Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47

 
38 
 
Stsenariy:  ma’ruza  maboynida  talabalarga  Jahonning  antropologik  va  lingvistik 
klassifikatsiyasin  urganish    Bundan  keyin  talabalarga  etarli  ma`lumot  berilgandan  so`ng 
quydagi topshiriq beriladi.  
Topshiriq: Jahon xalqlari klassifikatsiyasi
 mavzusi bwyicha
 internet malumotlari bilan 
tanishish.  
Topshiriq muddati: kelgusi ma’ruza vaqtida  
Baholash:     ball  
6-Ilova  
O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar 
1. Etnografiyada madaniyat tushunchasi. 
2. O’zbek va Qoraqalpog` xalqlarining moddiy  va manaviy madaniyati.  
3. Xalqimiz manaviy madaniyati va uning tariximizdi urganishdagi ahamiyati. 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. Its R.F. Vvedenie v etnografiyu. L., 1974. Izd. vtoroe, 1994 
2. Tokarev S.A. Istoki etnograficheskoy nauki. M. Nauka, 1978 
3. Jabbarov.I. Uzbek xalqi etnografiyasi. T.1996 
4. Jabborov I. Jahon xalqlari etnologiyasi. T. «Yangi asr avlodi», 2005 
 
REJA: 
1. Jahon xalqlarining geografik joylashuvi. 
2. Jahon xalqlarining antropologik, lingvistik, klassifikatsiyasi 
3. Jahon xalqlarining xwjalik – madaniy tiplari, tarixiy etnografik oblastlar. 
Xalqlar-odatda  muayyan  hududda  joylashdilar.  Ammo  tili,  maishiy-madaniy  jihatdan 
yaqinligi bilan ajralib turgan ayrim elatlarning wzaro milliy aralashish jarayoni doimo sodir bwlib 
turgan,  etnik  jihatdan  chegaradosh  xalqlar  orasida  esa  bu  jarayon  ayniqsa,  kuchli  bwlgan.  Hozir 
jahon  aholisi  yoz  sotsial-iqtisodiy  va  siyosiy  tuzumiga  qarab,  turli  tipdagi  etnoslardan  –  millat, 
xalq, qabilaviy birikma yoki ayrim qabilalardan iboratdir. 
Ibtidoiy  jamoat  tuzumi-  emirilib,  dastlabki  tabaqalanish  paydo  bwlishi  bilan  ayrim 
qabilalarning umumiy manfaat asosidagi ittifoqi yoki birikmalari tashkil topadi. Maxsus birikmalar 
qabilalararo jwxalik va madaniy aloqalarni kuchaytirib, ularning aralashib ketishige olib keladi va 
ylgarigi  qavm-qarindoshlik  munosabatlari  wrniga  hududiy  munosabatlarni  yuzaga  keltiradi. 
Shimoliy Amerikadagi irokezlar ligasi. Meksikadagi atsteklar  yoki Janubiy Afrikadagi zulularning 
qabilaviy ittifoqlari bunga misol bwla oladi. 
Keyingi,  sinfiy  jamiyat  paydo  bwlishi  bilan  quldorlik  tuzumi  davri  boshqichida  (qadimgi 
Misr,  Gretsiya,  Rim  va  hokazo)  xalqlar  shakllana  boshlaydi.  Evropada  bu  jarayon  feodalizm 
davrigacha  (ruslar,  polyaklar,  frantsuzlar  va  hokazo)  chwziladi.  Hududiy,  madaniy  va  xwjalik 
birligi,  kelib  chiqishi  va  til  yaqinligi  asosida  turli  qabilalardan  tashkil  topgan  xalqlar  dastlabki 
davrlarda uncha mustahkam bwlmagan elatlardan iborat edi. 
Tovar,  pul  munosabatlarning  rivojlanishi  natijasida  xwjalik  tarqoqligiga  barham  berilib, 
iqtisodiy  va  madaniy  aloqalar  kuchaydi,  millatlar  paydo  bwla  boshladi.  Millatlar  odatda  wz 
iqtisodiy  birligining  barqarorligi,  umumiy  hududiy  va  tilining  birligi,  milliy  xarakter  va 
psixologiyasining umumiy belgilari bilan farq qiladilar. 
Agar  elat  va  xalqlarning  tashkil  topishi  ijtimoiy  xarakterga  ega  bwlsa,  irqlarning  paydo 
bwlishi  biologik  asosga  egadir.  Shuning  uchun  ham  etnoslar  bilan  irqlarning  joylanishi  bir-biriga 
kamdan-kam muvofiq keladi, aslida esa irqlar qit`alarning katta hududlarida joylashib, turli va har 


 
39 
 
xil  tildagi  etnoslarni  wz  ichiga  olishi  mumkin.  Masalan,  Afrikada  yashab  bir  necha  tilda 
swzlashadigan xalq va elatlar negroid irqiga oid bwlsa, Shimoliy Amerikada turli irqlardagi kishilar 
bir tilda swzlashadigan Amerika millatini tashkil qiladi. 
Xullas,  kwp  sonli  jahon  xalqlarini  tartibga  solib,  klassifikatsiyalash  ancha  murakkab 
masaladir.  Ba`zi  olimlar  xalqlarni  bir  vaqtda  ham  irqiy,  ham  til  yaqinligi  asosida 
sistemalashtirishga  intiladilar.  Ular  insaonlarini  uch-besh  irqqa  bwlib,  irqlarni  esa,  til  guruhlariga 
bwladilar.  Bunday  klassifikatsiya  metodologik  jihatdan  xatodir,  chunki  irqiy  belgilar  bilan 
lingvistik xususiyatlarni aralashtirish mutlaqo mumkin emas. Bunga zil holda sovet fanida xalqlarni 
etnosga  xos  belgi  –  madaniyat  va  til  bilan  klassifikatsiya  qilish  qabul  qilingan.  Undan  tashqari 
tarixiylik  printsipiga  asoslangan  marksistik  Etnologiya  xalqlarni  madaniy  yaqinligina  qarab 
«xwjalik-madaniy  tiplar»  yoki  «tarixiy-madaniya  viloyatlar»ga  bwlib  wrganadi.  Ba`zan  etnoslarni 
geografik printsipiga, dinga, tarixiy darajasiga qarab ham farqlaydilar. 
Antropologik  jihatdan  hozirgi  xalqlar  swnggi  ilmiy  klassifikatsiya  asosida  twrt  katta  irqqa 
bwlinadi:  negroid  (afrikan),  yevropoid  (evroosiyo),  mongoloid  (osiyo-amerika)  va  avstraloid 
(okeaniya)  katta  irqlari.  Negroidlarning  soni  wtgan  asr  swngidagi  ma`lumotlari  bwyicha  butun 
dunyoda  250  milliondan  ortiq  (negrlar,  negrilli,  bushmen  va  gottenotlar);  negroid  va  evropoid 
aralashishidan  paydo  bwlgan  352,6  millionli  irqlar  efiop  tipi,  sudanliklar,  mulatlar)  ham  shularga 
kiradi;  eng  katta  evropoid  (evroosiyo)  irqi  1  milliard  793,3  million  kishidan  iborat  bwlib,  unga 
aralash tiplar (metislar, mulatlar) ham kiradi; mongoloid (osiyo-amerika) katta irqiga oid aholi soni 
704  milliondan  ortiq;  aralash  tiplar  672,2  million,  Tinch  okean  mongoloidlari  664  million  kishi, 
Janubiy  osiyo  guruhi  542,4  million  va  yaponlar  tipi  11  million  kishidan  iborat;  avstraloid 
(okeaniya)  katta  irqi  (veddoidlar,  avstraliyaliklar,  aynlar,  melaneziyaliklar  va  papuaslar)  soni  9,4 
million kishini tashkil qiladi. Irqiy tafovut faqat tashqi jismoniy belgilari bilan aniqlanadi. Har bir 
katta irq ichida mayda guruh va tiplar mavjud. 
Etnoslarning  shakllanishida  va  ularni  farqlashda  til  asosiy  rol  wynaydi.  Til  birligiga  qarab 
ayrim  xalq  va  elatlar  aniqlanibgina  qolmay,  kwpincha  til  asosida  nom  ham  beriladi.  Lingvistik 
xarakteristika  tarixiy-qiyosiy  wrganish  orqali  aniqlanadi.  Odatda  kelib  chiqishi  bir  bwlgan 
xalqlardan til yaqinligi bwladi. Shu asosda eng katta til oilalari va guruhlari qwyidagicha bwlinadi: 
hin-evropa  oilasida  1  mlrd.  861  million  kishi  gapiradi,  shulardan  eng  katta  guruhlari  –  germanlar 
(403,9  million),  romanlar  (482  million),  hindiylar  (595,6  million),  slavyanlar  (271  million), 
eroniylar  (65  million)  semit-xamit  (afroosiyo)  oilasida  147,9  million  kishi  semit  xalqlari;  dravid 
oilasi  154,1  million  kishidan  iborat;  Ural  oilasiga  23,4  million,  oltoy  oilasiga  96,9  million,  xitoy-
tibet  oilasiga  864,7  million,  Nigero-kordofa  oilasiga  212,6  million,  avstroneziya  oilasiga  191,3 
million,  avstroosiyo  oilasiga  64,5  million  kishi  kiradi.  Tillar  morfologik  (swz  tuzilishi)  va 
geneologik  (kelib  chiqishi)  yaqinligi  asosida  farqlanadilar.  Geneologik  klassifikatsiya  Etnologiya 
fani  uchun  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  xalqlarning  kelib  chiqishi  (etnogenezi)ni  wrganishda 
katta yordam beradi. 
Jahonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, bir irqdagi Belgiya va Shvetsariya aholisi 
ikki yoki uch tilda swzlashadilar. Bizning mamlakatimizda millati rus bwlmagan aholining yarmida 
kwpi  wz  ona  tilidan  tashqari  rus  tilini  ham  biladi.  Ilgari  mustamlaka  bwlgan  Osiyo  va  Afrika 
mamlakatlarining  deyarli  hammasida  ikki  til  –  mahalliy  va  rasmiy  davlat  tillari  mavjud. 
Hindistonda  rasmiy  hindi  tili  bilan  birga  yuzlab  boshqa  tillar  ham  bor.  Pokistonda  –  urdu, 
Indoneziyada  –  baxsa  –  indoneziya,  Filippinda  –  tagalog,  Afrika  mamlakatlarining  ayrimlarida 
rasmiy ingliz yoki frantsuz tillari bilan bir qatorda mahalliy tillarda ham swzlashiladi. 
Jahonda  faqat  bir  millatdan  tashkil  topgan  davlatlar  juda  kam  chunki  siyosiy  va  etnik 
chegaralar  ham  doimo  twg`ri  kelavermaydi.  Faqat  Evropa  va  Lotin  Amerikasida  davlatlarning 
tashkil  topgan  davri  milliy  shakllanish  davri  bilan  twg`ri  kelganligi  tufayli  muayyan,  yagona 
millatlar  siyosiy  chegara  doirasida  yuzaga  kelgan.  Ammo  bu  kabi  mamlakatlarda  ham  migratsiya 
va  boshqa  turli  sabablarga  kwra  ozmi-kwpmi  boshqa  millat  vakillari  ham  yashaydi.  Masalan, 
Yaponiyada  mayda  millatlardan  aynlar,  kereyslar,  Markaziy  va  Janubiy  Amerikada  ispan  va 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə