Falsafa asoslari


Amir Temur va temuriylar davri falsafasi



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/221
tarix17.02.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#100978
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   221
13 Falsafa asoslari

Amir Temur va temuriylar davri falsafasi. 
Insoniyat tarixida 
shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar,
45


o‘zining yolboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa 
bosqichlarida ming yillarda qolga kiritish mumkin bolgan nati- 
jalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga 
shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi, 
jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta 
hissa bolib qo'shiladi.
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo‘g‘ul bos- 
qinchilaridan ozod bolgan xalqimizning milliy dahosi eng yuk­
sak cho‘qqiga ko‘tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning 
sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqil- 
likni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan 
buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan 
davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, 
mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
Mo‘g‘ullar o‘rnatgan mustabid tuzum ning Amir Temur 
dunyoga kelgan davrida yerli aholi o‘rtasida chuqur ijtimoiy va 
m a’naviy uyg‘onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, 
o‘sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq mus- 
tamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun 
kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» de­
gan asosiy savollar atrofida ro‘y berayotgan edi.
Mo‘g‘ullar m amlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo 
qilgan edilar, ammo uni m a’naviy bo‘ysundirish, madaniy jihat­
dan mo‘g‘ullarning ustunligi to‘g‘risida gap ham bo lish i mum­
kin emas edi. Ko‘chmanchilik va shaharlarni g‘orat qilishdan 
boshqasiga yaramaydigan, o‘troq hayotga mensimay qaraydigan 
Chingiz avlodlari ma’naviy va madaniy jihatdan o‘zlaridan us­
tun bo lg an xalqqa nim a ham bera olar edilar? U lar o‘z hukm- 
ronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq ya­
shash mumkin bolgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat 
o‘choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi 
orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o‘tkazib turdilar. 
Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mus­
taqillikka intilishini to‘xtatib qo‘ya olmadilar. A m ir Temur ana 
shu harakatning natijasi, xalqining milliy g‘oyalarini ro‘yobga 
chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o‘sha paytda har-
46


biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan jahonda 
tengi yo‘q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir 
edi. Xalq jahongirga aylanganida o‘zining jahongirini yaratadi. 
Gohida bir jahongir millat boshqasini uyg‘otib yuboradi. Bu esa 
tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to‘g‘ri ke­
ladi.
Ba’zilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga 
aloqasi bormi, deb o‘ylaydi. Aslida Temurning hayoti va faoliyati 
falsafadan iborat emasmi? U falsafiy xulosalar chiqarish uchun 
boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham mazmunliroq 
hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina ovrganish mum- 
kinmi? Aslida, falsafani to‘la-to‘kis kitobga tushirib bo‘lmaydi. 
Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy 
bilimlar sistemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsa­
fasi va falsafa tarixini uyg‘un tarzda yozish orqali nisbatan to‘g‘ri 
ifodalash mumkin. A m ir Temurning hayoti, uning faoliyati, 
temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi ma­
salalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o‘nlab tadqiqotlar uchun 
mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, 
madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, 
o‘zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy su~ 
lolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida 
she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga 
qiziqmagan biror temuriyzoda bolm asa kerak. Tarix shundan 
dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, 
m a’naviyatni yuksaklikka ko‘tarish uchun kurashgan o lkada 
bu sohalarda haqiqiy yuksalish boladi. Siyosiy ta’minlanganlik, 
boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng 
asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o‘rinli emas. Madani- 
yatparvar va millatparvar Am ir Temur va temuriyzodalar o'sha 
davr m a’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni 
to‘la-to‘kis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular 
ruhiga m innatdorlik tuyg‘usi bilan yondashuvi, haligacha o‘z far- 
zandlariga bu sulola vakillari nom larini qo‘ ib yurishi, bugungi 
kunlarda ham o‘sha zamondan tashbehlar izlayotganining sa­
bablaridan biri ham ana shunda.
47


Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir (1336—1405) Kesh (Shahri- 
sabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kel­
di. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u 
mo£g‘ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib, 
0 ‘rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlar- 
ning o‘zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat 
barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini 
ta’minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga 
oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o‘zga mamlakatlar bilan 
must ah kam aloqalar o‘rnatildi.
Am ir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U 
o‘z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodon- 
chiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish 
inshootlari, go‘zal boglar bunyod qilindi, maktab va madrasa- 
lar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go‘zal hududiga 
aylandi.
Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm- 
fan homiysi sifatida mashhur boldi, o‘z saroyiga olimu fuzalo va 
din arboblarini to‘pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xoraz- 
miy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va 
badiiy ijod bilan mashg‘ul boldilar. Bobur Mirzoning xabar beri- 
shicha, o‘sha davrda Samarqand eng go‘zal shahar edi. Ispan 
sayyohi R. G. Klavixo Samarqandning go‘zalligiga qoyil qolgan 
edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. 
Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan alo- 
qalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. 
Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e’tibor 
berildi. Islom dini o‘sha davrda asosiy mafkura bo‘lib, markaz­
lashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan so- 
hasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos 
b o lib xizmat qildi. Temur o‘z faoliyatida unga tayanib ish ko‘rdi.
Temuriylar davrida tasaw u f ta ’limoti keng quloch yoydi. 
Sohibqiron tasaw u f qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni 
yo‘qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat 
va adolat o‘rnatishda, insonparvarlik g‘oyalarini tarqatishda foy- 
dalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to‘g‘ri va sofdil bolish,


zino va fahsh ishlar bilan shug‘ullanmaslik, harom-xarish ishlar- 
dan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtoj- 
larga mehr-shafqat ko‘rsatish kabi g'oyalarni xalqqa singdirish 
uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayx- 
lari bo‘lmish Sayyid Am ir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, 
M ir Sayyid Barakalar Temurning pirlari bolib, sohibqiron ular 
bilan tez-tez muloqot qilib turgan.
Temuriylardan Shohruh, Ulug‘bek, Xusayn Boyqaro, Bo~ 
bur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasaw uf qoidala- 
riga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda 
uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda 
me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Amir Temur 
Ko'ksaroy masjidi, Shoxizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. 
Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug‘bek 
davrida 1417—1420-yillarda Registonda, keyinchalik Buhoroda, 
1432—1433-yillarda Gljduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim 
masjidi, G o‘ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429-yili esa 
Ulug‘bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda 
ham ko‘plab me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga 
masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bolgan Gumbazi sabz, 
Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» 
madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar 
kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb 
nom olgan Kamoliddin Behzod (1456—1535) va shoh Muzaffar 
kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» 
kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa», Sa’diyning «Bo'ston» 
asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va 
boshqalarning rasmini chizgan, xalqning mehnatini, tabiat man- 
zaralarini haqqoniy tasvirlagan.
X IV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning 
ko‘p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, 
tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, 
handasa, tarix, adabiyot, jo‘g‘rofiya, pedagogika, mantiq, fal­
safa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, ba­
diiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda 
o‘sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik
49


g‘oyalari olg‘a surildi. «Gul va Navro‘z» muallifl Lutfiy (1366— 
1465), «Bexro‘z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453—1512), 
«Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira)ning muallifl 
Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayho», «Maxzan ul-as- 
гог» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV—XV 
asrlar), Haydar Xorazmiy hamda Kamol Xo‘jandiy (1402-yilda 
vafot etgan), Hofiz Xorazmiy (XIV—XV asrlar), Ismat Buxoriy 
(1365—1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) 
va boshqalar o‘sha davrda yashab ijod etdilar.
Bu davrda tarix faniga e’tibor kuchaydi, yirik tarixnavislar 
paydo boldi. Temuriylar davrida Abdurazzoq Samarqandiyning 
(1413—1482) «Matlaa as-sa’dayn va majma’ al-baxrayn» («Ikki 
dengizning qo‘shilishi»), Hofizi Abruning (1361—1430) «Zub- 
dat at-tavorix» («Tarixlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning 
(1494-yilda vafot etgan) «Ravzat al-jannat fi avsof madinat», Fos- 
ix Havofiyning (1375—1442) «Mujmali fosixiy», Sharafiddin Ali 
Yazdiyning (1454-yilda vafot etgan) «Zafarnoma»si, Nizomid- 
din Shomiyning (XIV asr XV asrning boshi) «Zafarnoma»si va 
boshqalar mashhur edi.
0 ‘sha zamonning eng m ashhur tarixchilari Mirxond (1433— 
1498) va Xpndamir (1475—1535) edilar. M irxond Xirotda taval- 
lud topib, shu yerda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 
jilddan iborat b o lib , «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai 
hollari haqida poklik boglari» deb ataladi. U olti jildini yozib 
vafot etadi, yettinchisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi. 
Xondamir ham Xirotda tugllib, yoshligidan tarixnavislikka ha- 
vas qo‘yadi. U Agrada vafot etadi. Uning m uhim risolalari «Ma- 
korim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qollanm a» 
va boshqalardir.
X IV-XV asrlarda mantiq, tabiiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falaki- 
yot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi. Mantiq ilmi- 
ning yirik vakillaridan biri Sa’diddin Taftazoniydir (1322—1392). 
U Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishloglda dunyoga keladi. 
Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san’ati va mantiq bilan 
shug‘ullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkis- 
ton, Hirot, Jom, Gljduvon madrasalarida talabalarga dars berdi.
50


Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va 0 ‘rta Sharq mam- 
lakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samar- 
qandga kelib, shu yerda um rining oxirigacha yashadi. Taftazoniy 
40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Taxzib al~ 
mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish») «Mux- 
tasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha ma’nolar»), «Al-ir- 
shod al-xodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo‘1 boshlovchi 
rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» (Falsafa va kalomga oid «Tolibi 
ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o‘tmish olimla- 
rining juda ko‘p asarlariga sharhlar ham bitgan.
0 ‘sha davrning yana bir atoqli allomasi M ir Sayyid Sharif 
Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tug‘ilgan. Jurjoniy Istambul, 
Qohira, Xirot, Sheroz shaharlarida bolib, ulardagi olimlardan 
ilm sirlarini o‘rganadi. 1387-yildan boshlab Samarqand madrasa- 
larida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, munozara ilmi 
va boshqalardan dars beradi. Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning 
muallifi bolib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabi- 
atshunoslikning muhim muammolariga bag‘ishlangan. Olimning 
«At-ta’rifot» («Ta’riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib 
borishning qoidalari haqida risola»), «Suqro» («Kichik dalil b o la
oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil b o la oladigan hukm»), 
«Avsat dar mantiq», («Mantiqda o‘rta xulosa»), «Risolayi vujudi- 
ya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan 
tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chaqminiy va 
Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi m a’lum.
Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va 
mantiqiy qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa b o lib qo'shildi 
va keyingi davrlarda yashagan mutafakkirlarning dunyoqarashiga 
samarali ta’sir ko‘rsatdi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo‘shgan buyuk 
falakiyotchi olim va davlat arbobi M uhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 
(1394—1449) matematika va falakiyot sohasida barkamol ijod qil­
gan. Uning otasi, Am ir Temurning o‘g‘li Shoxruh M irzo edi. 
Ulug‘bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. Unga taniqli olimlar 
qozizoda Rumiy va Glyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U gar- 
chi davlat arbobi b o lsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnaqiga ko‘p
51


kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, 
kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olimning 
dunyoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muhammad Xoraz- 
miy, al-Farg‘oniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning 
asarlari muhim o‘rin egalladi.
Ulug‘bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, 
Ko‘xak tepaligida, Obi Rahmat arig‘ining bo‘yida, rasadxona bar­
po etganligidir. Ushbu rasadxona qurilishi 1424-yilda boshlanib, 
1429-yilda tugallandi. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi 
Ko‘ragoniy» deb ataladi. Undan tashqari, Ulug‘bek matematikaga 
oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga 
bag‘ishlangan «Risolayi Ulug‘bek» va tarixga oid «To‘rt ulus tari­
xi» kitoblarini yozdi. Ulug‘bek mantiq ilmi, fiqhshunoslik, mu- 
siqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» 
ikki qism, muqaddima va 1118 yulduzning o‘rni va holati aniqlab 
berilgan jadvallardan iborat.
Ulug‘bek o‘z atrofiga qobiliyatli olim larni to ‘pladi, o‘zga 
mamlakatlardan iqtidorli allomalarni taklif etdi. Ana shunday 
olim lardan biri G ‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy (1430-yilda va- 
fot etgan) b olib, u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning 
asarlari «Miftox ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» 
(«Doira haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab 
Yevropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana bosh- 
ladilar.
Tarixda Ali qushchi nomi bilan mashhur bo‘lgan Alouddin 
Ali ibn Muhammad Qushchi (1403—1474) Ulug‘bekning shogir- 
didir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi. 
Uning asarlari: «Arifmetika ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», 
«Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir. Ali Qushchi «As­
tronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatla- 
rini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatla- 
rini o‘rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga 
o‘tishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini ilgari surdi.
Umuman shuni ta’kidlash lozimki, Ulug‘bek va u asos sol- 
gan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni o‘rganishda 
muhim rol o‘ynadi, o‘sha vaqtgacha fanga ma’lum bolm agan
52


hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyat- 
larini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali 
ta’sir ko‘rsatdi. Ulug‘bekning astronomiya sohasidagi g'oyalarini 
Yevropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar 
rivojlantirdilar.
Ulug‘bek Islom diniga chuqur e’tiqod qo'ygan, ilohiyot rivojiga 
munosib hissa qo‘shgan, maktab va madrasalar qurishga e ’tibor 
bergan shoh va jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq sho‘rolar 
davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari Islom diniga qarshi qa ra­
ti ldi, hatto uni ateist darajasiga ko‘tarishga urinishlar ham boldi. 
«Ulug‘bek Mirzo, — deb ta’kidlagan edi Alisher Navoiy, ~ do- 
nishmand podshoh edi. Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi». «Temurxon 
naslidin Mirzo Ulug‘bek, Ki dunyo ko‘rmadi podshoh aningdek» 
misralari ham Navoiyga tegishlidir.
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Hirot madaniy va ilmiy 
markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Husayn Boyqaro hukm- 
ronligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz 
berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur 
mutafakkirlar yetishib chiqdi. 0 ‘rta asr mumtoz adabiyotining va~ 
kili, ulug‘ shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiyni (1414—1492) 
Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asar­
lar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-asror», «Musiqa haqida risola», 
«Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yollari 
haqida risola», «Bahoriston» va boshqalardir. Jomiyning eng yirik 
asari «Haft avrang» bolib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul- 
abror», «Yusuf va Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», 
«Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi,
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham Xudo abadiy, 
mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning sababchisidir, Xudo 
mavjud bolganda, borliq yo‘q edi, dunyo o‘zining boshlanglchini 
Ollohdan olgan, demak, Xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, 
deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvar­
lik g‘oyalari bilan chambarchas boglanib ketadi. Mutafakkiming 
ko‘pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g‘oyalari 
tasvirlanadi. Jomiy naqshbandiylik ta’limotiga e ’tiqod qilib, uning 
nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi.
53


Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan siymolardan 
biri, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin M ir Alisher 
Navoiydir (1441—1501). Uning otasi Glyosiddin kichkina Shahri- 
sabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hi- 
rotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472- 
yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi, 
xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p ishlar qildi.
Navoiy ijodi boy bolib, asarlari turli mavzularga baglshlangan. 
«Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va 
Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda 
«Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr», 
«Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon», 
«Muhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bolib, unda jamiyat va 
inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil 
jamoa, ta ’lim-tarbiya haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan. 
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan 
iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o'xshatish va 
ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon 
qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil in­
son g‘oyasi muhim o‘rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu­
lik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa 
go‘zal fazilatlar, m a’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qim­
matli fikrlari, nasihatomuz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka 
erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat 
qilmoqda.
0 ‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlaridan biri Ka- 
moliddin Husayn Voiz Koshifly (taxm.1440/1450 — 1505-yillarda 
yashagan) bolib, 0 ‘rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivo- 
jiga hissa qo‘shgan. Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi, 
keyinchalik Abdurahmon Jomiyning taklifl bilan Xirotga ko‘chib 
keladi. U qolgan umrini Hirotda o‘tkazadi va shu yerda vafot etadi. 
Olimning muhim risolalari «Axloqi muxsiniy» «Futuwatnomayi 
sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotami- 
ya» va boshqalardir. Koshifly katta olim va mudarris bolib yetisha- 
di, butun umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga baglshlaydi. U
54


Navoiy va Jomiy bilan do‘stona aloqada boladi. «Mavlono Husayn 
Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilqa yaqin 
borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor 
voqe’ bolubtur. Oz fan bo‘lg‘aykim, daxli bo‘lmag‘ay. Xususan, 
va’z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mashhur 
ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida.
XV 
asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta 
inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining 
o‘zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o‘zaro nizolar, 
taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bolinib ketishi, 
iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab boldi. Natijada Mova- 
rounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə