsulot rejalashtirilganidan past narxga ega bơlsa, ushbu assortimentning boshqa yuqori narxdagi tovarlari hisobiga kompensatsiya qilish mumkin. Buni narxlarni "mu'tadillashtirish" deyiladi. Bu vaziyat assortimentning ơrtacha narxlari rejalashtirilganidan past bơlgan yoki oshib ketgan vaziyatlarda kuzatish mumkin. Merchandayzerlar bayerlar va dastlabki yoki takroriy buyurtmalarni yetkazib beruvchilar bilan tez-tez muloqotda bơlishadi. Bu munosabatlar assortimentdagi har bir modelning omadga erishishida muhim axamiyatga ega. Ulgurji sotib oluvchilar mahsulotni ishlab chiqish bosqichining katta qismini nazorat qilishsa, merchandayzerlar esa estafetani ishlab chiqarish bosqichida qabul qilib olishadi. Bayerlar va merchandayzerlar mahsulot yetkazib beruvchilar bilan ham qơshma majlislar ơtkazishlari mumkin, bu juda kơp mamlakatlarda, hususan, Buyuk Britaniyada ham amalga oshirilmoqda.

Chakana savdo bilan shuğullanuvchi ayrim kompaniyalarda merchandayzing bơlimi ơrniga zahiralarni boshqarish komandasi ishlaydi. Bu komanda nisbatan kamroq vazifalarni bajaradi. Boshqa kompaniyalarda reteylerlarga joriy mavsum uchun yetkazib beriladigan mahsulot bilan bayerlar emas, balki merchandayzerlar shuğullanishadi. Merchandayzer, shuningdek, magazinlar personali bilan muloqot qilish, mahsulotlarni omborlarga joylashtirish, tovarlarni distributsiya qilish bilan ham shuğullanadi. Ayrim kompaniyalarda maxsus komandalar mavjud bơlib, ularning a'zolarini magazinlarga maxsulotlarni tarqatish bo’yicha menejerlar, optimizatorlar yoki merchandayzerlar, deb ham atashadi. Merchandayzer sotuvlarning borishini ham nazorat qiladi, u odatda, sotuvlar haqidagi xisobotni har haftada monitoring qiladi. Kơplab moda magazinlari elektron kontrol-kassa apparatlari sistemasi bilan jihozlangan bơlgani uchun ular barcha ma'lumotlarni zudlik bilan markaziy bazaga yetkazadilar.

Shuning uchun merchandayzerlar sotuvning har kungi hajmi haqida ma'lumotga ega bơlib boradilar. Merchandayzerlar qabul qilingan ma'lumotlar asosida ishlab chiqaruvchilardan yaxshi sotilayotgan mahsulotlarni takroriy sotib oladilar, yomon sotilayotgan mahsulotlarning esa narxini pasaytiradilar. Shu tariqa, merchandayzerlar bayerlar tomonidan shakllantirilgan va tanlangan tovarlar assortimentini magazinlarga ơz vaqtida va zaruriy miqdorda yetkazib berishga mas'ul bơladilar.


Nazorat savollari:

1.Merchandayzing tushunchasini ta'riflab bering.

2.Merchandayzing qanday maqsad va vazifalarni bajarishga hizmat qiladi?

3.Moda industriyasida butik tushunchasi tơğrisida fikrlaringiz?

4.Zamonaviy kompaniyalarda merchandayzing bơlimi qanday vazifalarni bajaradi?

5.Zamonaviy merchandayzer qaysi bilimlarga ega bơlishi kerak deb ơylaysiz?


Foydalanadigan adabiyotlar:

1.Наталия Гузелевич.Фокусы мерчандайзинга.изд.Питер.2010.

2.Хелен Говорек. Закупки в сфере моды. Пер.с англ.Гревцов Паблишер. Минск.2009.

3.А. Пименов. Хочу- Вижу,изд. Омега,Москва.2010


9-Ma'ruza

Mavzu: Hidlar, musiqa va yoruğlik merchandayzing vositalari.

Reja:

1.Hidlarni ta'sir kuchi.

2.Merchandayzingda musiqaning ơrni.

3.Yoruğlik, chiroqlar- merchandayzing vositasi.
1.Hidlarni ta'sir kuchi.

Odamzod hayvonot dunyosiga juda yaqin hisoblanadi. Hayvonlarni

hid bilishi 3 kategoriyaga bơlinadi :

1)makrosmatiklar, 2)mikrosmatiklar,3)hidlarni umuman bilmaydigan hayvonlar (kitlar). Birinchi kategoriyaga-makrosmatiklarga sher, bơri, itlar va boshqa yirtqich hayvonlar kiradi.Masalan sherda 120mln.hid bilish hujayralari mavjud. Ikkinchi kategoriyaga-mikrosmatiklarga maymunlar va odamlar kiradi.Odamlarda faqatgina 6 mln. hid bilish hujayralari bor.Maymunlarning asosiy sezgi organi kơrish hisoblanadi, ular yashil rangli barglar orasidan mevalarni ajratib olish qobiliyatiga ega, mevalarni hidi ular uchun unchalik axamiyatga ega emas .Zamonaviy inson uchun hid bilish juda muhimdir . Eshitishni, kơrishni yơqotgan odam nogiron hisoblanadi .Hid bilishni yơqotgan odam ơzini nogiron deb hisoblamaydi.Lekin hid bilish hayotni sifatini belgilaydi. Ayollarga 15 sekund yetarli bơlarkan biron bir hidni sezish uchun, erkaklarda esa kơproq eshitish va boshqa sezgi organlari rivojlangan.

Hidlar umuman olganda yoqimli va yoqimsiz bơlishi mumkin. Shu asosiy ajratish insonlarga parfyumeriya mahsulotlarini tanlashda, odamlar orasida muloqot ơrnatishga yordam beradi. Agar hid yaxshi ijobiy ta'surotlar bilan boğliq bơlsa, yaxshi kayfiyatni keltiradi. Yomon, yoqimsiz narsalar va hodisalar bilan boğliq bơlsa depressiya holatini keltiradi . Masalan: haydovchiga benzin hidi mashinada yaxshi

yurishini eslatsa, musiqa konservatoriyasida benzin hidi odamlarga yoqmaydi. Shunday qilib hid bilish hodisalar bilan boğliqdir. Bu ma'lumotlarni merchandayzer yoki merchandayzingda hidlar bơyicha mutaxassis-aromamarketolog bilishi shart. Bundan tashqari hidlar «katta» va « kichik» hidlarga bơlinadi.

«Katta» hidlar uzoq masofadan seziladi va ommaviy tuyğular bilan boğliq bơladi.Masalan: bu hidlarga jalla quygandan keyingi azon va nam hidi, dengiz hidi, ekzotik tropic hidlar, shimoliy va janubiy shamol hidi kiradi.

«Kichik» hidlarga qisqa masofadan bilinadigan hidlar kiradi. Bu hidlarga yaqin insonlarning hidlari,bolalarining hidlari,intim hidlar kiradi. Har bir odamning intim hidi ,uni ơrab turgan 1metr kvadrat masofasida bơladi. Zamonaviy inson ơzini faqatgina kiyim orqali emas, balki hidlar(atir hidi,tamaki hidi va bosh... )orqali ham kơrsatadi.

Zamonaviy merchandayzing usullaridan biri bu savdo joylarida sun'iy hidlarni tarqatish hisoblanadi.Bunday hidlarni magazinlarda tarqatishdan maqsad, xaridorni uzoqrok vaqtga magazinda qoldirish va shuni oqibatida u kơproq tovar sotib olishiga imkoniyat yaratish. Agar xaridorga magazindagi hid yoqimli bơlsa, uning xotirasida “men bu yerda ơzimni yaxshi his qildim”degan fikr qoladi va xaridorni yana shu magazinga qaytib kelishiga sabab bơladi.Magazinda hid tarqatish kerak bơlgan 3 hil hudud mavjud:1)magazinga kirish zonasi,2)kiyinish zonasi,3)kassa apparati yonidagi zona.
2.Merchandayzingda musiqaning ơrni

Merchandayzingni xozirgi kunda san'at deb atashimiz ham mumkin.Chunki musiqaning merchandayzingda ơrni juda kattadir.Zamonaviy musiqada asosiy tushunchalardan- ovoz balandligi, ritm va temp hisoblanadi. Magazinda yangrayotgan musiqa xaridorni magazin ichiga kirishiga majbur etishi lozim va musiqaning asosiy maqsadi xaridorni tovar sotib olishiga yordam berishidir.

Lekin magazinga musiqa tanlashda ayrim jihatlarga e'tibor qaratish lozim. Juda baland ovozda va tez tempda yangrayotgan musiqa kơp mijozlarni asab sistemasiga salbiy ta'sir etib, ularni ơsha joydan ketishiga sabab bơlishi mumkin. Ơrta va sekin tempdagi musiqa mijozga yaxshi ta'sir kơrsatib, ularni kayfiyatini kơtaradi va magazinda uzoqrok vaqt bơlishiga yordam beradi. Bu variant ơzining imidjini saqlab qolishga intiladigan brendlarga juda yaxshi qơl keladi va shunday brendlar uchun mijozlarining yana magazinlarga qaytib kelishiga imkoniyat beradi. Katta supermarketlarda xaridorlar oqimi kơp bơladigan vaqtlarda tempi tezroq musiqa qơyiladi,chunki bunday musiqa xaridorlarni magazin ichida tezroq harakat qilishiga sabab bơladi. Musiqa xaridorning tempiga mos kelishi kerak,u xaridorni judayam tezlashtirishi ham yoki judayam sekinlashtirishi ham mumkin emas.

Musiqa uslubini tanlash ham juda muhimdir. Ayrim “lyuks”sinfiga mansub magazinlar kơproq klub musiqasini: dance, trans, chill out,lounge yoqtiradilar.

Mashhur brendlar ơz kollektsiyalarini namoyish qilganlarida ishlatilgan musiqalarini ơz magazinlariga kompakt disklarda sotish uchun mơljallangan kollektsiyalar bilan birga boradilar.

Brend siyosatiga mos kelishi va brend imidjini saqlashi uchun musiqa quyidagilarga javob berishi kerak:

1.Agar savdo markasi fashion yơnalishida ish yuritsa unda musiqa ham fashion uslubida bơlishi lozim.

2.Har bir kollektsiya biron bir mavzuga bağishlanadi, shuning uchun musiqa ham shu mavzuga mos kelishi kerak.

3.Mijoz nimani kơrsa, shunga mos musiqani eshitishi lozim. Musiqa magazin uslubiga va intereriga mos kelishi kerak.


Yüklə 454,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə