|
European Consortium for the certificate of Attainment in Modern Languages
|
tarix | 19.12.2023 | ölçüsü | 182,15 Kb. | | #150895 |
| ECL imtihoni
ECL sertifikati bilan oson VISA oling!
ECL sertifikati o’zi nima European Consortium for the certificate of Attainment in Modern Languages (Zamonaviy tillarda erishilganlik sertifikati uchun Evropa konsorsiumi) Nemis tilini allaqachon egallaganligi haqidagi hujjat Tilni bilishni tasdiqlovchi hujjat, - Bu sertifikat sizning til bilish darajangizni ko’rsatadi ! Sertifikat ALTE (Yevropa til testchilari assotsiatsiyasi) akkreditatsiyasidan o`tgan va viza uchun hujjat topshirish jarayonida elchixona tomonidan qabul qilinadi.
ECL sertifikati haqida 7 ta fakt - Chet tili darajasini tasdiqlovchi xalqaro, ishonchli va standard til sertifikati
- Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida tashkilotlar, universitetlar va til maktablari tomonidan tan olingan
- Imtixonning og`zaki va yozma qismlarini alohida topshirish imkoniyati mavjud
- Imtixon qog`ozlari European Consortium for the Certificate of Attainment in Modern Languages tashkiloti tomonidan har bir ariza topshirgan nomzodning nomiga chop etiladi va pochta orqali jo’natiladi
- Javoblar Yevropaning eng malakali mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. Imtixon jarayoni videokuzatuv ostida shaffos bo’lib o’tadi
- Baholash tizimi mukammal ishlab chiqilgan bo’lib javoblar varaqasi bir-birdan mustaqil va bexabar bo’lgan 2 malakali mutaxassis tomonidan tekshiriladi va o’rtachasi hisoblanib yakuniy ball qo’yiladi.
- Muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlarga ECL til sertifikati yuboriladi
Sertifikat muddatsiz amal qiladi!!!
ECL sertifikatini European Consortium for the certificate of Attainment in Modern Languages (Til Bilish Darajasini Tasdiqlovchi Yevropa Konsortsiumi) tashkiloti tomonidan olinadi.
Yani bu faqatgina ECL imtihonlarini olishga ixtisoslashgan tashkilot
ECL imtixoni to’rtta til darajasi A2, B1, B2, C1 uchun topshiriladi. Bunda nomzodlarning kommunikativ til ko’nikmalari CEFR baholash mezonlari talabiga muvofiq baholanadi:)
Bunda sizni til bilish darajangiz aniqlanadi yani tilning qay darajada bilishingiz belgilanadi
Har bir darajada 4 xil chet tili ko’nikmasi sinovdan o’tkaziladi: - Leseverstehen (O’qib tushunish)
- Schreiben (Yozma nutq)
- Hörverstehen (Tinglab tushunish)
- Sprechen (Og`zaki nutq)
Til bilish darajalari
A2
O`zi haqida gapirganda, kishilar, joylar, narsalar va atrof-muhitni tasvirlashda oddiy til vositalaridan foydalana oladi.
B1
Odatiy turmush tarzini ifodalovchi keng mavzularni va o`zi qiziqqan sohalarni sodda va ravon ifodalay oladi.
B2
Til egasi bilan muayyan va tor mavzularda ham qiyinchiliklarsiz ravon muloqotga kirisha oladi.
C1
Muayyan mavzularni xatolarsiz, so`z qidirmasdan, erkin va osonlik bilan ifodalay oladi.
ECL imtixoni struktura jihatidan ikkiga bo’linadi - Mündliche Kommunikation (Sprechen und Hörverstehen)
- Shriftliche Kommunikation (Leseverstehen und Schreiben).
Siz imtixonni to`liq formatda yoki to`liqsiz formatda topshirishingiz mumkin. - A) Og`zaki to`liqsiz format – Mündliche Kommunikation, bunda faqat Hörverstehen (tinglab tushunish) va Sprechen (og`zaki nutq) dan imtixon topshiriladi.
- B) Yozma to`liqsiz format – Shriftliche Kommunikation, bunda faqat Leseverstehen (o’qib tushunish) va Schreiben (yozma nutq) dan imtixon topshiriladi
- C) Komleks format, bunda barcha to`rttala moduldan ham imtixon topshiriladi
ECL qayerlarga o’tadi Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida tashkilotlar, universitetlar va til maktablari tomonidan tan olingan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar . - Avstriya
- Belgiya
- Bolgariya
- Vengriya
- Germaniya
- Gretsiya
- Gollandiya
- Daniya
- Estoniya
10.Irlandiya
11.Ispaniya
12.Italiya
13.Kipr
14.Latviya
15.Litva
16.Lyuksemburg
17.Maltada
18.Polsha
19.Portugaliya
20.Ruminiya
21.Slovakiya
22.Sloveniya
23.Finlyandiya
24.Frantsiya
25.Xorvatiya
26.Chex Respublikasi
27.Shvetsiya
Dostları ilə paylaş: |
|
|