Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture inson kapitali zamonaviy sivilizatsiya



Yüklə 53,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü53,56 Kb.
#182972
  1   2   3   4   5
document



 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.2 | 
SJIF =
 6.051 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 9, September 2023 ISSN 2181-2888 
Page 14 
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,
PHILOSOPHY AND CULTURE
 
INSON KAPITALI ZAMONAVIY SIVILIZATSIYA 
RIVOJLANISHINING ENG MUHIM SHARTI SIFATIDA 
Muxammedov
 
Maxsud Murodovich
 
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 
Buxoro viloyat kengashi raisi, 
Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi 
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.8320792
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 28
th
August 2023 
Accepted:02
nd
September 2023 
Online: 04
th
September 2023
 
 
Maqolada inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar 
kelgusida katta qiymat hosil qilishi, jamiyatning 
ijtimoiy etnik jarayon sifatida g‘oyasi va jamiyat ijtimoiy 
rivojlanishining turli darajalari – mahalliy, mintaqaviy, 
milliy-davlat, sivilizatsiya va global miqyosda etnik 
jamoalarning millatlararo hamjamiyatning bir qismi 
sifatida o‘zaro bog‘liq rivojlanishi xususida so‘z boradi. 
KEY WORDS 
Inson 
kapitali, 
ijtimoiy, 
iqtisodiy, falsafiy, inson omili
taraqqiyot, 
strategiya, 
madaniyat, 
millat, 
oila,
E.A.Tyugashev, 
R.G.Podolniy, 
Yu.V.Bromley. 
Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va 
boshqalar) qat’i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi tomonidan 
nazorat qilinadi. Alohida shaxsning inson kapitali uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi 
va ko‘nikmalaridan iboratdir. «Insonning qiymati» uning hayoti bosqichlarida ortib boradi, bu 
qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni paytda shaxsiy 
kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini yanada oshirishga shaxsiy 
investitsiyalar kiritishga rag‘batlantiradi. Korxonaning inson kapitalida hozirgi vaqtda savdo 
belgisi, personal va yangi texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi.
Bu kapitalga, shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (litsenziyalar, patentlar, 
mualliflik guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital, 
tarkibiy kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin. Milliy inson kapitali 
ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy intellektual ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va 
millatning tabiiy salohiyatini qamrab oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan 
mamlakat milliy boyligining yarmidan ko‘prog‘ini, jahonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 
70,0-80,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi. O‘rni kelganda inson kapitali nazariyasida ham amaliy, 
ham nazariy darajada qator bahsli masalalar mavjduligini ham ko‘rsatish lozim.
Nazariy yondashuvlarga ko‘ra har bir shaxs inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar 
kelgusida ish haqi ortishi hisobiga qoplanishini to‘g‘ri baholaydi deb hisoblanadi. Ammo 
bunda muayyan ko‘nikma va kasblarga ega bo‘lganda, ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan juda ko‘pgina iqtisodiy va hatto siyosiy omillar hisobga olinmaydi. Ikkinchi 
muammo inson kapitali nazariyasining empirik ahamiyati bilan bog‘liqdir. Ayrim 
tadqiqotchilar ta’lim sohasi kabi inson kapitaliga xarajatlar odamlar ish haqi miqdori 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini isbotlagan. Agar motivatsiya kabi omillar hisobga 



Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə