Farg‘ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni



Yüklə 28,75 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü28,75 Kb.
#153745
  1   2   3   4
1534871623 72268


Farg’ona turistik mintaqasi


Reja:


    1. Farg’ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’rni

    2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari


Farg‘ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni
Farg‘ona vodiysi deganda uch viloyat ya’ni, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari kiradi.
Farg‘ona viloyati — O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Farg‘ona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan NamanganAndijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirg‘iziston, g‘arbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Tarkibida 15 tuman, 9 shahar, 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi — Farg’ona shahri.
Farg‘ona viloyatining shimoliy qismini Qoraqalpoq va Yozyovon dashtlari egallagan, janubdan Olay tizmasidan oqib tushadigan daryolarning yoyilmalari bilan o‘ralgan. Farg‘ona viloyati yuqori seysmik zona qisoblanadi. Iqlimi kontinental. Qishi birmuncha yumshoq, baʼzan havo juda sovib ketadi. Yanvar oyining o‘rtacha harorati — 3,2 °S, iyulniki 28 °S. Eng past harorat —27,9 °S. Eng yuqori harorat 42 °S. Vodiyning g‘arbida esadigan kuchli “Qo‘qon shamoli” iqlimga salbiy taʼsir etadi.
Viloyatning shimoliy-g‘arbiy chegarasi bo‘ylab Sirdaryo oqadi. Olay tizmasidan Isfara, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy boshlanadi. Daryolar muzlikqor suvlaridan to’yinadi. Iyul— avgustda to‘lib oqadi. Daryo suvlari sug‘orishga sarflanadi. yerlarining kattagina qismi ekinzor. Vohalarda terak, tut, qayrag‘och, daryo vodiylarida keng bargli o‘rmonlar va archazorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Sirdaryo to‘qayzorlarida qobon, adir va Olay tizmasi tog‘ oldilarida bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri, quyon, bo‘rsiq, jayra yashaydi. Ondatra, nutriya iklimlashtirilgan. Qushlar, sudraluvchilar ko‘p. Suv havzalarida  marinka, usach, zog’ora baliq, karp, oq amur, do‘ngpeshona baliqlar bor.
Farg‘ona viloyati respublikaning sanoati rivojlangan viloyatlaridan. Viloyatda 86 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yoqilg‘ienergetika,  kimyo,  mashinasozlik, qurilish materiallari, paxtani tozalash va qayta ishlash, yengil va oziqovkat sanoati va boshqa. Energetika bazasi, asosan, issiqlik elektr styalardan iborat bo‘lib, eng yiriklari: Farg‘ona, Qo‘qon issiqlik elektr markazlari, Quvasoy issiqlik elektr stansisi. Barcha stansiyalar O’rta Osiyoning yagona energetika tizimiga birlashtirilgan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalari Farg’ona va Qo‘qon shaharlarida joylashgan. “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, kimyoviy tolalar, furan birikmalari kimyo zavodlari, Qo‘qon superfosfat zavodi va boshqalar shular jumlasidandir. Viloyatda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. Qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Quvasoydagi sement zavodi respublikada ishlab chiqariladigan sementning to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘ini beradi. Quvasoyda shifer, g’isht va boshqa qurilish materiallari, shisha va chinni idishlar zavodlari ishlab turibdi.
Qo‘qondagi “Yelektromash”, “Tekstilmash” va boshqa metallsozlik zavodlarida sanoatning boshqa tarmoqlari uchun asbobuskunalar, ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Viloyatda 84 qo‘shma korxona, 22 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat ko‘rsatadi. Farg‘ona shahrida “Nodira”, “PSMK3”, “Polina”; Marg‘ilonda “Marg‘ilon tongi” va Qo‘qonda “Zilola” kichik korxonalar, “O‘zsalaman”, “Kabul Farg‘ona”, “Besteks”, “Ishonch” qo‘shma korxonalari ishlab turibdi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, g‘allachilik, pillachilik, bog‘dorchilik va chorvachilik.

Yüklə 28,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə