Farg’ona politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti Guruh 82-23 ri talabasining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153683
  1   2   3
referat


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

Farg’ona politexnika instituti
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
Guruh 82-23 RI talabasining

Workshop
Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan tayyorlagan
Mavzu : Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslublari

Bajardi : Komiljonov Yusufjon
Qabul qildi :____________________________

Farg’ona 2023

Reja:
1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
2.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari
3. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilaming moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko'payib, rivojlanib hamda ularning o'zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va bilish mumkin bo‘lgan oddiy narsaga o‘xshab ko'rinadi.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Bizning barcha resurslarimiz - tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir. Hattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklaming taxminan qancha vaqtga yetishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo'lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, aluminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo'lib qolishi ehtimoldan holi emas.
Buning ustiga barcha resurslarimiz - pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlami to‘g ‘ri taqsimlash yo‘Ilarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo'lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ulami yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo'lishi dan qat’i nazar ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko'payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalami yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, poydevorini tashkil etib, o‘zi ham insonsiz, faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlaming, resurslar harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1. Ishlab chiqarish jarayoni.
2. Ayirboshlash jarayoni.
3. Taqsimot jarayoni.
4. Iste’mol qilish jarayoni.
Bulaming ichida eng asosiysi va boshlang'ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo'lmaydi.
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlaming alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va to‘g ‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko'rsatadi, uni rag'batlantiradi.
Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlaming ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, yetkazib berishga, ba’zilar esa boshqa turdagi tovarlami ishlab chiqarish, yetkazib berish bo'yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, o‘ziga kerakli bo'lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo'nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar 0‘rtasida iqtisodiy aloqa-ayirboshlash, pul orqali oldisotdi jarayoni sodir bo‘ladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bo'ladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yo‘qotiladi va o‘miga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati vujudga keladi.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi - ehtiyojlaming cheksizligi va iqtisodiy resurslaming cheklanganligidir. Bu masalani to‘g ‘ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish zarurdir.
Insonning yashashi va kamol topishi, qolaversa, rivojlanishi uchun kerak bo`gan hayotiy vositalardan biri zarurat iqtisodiyot nazariyasi fanida “ehtiyoj” deb ataladi. Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to'xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə