Ernest Heminguey ikki suhbat



Yüklə 112,45 Kb.
səhifə2/6
tarix26.10.2023
ölçüsü112,45 Kb.
#132237
1   2   3   4   5   6
Ernest Heminguey

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol
YOSHLAR BILAN SUHBAT
Savol: Mister Heminguey, Siz kitob yozishni qanday qilib o’rgangansiz?
Javob: Men yoshligimdanoq yozuvchi bo’lishni orzu qilardim. Hamma ish yoshlar gazetasiga kichik-kichik xabarlar yozishimdan boshlangani aniq esimda. Ilk mustaqil qadamim ham jurnalistika bilan bog’liq – o’rta maktabni tugatgandan so’ng Kanzas-Sitiga borib, u yerda «Star» gazetasiga xizmatga kirdim. Redaktsiyada oddiy sharhlovchi edim: «Kimni kim otib qo’ydi? Kim nimani o’marib ketdi va aynan qaerda? Qachon? Qanday qilib? Qaerda?» kabi oldi-qochdilar to’g’risida yozardik. Hodisalarning asl sababi («Nima uchun?») haqida esa lom-mim demas edik.Xeminguey
Savol: «Qo’ng’iroq kimni chorlayapti?» kitobingizga taalluqli bo’lgan bir narsani so’ramoqchiman. Ispaniyadagi grajdanlar urushi davrida u yerga borganingizni ko’pchilik biladi. Ayting-chi, Siz u yerda nima ish qilgan edingiz?
Javob: Men Shimoliy Amerika Matbuot birlashmasining muxbiri sifatida safarga chiqqan edim. Biz o’zimiz bilan birga respublikachilar Ispaniyasi uchun bir necha tibbiy yordam mashinalari ham olib borgan edik.
Savol: Kitob yozish niyati odamda qayoqdan paydo bo’ladi? Aytaylik, «Chol va dengiz»ni yozish uchun qachon ish stoliga o’tirgansiz?
Javob: Menga bir baliqchining boshidan kechgan hodisa haqida, qayig’u dengizda nimalar bo’lganidan tortib uning baliq bilan keskin olishganlarigacha oqizmay-tomizmay hikoya qilib berishgan edi. Shundan keyin men o’zim yildan beri yaxshi biladigan baliqchi og’aynimni ko’z oldimga keltirdim-da, o’zimni uning o’rnida, xuddi o’shanday sharoitda tasavvur qilib ko’rdim. Shu, xolos.
Savol: Shaxsiy uslubingizni qanday qilib yaratgansiz? Uslub yaratishdan avval, xaridorlar talabini yoki jamoatchilik ehtiyojini hisobga olganmisiz?
Javob: Men hayot haqiqatini baholi qudrat ro’y-rost aks ettirishga harakat qilsam-da, ba’zan o’zim istagandek to’g’ri yozishga kuchim yetmay qolar edi. Ya’ni, egri-bugri yozib yuborar edim-da, qisqasi. Mening ana o’sha g’adir-budir ifoda yo’sinimga «shaxsiy uslub» yorlig’ini yopishtirishdi. Men yo’l qo’ygan xatoyu g’alizliklarni izlab olish unchalik qiyin emas, lekin, buni qarangki, ular mening «uslubim» emish!

Yüklə 112,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə