Etikaning zamonaviy muammolariga diniy va ilmiy yondashuvlar



Yüklə 33,01 Kb.
səhifə2/2
tarix30.12.2023
ölçüsü33,01 Kb.
#165252
1   2
ETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARIGA DINIY VA ILMIY YONDASHUVLAR

Axloqshunoslik - bu axloq nazariyasi bo’lib, kishilarning axloqiy hayotini o’rganadigan, axloqiy hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U o’z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, funksiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o’rganish bilan shug`ullanadi.
Axloq – barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko`rinishidan iborat bo`lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma`naviy hodisa1.
Axloq jamiyatda turli funksiyalarni bajaradi, ular orasida quyidagilar eng muhimi hisoblanadi.

  • kishilar orasidagi turli munosabatlarni muvofiqlashtirish;

  • kishilar faoliyatining insonparvar qadriyatlari va mo`ljallarini belgilab berish;

  • shaxsni ijtimoiylashtirish.

Ushbu vazifalarni bajarar ekan, axloq zaruriylk, aqlga muvofiqlik va umuminsoniylik namunalarini namoyish etadi.
Bugungi kunda axloqshunoslik falsafiy fan sifatida uch yo`nalishda ish olib boradi, ya`ni u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o`rgatadi. Shunga ko`ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me`yoriy tabiatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Karimov I.A Istiqlol va ma'naviyat-T., "O’zbekiston", 1994.
2.Karimov I.A. O’zbekistonning O’z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T., "O’zbekiston", 1992
3.Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T., "O’zbekiston", 1997.
4Karimov I.A. Ma'naviy yuksalish yo'lida.-T., "O’zbekiston", 1998.
5.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1.1-2.-T., o’zMU nashriyoti, 2000-2001.
6.O’zbekiston Respublikasi. Ensiklopediya. T., "Qomuslar bosh tahririyati", 1997.
7.O’zbekiston tarixi (qisqacha ma'lumotnoma). T., "Sharq", . 2000.
8.Foydalanilgan internet sahifalar:
Ziyo.net
Kitob.uz
Edu.uz


1 Abdulla Sher “Axloqshunoslik” T.: “O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” 2010. 10-bet.

Yüklə 33,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə