Farg’ona politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti Guruh 82-23 ri talabasining


Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153683
1   2   3
referat

3. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlami ham o'rganadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bogMiqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega bo‘Iib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilaming ongiga, ularning xohish-irodasiga bog'liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlami quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar.
2. Davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.
3. Maxsus iqtisodiy qonunlar alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo'shimcha qiymat qonuni.
Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining bir necha bosqichi uchun tegishli bo‘ladi va ularga amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning har biri da to‘liq amal qiladi.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalami va ilmiy tushunchalami ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalaming ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiynazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar va ilmiy tushunchalar kishilar tomonidan o'ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalami ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo'lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalaming farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo'laklari orasidagi bog'liqlikni, ularning biri 0‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham o'zgarishi mumkinligini ko'rsatadi. Iqtisodiy kategoriya - ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalaming bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalaming iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o'rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar hamda kategoriyalar bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ular bir-birini to'ldiradi va birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə