Fan va innovatsiyalar vazirligi


O‘zbek tili antroponimiyasi ekstralingvistik motivlari



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə14/31
tarix12.06.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#116767
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
O‘zbek va ingliz xalqlarida bolalarga ism tanlashning diaxron va

2.1. O‘zbek tili antroponimiyasi ekstralingvistik motivlari
Shaxs nomlari va ularning etimologiyasi( kelib chiqishi) haqida ma’lumot beruvchi antroponimiya onomastikaning asosiy tarkibiy qismidir va bu sohani vujudga keltirish uchun diaxronik(tarixiy) va sinxronik (zamonaviy) jarayonlarning o‘rni beqiyos. Boisi antroponimiyaning lug‘aviy boyligini tashkil etish uchun tarixan ro‘y bergan shaxsni nomlashga xos udumlar, semantik yondashuvlar, xo‘jalik va ijtimoiy tuzumning ta’siri asosiy unsur sifatida qabul qilinadi va zamonaviy motivlar asosida rivojlanib kelinadi. Qolaversa bu bosqichlar xar bir xalq lingvistikasida turlicha kulturologik, sotsiologik va etnografik o‘ziga xoslikni namoyon etadi.Shuning uchun ham tilshunoslikda bu bo‘lim turli tizimli tillarda azaliy tahlil qilinuvchi muhokamaga boy soha sifatida tasnif etiladi. Xususan, O‘zbek tilshunosligida atroponimik an’analar tuzilishi, rivojlanishi hamda jamiyatda amalda qo‘llanilishiga urg‘u qaratiladi va bu bosqichda diaxron jarayonning o‘rni muhimligi e’tirof etiladi.13
O‘zbek antroponimiyasi rivojiga hissa qo‘shgan diaxron unsurlarni o‘rganishda ushbu ilmiy ishimga bir qator tilshunos-olimlarning ilmiy-nazariy izlanishlari metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. Garchand o‘zbek antroponimiyasini tarixiy ilmiy metodlar asosida o‘rganish o‘tgan asrning 60-yillarida yuzaga kelgan bo‘lsada, ungacha bolaga ism qo‘yishga bag‘ishlangan ba’zi ilmiy-ommabop maqolalar nashr etilgan. Xususan, O‘zbek ismlarining maʼnolarini ommabop tarzda izohlagan dastlabki risolani Ya.Menajiev va X.Аzamatovlar yaratishgan. Risolada ismlar maʼnosini tushunish, ism maʼnosining asosi bo‘lgan motivlar va boshqalar yuzasidan jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan. Ushbu risola keyinchalik E.Begmatov va D.Аbdurahmonovlar tomonidan qayta ishlanib, nashr qilindi. Yangi nashrda ismlarning nominativ vazifasi, ism maʼnosi tushunchasi, ism berishda amal qilinadigan udum va odatlar, ishonch va eʼtiqodlarga oid qimmatli maʼlumotlar berilgan.
E.Begmatov va D.Abdurahmonovlar diniy maʼnoli nomlarning bolaga berilish sabablari (Xudoyberdi, Tangriberdi, Xudoyor, Xudoynazar, Ollonazar, Qudratulla), ism berishda amal qilinuvchi totemistik va animistik eʼtiqodlar (Bo‘riboy, Bo‘ritosh, Bo‘riniso, Boybo‘ri, Itolmas), so‘zning (ismning) sehrli kuchiga ishonish bilan bog‘liq qarashlar (Ortiqboy, Oltiboy, Ziyodulla, Nishonboy, Xolboy, Xol- niso, Norboy, Norxol), zooantroponim va fitoantroponimlarning paydo bo‘lish sabablari (Norqo‘zi, Oloqo‘zi, To‘qliboy, Sarkaboy, Qo‘chqor, Takaboy va boshqalar), chaqaloqni bevaqt nobud bo‘lishdan, kasallikdan himoya qilish maqsadida beriladigan ismlarning etnografik asoslari (To‘xta, O‘lmas, Tursun, Temir, Toshboy, Toshtemir va boshqalar) haqida qimmatli mulohazalar bayon qilingan.14 O‘.Nosirov esa “O‘zbek tilidagi kishi nomlari haqida ba’zi mulohazalar” nomli maqolasida o‘rganilgan hududda ism berish udumlari bilan aloqador baʼzi nomlarga keng to‘xtalgan. Masalan, chaqaloq dunyoga kelgach, uning badanidagi belgilarga ishora qiluvchi Qoriq, Qo‘shboy, Qo‘shboq, Qo‘shoq, Oltiboy ismlarining; go‘dakning yuzi, ko‘zi va sochiga xos xususiyatiga ko‘ra qo‘yiluvchi Ko‘kiboy, Sariboy, Qoraboy; agar chaqaloq tug‘ilgandan to yetti kunga qadar ko‘zi ochilmasa, unga Ochil, Ochiloy, Ochilbek, Ochildi kabi nomlar berilishining; baʼzi ismlar chaqaloqning tug‘ilgan vaqtiga ishora qilishi Chorshanboy, Juma, Jumaboy, Payshanba, Bozor, bola biror voqea, tadbir kuni tavallud topsa Haydar (shanba kuni sotish uchun bozorga mol haydashgan - mol haydar kuni) va boshqalar haqida muhim maʼlumotlarni keltirgan. Muallif Barot, Ramazon, Аsad, Rajab, Muharram, Safar ism- lari chaqaloq tugilgan oy; Nizom, Sobir, Bahor, Gulbahor ismlari bola tug‘ilgan mavsum; Bayram, Hayit, Bayramali, Hayitgul, Hayitmurod, Qurbon, Qurbonboy ismlari bayram va marosim kunlari; Mehmon, Mehmonali, Momoxol, Boboqul, Bobonazar, Otabek, Yo‘ldosh, Yo‘lchi nomlari go‘dakning o‘z uyida tug‘ilmaganligi; Qirq, Oltmish, Sakson, To‘qson ismlari chaqaloq dunyoga kelganda otasining yoshi nechada bo‘lgani; Chori, Panji ismlari nom egasining oiladagi nechanchi bola ekani; To‘xta, O‘g‘iloy, O‘ljon, Аdash, Maqsad, Qarshi, Qarshigul kabilar o‘gil yoki qiz ko‘rish orzusi bilan bog‘liqligi; Yodgor ismi chaqaloqning otasiz yoki onasiz qolgani; Suyun, Suyunduq, Quvonchiq, Xursand ismlari ota-onalarning shodligi, emotsional holatini bildirgan.15 Qolaversa, maʼlumki, o‘zbek antroponimiyasining lug‘aviy boyligi ikki katta qatlamga bo‘linadi: o‘z qatlam ismlar va o‘zlashma qatlam ismlar. Bu qatlamlar maxsus tadqiqotlarni talab qilar edi. Mana shuni hisobga olgan holda G.Sattorov 1990 yilda “O‘zbek ismlarining turkiy qatlami” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.Tadqiqotda o‘zbek ismlarining turkiy qatlami ism uchun asos bo‘lgan motivlarga ko‘ra tarixan tasniflangan, so‘ngra o‘zbekcha ismlar ism- bag‘ishlovlar, tavsifiy ismlar, ism-istaklarga ajratilgan holda tavsiflangan.16
Tadqiqotchi S.Rahimov ham 1998 yilda “Xorazm mintaqaviy antroponimiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tadqiqotda baʼzi tarixiy va mifologik ismlarning maʼno va motivatsiyasiga oid fikrlar mavjud. Masalan, Hubbi, Hubbiqul , O‘g‘uz, Qayumar, Jamshid, Zol, Kaykubod, Kaykovus, Rustam va boshqalar. Shuningdek, dissertatsiyada islom dini taʼsirida udum bo‘lgan arabcha, qadimiy yahudiycha ismlarning, turli marosim va urf-odatlar bilan bogliq nomlarning (Navro‘z, Hayitboy, Ro‘ziboy va boshq), yil, oy, hafta nomlariga nisbat berilgan ismlarning asosini hayvon va qushlar nomi tashkil etuvchi nomlarning qo‘yilish sabablari izohlangan. Dissertant Xorazm vohasi aholisi ismlari uchun xos bo‘lgan mintaqaviy ismlar va ism komponentlarini belgilashga muyassar bo‘lgan. Uning yozishicha, xorazmcha ismlar tarkibida niyoz, juma, anna, odina, poshsha, shoh, rajab, ro‘zi, qurvon, quron, hayit, ota, bobo, esh, meng komponentlarining kelishi xarakterlidir.17 Yana bir mashxur tilshunos А.G‘afurovning yirik tadqiqoti “Nom va tarix” deb ataladi va unda turkiy xalqlarda ism qo‘yish odatlariga oid eʼtiborli maʼlumotlar kiritilgan, ismlar tarixi, etimologiyasi, maʼnosi, berilish motivlari jihatidan ilmiy-ommabop uslubda izoh berilgan.А.G‘afurovning yozishicha, o‘tmishda kishilar ismni shaxsning joni bilan bog‘liq deb hisoblashgan. Shu sababli ism orqali shaxsning taqdiri, hayotini belgilash, o‘zgartirish mumkin deb bilishgan.
Avvalo ta’kidlash joizki eng qadimiy o‘zbek ya’ni turkiy ismlari tasvirlovchi ismlar (despiratorlar) bo‘lib ularning tanlanishiga asosiy omil geografik mezon, tug‘ilib o‘sgan manzil, hisoblangan. Ularning yasalishi ham o‘zgacha: appelyativ(ism yasalishga asos bo‘luvchi so‘z)ga –iy affiksi qo‘shilishi orqali shaxsga nom berilgan. Buni ko‘plab bbuyuk mutaffakkirlar ismi orqali namuna keltirish mumkin: al- Buxoriy, az- Zamaxshariy, at-Termiziy, Ho‘qandiy.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek antroponimiyasi rivojining tarixiy motivlari bir qancha lingvistlar tomonidan o‘rganilgan va asosli mulohazalar bilan tahlil etilgan.
Bolaga ism berish qadimiy jarayon bo‘lib, kishilar bu masalaga masʼuliyat bilai yondashganlar. Mana shunday jarayonda maʼlum eʼtiqod, ishonch, tasavvurlar shakllana borgan hamda har bir davr, ijtimoiy tuzum, xalqlararo munosabatlar, ko‘chish jarayonlari ism berishga o‘z taʼsirini o‘tkazgan.O‘zbek tili antroponimiya tizimida ismlar, ularning paydo bo‘lish asoslarini kuzatish ism berishga maʼlum nuqtai nazarlar doimo taʼsir o‘tkaeib kelganini ko‘rsatadi. Bu nuqtai nazarlar turli tarixiy davrlarda maʼlum o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan bo‘lsada, baribir qadimdan qo‘llanib kelayotgan, milliy anʼana tusini olgan asosiy motivlarni tamoman o‘zgartira olmagan. Bu motivlar quyidagilar:
Nominativ, yaʼni shaxsni nomlash, atash talabi.
Milliy etnografik anʼana va udumlar, ishonch, tasavvurlar.
Estetik motivlar. Bolaga chiroyli ism tanlash, yaʼni ismni
go‘zallik jihatidan baholash.
Аxloqiy-tarbiyaviy motivlar, yaʼni bolaga u kelajakda axloqiy jihatdan yetuk,komil inson bo‘lishini istash tushunchasini ifoda etuvchi ism berish.
Diniy motivlar. Ushbu motiv maʼlum tarixiy sharoit tufayli o‘zgarib turgan bo‘lsa-da, uning asosiy mazmuni diniy eʼtiqod motivi bolaga ism tanlashda yetakchi tasavvurlardan biri bo‘lgan. Masalan, turkiy xalqlarning islom diniga o‘tishi uning antroponimiya tizimiga katta taʼsir ko‘rsatgani bunga dalil bo‘la oladi.
Keltirilgan motivlar o‘zbek ismlarining paydo bo‘lishi, ismlar fondining shakllanishi va boyishida asosiy omillik rolini o‘ynagan va hozirga qadar anʼanaviy fond sifatida isteʼmolda bo‘lishini taʼminlagan.
Keltirilgan motivlarning barchasi o‘zbek antroponimiyasi rivojidagi ekstralingvistik (nolingvistik) omillar bo‘lib, buni etnolingvistika, sotsiolingvistika, shuningdek, tarix va madaniyat tarixi sohalari ham o‘rganadi.Ushbu motivlarni diaxron tarzda tahlil qilar ekanman, quyidagicha xulosalarga keldim.
1. Diniy motivga asoslangan ismlar:
Bolaning tug‘ilishi, farzandli bo‘lish Ollohning xohish-irodasiga bog‘lanadi:Tangriberdi, Tangribergan, Olloberdi,Haqberdi, Xudoybergan, O‘g‘onberdi,Egamberdi, Berdirahmat. Bunday ma’noli ismlar oxiri –ulla (Alloh) komponenti bilan tugagan ismlarga tegishli: Baxshulla,Nasibulla, Ne’matulla, Inoyatulla,Rizqulla,Shafqatulla,Tuhfatulla,Atoulla;.
Ism Allohning turli atributlarini anglatuvchi nomlarga –ulla, -bergan, -berdi,
-ato kabi komponentli qo‘shma va so‘z ism sifatida tanlanadi: Azizulla, Ahadulla,Karimulla,Majidulla,Nurulla,Rahmonulla,Samadulla,Fathulla,Xayrulla,KarimberdiXudoybergan, Berdirahmat;

Bolaga Allohning bandasi, quli,xizmatkori degan ma’noni anglatuvchi


ismlar qo‘yiladi. Bunday ismlarni alohida so‘zlardan yoki komponentlaridan birida abdu-, -qul, -g‘ulom ishtirok etgan nomlar tashkil qiladi: Abdurahmon, Abdulaziz, Orziqul;

Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə