Mashinasozlik chizmachiligining maqsad va vazifalari. Vint chiziqlar



Yüklə 400,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü400,48 Kb.
#153354
  1   2
Mashinasozlik chizmachiligining maqsad va vazifalari



MASHINASOZLIK CHIZMACHILIGINING
MAQSAD VA VAZIFALARI. VINT CHIZIQLAR. 
VINT CHIZIQLAR QADAMI. O'NG VA CHAP 
YO'NALISHDAGI VINT CHIZIQLAR. VINT
SIRTLARI. REZBALAR VA ULARNING TURLARI.


REJA: 
1.
Mashinasozlik chizmachiligining maqsad va vazifalari
2.
Vint chiziqlar
3.
Vint sirtlari.



Mashinasozlik chizmachiligi “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”, “Mashinasozlik asoslari” va
“Mashina detallari” kabi texnikaviy fanlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, matematika, chizma geometriya va
proek- sion chizmachilik uning nazariy asosi hisoblanadi. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” - 5140700
ta’lim yo‘nalishida texnikaviy fanlar o‘qitilmasligini inobatga olib, darslikka kiritilgan har bir mavzuning
mazmuni quyidagi tartibda keng va batafsil bayon etildi:- mashinasozlik chizmalarini bajarishda qo‘llaniladigan
dopusk va o‘tqazishlar haqida ma’lumot va ularni chizmada belgilash;- detal sirti yuzasining g‘adir-budurligi va
uni chizmada belgilanishi;- vint chiziq va vint sirtlar haqida umumiy ma’lumot va ularni hosil qilish usullari;-
rezba va uni hosil qilish hamda rezba turlari haqida ma’lumot va mah kamlash detallari;- ajraladigan boltli,
shpilkali, vintli, fitingli, shponkali, shlitsali birik malar shuningdek, ajralmaydigan payvand va parchin mixli
birikmalar;- pru jinalar, ularning turmush va texnikadagi ahamiyati haqida, vintli, spiralsimon va
plastinkasimon prujinalar va ularning chizmasini bajarish;- uzatmalar va ularning texnikadagi ahamiyati,
friksion, tasmali, silin drik, konussimon chervyakli va reykali uzatmalar;- o‘lchash asboblari va ulardan
foydalanish usullari, eskiz va ulami tuzish, yig‘ish chizmalarini bajarish tartibi, yig‘ish chizmalarini bajarish- ga
qo‘yiladigan talablar, yig‘ish chizmasining spetsifikatsiyasi va yig'ish chizmasini bajarishning ketma-ketligi;-
berilgan yig‘ish chizmalarini detallarga ajratish tartibi va shu tartib asosida bitta uzel yig‘ish chizmasini
detallarga ajratib, chizmalarini ba jarish ketma-ketligi va chizmalarda sirt yuzasining g‘adir-budurligi bel-
gilarini qo‘yish;- kinematik, elektrik, gidravlik va pnevmatik sxemalar, ularning amaliy ahamiyati, chizmada
tasvirlanishi.



Nuqtaning tog’ri doiraviy silindrik ustida bir xil tezlikda aylanma va ilgarilanma harakatlanib chizgan
chizig’i silindrik
vint chiziq
deyiladi. Nuqtaning vintsimon harakati aylanish sirtlari ustida sodir bo’lishi
mumkin, shuning uchun vint chiziqning turi aylanish sirtining turiga bog’liq bo’ladi. Agar nuqta doiraviy
silindr ustida vintsimon harakat qilsa,

Yüklə 400,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə