Falsafa asoslari


Rim imperiyasi davri va o‘rta asrlarda Yevropa falsafasi



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/221
tarix17.02.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#100978
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   221
13 Falsafa asoslari

Rim imperiyasi davri va o‘rta asrlarda Yevropa falsafasi. 
Yev- 
ropada qadimgi Yunon va Rim davridan o‘rta asrlar falsafasiga- 
cha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha, 
bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo boldi va 
amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 
1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylani- 
shi. 2. 0 ‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustuvor yo'nalishga 
aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm 
va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Gnostiklar.
Bu davr falsafasida o‘z o'rniga ega bolgan gnostit- 
sizm eramizning 150-yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erisha- 
di. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha 
Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiati- 
ning ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan. Bu masalada gnostit- 
sizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga 
harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilsa, xris- 
tianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bolib qolar 
edi va shunday boldi ham. 354-yilda Pompey sobori xristianlikni 
Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim taraf- 
dorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara 
mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma 
vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular Xudo hech mahal mod-


diy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Gnostik- 
lar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda 
monaxchilikning vujudga kelishiga sabab boldi.
Apologetlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga keldi. 
Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish» — de- 
makdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan dush- 
manligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta’qib 
qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat 
qilganlar, o‘z asarlarida mushriklik (ko‘p xudolik) adabiyotlari- 
dan olingan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning 
mumtoz shaklidan foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki 
an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni inkor qilish va tasdiqlash. Ular 
eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar — 
g‘ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. 
Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustin- 
ning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tu- 
lean va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
«Patristika» so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu 
nom bilan odatda G ‘arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida 
ataganlar. Mashhur bolgan cherkov otalaridan biri loan Zlatoust 
(347—407) edi. Uning 640 ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel 
nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qollash 
sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
G ‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Рок» degan unvon- 
ga sazovor bolgan Avreliy Avgustin (354—430) bolib hisoblanadi. 
U faylasuf va islohiyotchi bolgan. Avgustin o‘z hayotini yepis- 
koplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga baglshlaydi. U 100 ga 
yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning 
o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri «Siglnish» 401-yilda 
yozilgan. Bu asarda u o‘zining xristianlikkacha bolgan hayotini 
yozadi. Unda Tavrot oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi. 
U mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni 
xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin 
bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar ham yozgan.
«Sxolastika» so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan 
bolib, «o‘qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl
70


saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabi- 
dagi o'qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni 
o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolast­
lar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga 
moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quwatlashga bolgan 
intilish deb ham baholash mumkin. 0 ‘sha davrda ilohiyotni 
muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtayi 
nazardan tadqiq qilish taqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi 
e’tiqod aqlga muvofiqmi degan savolga javob berish bolgan.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə