Fan: oliy nerv faoliyati mavzu: uyqu jarayoni va uning ahamiyati sps 4-guruh 1-bosqich talabasi mavlanova shohista baxtiyarovna



Yüklə 6,2 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,2 Kb.
#165962
Uyqu va uning ahamiyati

FAN: OLIY NERV FAOLIYATI MAVZU: UYQU JARAYONI VA UNING AHAMIYATI SPS 4-GURUH 1-BOSQICH TALABASI MAVLANOVA SHOHISTA BAXTIYAROVNA

  • REJA:
  • 1 Uyqu va uning ahamiyati.
  • 2 Uyqu xillari.
  • 3 Uyqusizlik haqida tushuncha.
  • Uyquning fiziologik tabiati. Uyqu bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida hosil bo‘ladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning faoliyati pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, harakatlanish, terining issiq-sovuqni, siypalashni, kuchsiz og‘riqni sezish xususiyatlari deyarli yo‘qoladi.
  • Uxlagan odamda oliy nerv faoliyatiga xos bo‘lgan fikrlash, ong, tashqi muhitdagi voqealarni, o‘zgarishlarni sezish, ular to‘g‘risida xulosa qilish qobiliyati deyarli yo‘qoladi. Shartli reflekslar hosil bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasi- ning quyi qismlari, ya’ni orqa miya, uzunchoq, o‘rta, oraliq miya- dagi markazlarning ish faoliyati butunlay yo‘qolmaydi.
  • Ma’lum darajada pasayadi, chunki bu markazlar odamning hayotini ta’minlaydigan organlar (yurak-qon tomir, nafas olish tizimi, buyrak, endokrin sistemasi kabilar) ishini boshqaradi. Shuning uchun uyqu vaqtida bu organlarning ishi pasayadi, xolos.
  • Uyqu xillari. Odamda uyquning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: tabiiy fiziologik uyqu, giðnotik, narkotik uyqu va uyqu kasalliklari.
  • Òabiiy fiziologik uyqu har kungi tundagi normal uyqudir. Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha bo‘ladi. Chaqaloqlarda bir kecha-kunduzda 21—22 soat, 1 yoshli bolada 16—17 soat, 6—7 yoshda 12—13 soat, 13—14 yoshda 9,5— 10 soat, kattalarda — 8 soat.
  • Giðnotik uyqu boshqa odam yoki giðnozchining har xil so‘zlari va harakatlari ta’sirida yuzaga keladi. Bunda giðnozlangan odamning bosh miya yarimsharlarining po‘stloq qismidagi nerv markazlari- ning hammasi emas, balki ma’lum qismi tormozlanadi. Giðnozlash usuli ba’zi ruhiy kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
  • Narkotik uyqu har xil kimyoviy dori moddalari ta’sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
  • Uyqu kasalliklariga oyparast (lunatik), letargiya uyqusi va uyqusizlik kiradi.
  • Oyparast kasalligida odam tungi uyqu vaqtida kechasi o‘rnidan turib uydagi buyumlarni yig‘ishtiradi, o‘rnini o‘zgartiradi, derazani ochadi, hovliga chiqadi, ba’zilari esa devorga chiqadi, hatto ko‘chaga chiqib ketib, yana qaytib kelib o‘rniga yotadi va uyquni davom ettiradi. Ertasi kuni hech narsani eslay olmaydi.
  • Letargiya uyqusi — bu kasallik holati bo‘lib, odamda to‘sat- dan yuzaga keladi. Odam chuqur uyquga ketadi. Uning nafas olishi va yurak urishi sekinlashib, hatto sezilmaydigan darajada bo‘ladi.
  • Uyqusizlik — tungi uyquning buzilishi, ya’ni uzoq vaqt uxlay olmaslik, bevaqt uyg‘onish, tun davomida tez-tez uyg‘onish va nihoyat, tungi uyquning butunlay yo‘qolishi. Buning sabablari: bosh miyaning shikastlanishi oqibatlari, aqliy mehnatdan zo‘ri- qish tufayli sodir bo‘ladigan nevroz kasalligi, nerv sistemasi- ning kimyoviy moddalar (spirtli ichimliklar, nikotin, dori modda- lar va boshqalar) bilan zaharlanishi, o‘ta hayajonlanish, iztirob chekish, uzoq muddat davomida kun tartibining buzilishi kabilar. Uyqusizlikning oldini olish uchun avvalo odam kun tartibiga rioya qilishi kerak.
  • Tush ko‘rish — uyquda sodir bo‘ladigan subyektiv-psixik hodisa. Chuqur uyqu vaqtida bosh miya po‘stloq qismining nerv hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush ko‘rilmaydi. Uyqu yuzaki bo‘lganida bosh miya po‘stlog‘ining ayrim qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi ko‘rish markazining nerv hujayralari to‘liq tormozlanmaydi, ya’ni ularning ba’zilari kuchsiz qo‘z- g‘alish holatida bo‘ladi.
  • Ayrim hollarda odamning tushiga hech qachon ko‘rmagan, eshitmagan, o‘ylamagan hodisalar kiradi. Buning sababi shundaki, odam o‘z hayotida hamma ko‘rgan-kechirgan voqealarni, o‘z istak va intilishlarini eslab qola olmaydi, lekin ular bosh miya hujayralarida iz qoldiradi. Bu izlar uyqu vaqtida tiklanib tushga kiradi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • https://studmate.ru/-uyqu-va-uning-ahamiyati/

Yüklə 6,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə