Fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə7/31
tarix12.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#116767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
O‘zbek va ingliz xalqlarida bolalarga ism tanlashning diaxron va

Taxallus
O‘zbek va ingliz antroponimlarining nominativ birliklaridan birini taxalluslar tashkil qiladi. Taxalluslar ham shaxs ismi - asosiy nomga nisbatan xuddi laqab kabi qo‘shimcha nomdir.
Har bir onomastik birlik ma’lum nominatsiya ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. Taxallus ham mana shunday ehtiyoj tufayli udum bo‘lgan. Bu taxallus so‘zining ma’nosida ifodalangan.
Taxallus - arabcha so‘z bo‘lib, xalos bo‘lish va qutulish ma’nosini beradi . Bu fikr shaxs o‘zining asosiy ismi o‘rniga boshqa nom qabul qilib, o‘z asosiy nomidan xalos bo‘lmoq ma’nosida bo‘lsa kerak.
Psevdonim (laqab) termini grek tilidan o‘zlashgan bo‘lib, psevdos - yolg‘on, uydirma + onoma - nom ma’nosini anglatadi. N.V.Podolskaya psevdonimni uydirma, o‘ylab topilgan nom, soxta nom ma’nolarida tushuntirgan.
Taxallus qabul qilishning sabablari ko‘p, ayniqsa, o‘z siyosiy g‘oyasini senzuradan yashirish feleton va tanqidiy maqola muallifi o‘zini oshkor qilmaslikka intilish, shuningdek, o‘xshash ism, familiyalarning ko‘pligi ham taxallus tanlashga sabab bo‘lgan.
Taxalluslar shaxs egasining faoliyatiga aloqadorligiga ko‘ra ikkiga: adabiy taxalluslar va siyosiy taxalluslarga bo‘linadi.
Taxallusni tanlashda taxallus egasining o‘z xohishi bilan bog‘liq bo‘lgan uslubiy ma’no yoki siyosiy g‘oya yotadi. Bu jihatdan taxalluslar badiiy asar obrazlari nomiga o‘xshab ketadi va yozuvchi ijodida, ayniqsa satirik asarlarda badiiy vositalardan biri sifatida xizmat qiladi. Shu sababli adabiyotshunoslarning yoeuvchi taxallusi sirini, motivini ochishga harakat qilishlari ana shu badiiy vositalarning mohiyatini bilishga qaratilgan bo‘ladi.
Laqablar haqida yozilgan asarlarda taxallus laqab sirasiga kiritiladi. Ammo bu ikki onomastik birlikni bir-biridan tamoman farqlamaslik nazariy xatodir. Taxallus va laqab ham vazifasi, ham motivi, ham nominatsiya xususiyatiga ko‘ra farqlarga ega. Bu quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Laqab kishiga o‘zgalar tomonidan qo‘yiladi. Taxallusni esa shaxs o‘z ixtiyori bilan tanlaydi. M.Shamsieva maqolalaridan birida "... taxallus ko‘pincha yozuvchilarga beriladi”, deb yozadi. Bu ibora noto‘gri. Ism, laqab shaxsga o‘zgalar tomonidan beriladi, qo‘yiladi. Taxallusni esa yozuvchining o‘zi tanlaydi.
2. Biror laqab butun bir kishilar guruhiga, urug‘ yoki qabilaga, mahalla va millat aholisiga tegishli bo‘lishi mumkin (Bunday laqablar jamoaviy laqab deb yuritiladi). Taxallus esa doimo yakka shaxsga tegishli nomdir.
3. Laqablarning ma’nosi va berilishi uchun kishilarning jismoniy, akliy darajasi, tana tuzilishi, xususiyatlari, xarakteri va harakatidagi biror xususiyatlar asos bo‘ladi. Tahallus bunday xususiyatlar asosida tanlanmaydi, balki adibning ma’naviy, este- tik didiga, orzu va maqsadiga mos ravishda to‘planadi.
4. Laqablar ko‘pincha kishi ismi bilan birgalikda keladi. Bu jihatdan u familiya va otaismga o‘xshaydi. Taxallus esa ko‘proq asliy taxallus, asosan , mustaqil, alohida nom bo‘lib keladi. Bu jihatdan u ismga yaqin turadi.
5. Laqablarning til amaliyotida tarqalish doirasi keng bo‘lib, adabiy va xalq tilida (lahja va shevalar) keng tarqalgan. Chunki lahablar aslida xalq ijodi mahsulidir. Taxalluslarning amalda tarqalish doirasi laqablardan ko‘ra tordir. Laqab va taxalluslarning o‘xshashlik tomonlari ham bor. Bitta shaxs, xuddi laqab kabi birdan ortiq taxallusga ega bo‘lishi mumkin. Bir necha kishining bir xil o‘xshash laqabi bo‘lgani kabi (Siddiq sariq, Salim sariq), bir necha adib o‘xshash taxallus qabul qilgan bo‘lishi mumkin. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘xshash laqablilik, ya’ni laqabdoshlik mavjud hodisa.
Adabiyot tarixi tadqiqotlaridan ma’lumki, Navoiy, Jomiy, Foniy, Vafoiy, Nishot (Nashot), Nishotiy, Ravnaq, Muqimiy, Mujrim, Dilafkor, Shavqiy taxalluslarining har biri bir necha adiblarga tegishli bo‘lgan.
Taxalluslar ham yozuvchi yashagan davrning xususiyati, ideallari, intilishlariga ko‘ra, adabiy, siyosiy oqimlarning maqsadiga ko‘ra taxallus egasining shaxs hayoti, orzu va umidlariga ko‘ra o‘zgarib turadi. Masalan, o‘zbek adiblari va jurnalistlarining 1919- 1920 yillarda badiii satirik asarlar, tanqidiy maqolalar tagiga qo‘ygan taxalluslari o‘ebek mumtoz adabiyoti shoirlari taxallus laridan farqlanadi: Chig‘iriq, Do‘ltamaxsum, Darvesh, Hazilkash, Namakob, Abutanbal, Lakalang maxsum, Hormang, O‘tbosar devona, G‘urt, Qopqon, Devona, Chigriq, Qaro, To‘hmoq, Qalamkash, Chirmanda botir, To‘pori, Shafiq maxdum, Nurton, Qarmoq, Sumalak avliyo, Kaltadum, Tegishqoq, Shapaloq, G‘amgin qori, Qalandar, Xolis, Birov va boshqalar.
Sho‘rolar davridagi taxalluslarda o‘sha paytdagi tasavvurlar ga, reallikka mos kelgan so‘zlardan yasalgan: Durbin, Qarol, Ishchi, Fontan, Yo‘lchi, Uchqun, Yo‘qsil, Xizmatkor va b.
Taxallusni tasnif qilishda tadqiqotchilar turlicha yo‘l tutishmoqda. Masalan, N.V.Podolskaya psevdoandronim - erkaklar ismi asos qilib olingan taxalluslar va psevdognonim - asosida ayol ismi yotgan taxallusni keltirgan'.
Familya
O‘zbek antroponimiyasining onomastik birliklaridan yana birini familiya tashkil qiladi. Familiya rasmiy nom sifatida o‘zbek tilida rus tili ta’sirida paydo bo‘lgan.
Familiyaning mohiyatiga, funksional xususiyatiga berilgan ancha ta’riflar mavjud. Taniqli rus lug‘atshunosi V.L.Dal familiyani “Kishining oilaviy merosiy nomi bo‘lib, shaxs ismiga qo‘shilib keluvchi hamda ota yoki onadan bolalarga o‘tadigan nom”, deb ta’riflagan.
N.V.Podolskaya yozishicha, familiya shaxsning biror oilaga mansubligini bildiradigan atoqli otdir. Familiya so‘zining asliy, qadimiy ma’nosi ham mana shunga ishora qiladi: familiya - uy, oila, bir oilada yashovchi kishilar, xonadon, urug‘ning bir qismi, bir familiya egalari kabi ma’nolarni anglatadi.
Horijiy tilshunoslardan biri Doeaning yozishicha, familiya X asrda, ba’zi mo‘tabar manbalarda esa XII, XIII asrlarda paydo bo‘lgan. familiya dastlab Shimoliy Irlandiyada udum bo‘la bosh- lagan. Keyinchalik Parij, Shimoliy Fransiya, Reyn va Lamansh sohillariga tarqaladi. Germaniyada familiya qabul qilish udumi XII asrga to‘gri keladi. A F.Potening qayd etishicha, familiya qabul qilish odati XIV asrdan keng tarqalgan.
Familiya ism va otaismdan ma’lum tomoni bilan farqlanadi. Agar ismda biror yakka shaxs o‘zgalardan ajratilsa, farqlansa, familiya butun oilani, avlodni ana shunday boshqa oila va avloddan farqlaydi. U avloddan-avlodga o‘tar ekan bir familiyaga ega bir qancha avlodlar umumiy, merosiy nomiga aylanadi.
O‘zbek tilida familiya fuqarolarning rasmiy huquqiy nomi sifatida sho‘rolar davrida yuzaga keldi.
O‘zbeklarda o‘tmishda hozirgi o‘zbek familiyalariga o‘xshash muayyan shaklga tushgan (standart), ma’lum tartib va tamoyillarga bo‘ysingan familiyalar bo‘lgan emas. Ammo hozirgi familiyalar bajaruvchi vazifaga yaqin turadigan lisoniy vositalar mavjud bo‘lgan. Bular shaxsning ismi bilan birga keladigan shaxsning unvoni, mansabi, mazhabi, qaysi etnik guruhga mansubligiga ishora qiladigan vositalar edi. O‘zbek familyalari asosan bobo ismiga –(o)v, -(o)va qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladi: Ismoilova, Abdurahimov, Muzaffarova; inglizlarda bo‘lsa familya ifodalovchi so‘zga ko‘pincha “Mister”, “ Miss”, “Missis” murojaat shakllari bilan birga keladi: Mister John, Miss Watson.

Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə