Erkin mavzudagi insho Mavzu: O‘zbekistonda turizm sohasining o‘rni Fakultet: Agrobiznes va Logistika Guruh: 20-106 Talaba: Adxamjonov Xayrullo


Asosiy qism. 1. Turizm sohasini ta’limda tutgan o‘rni



Yüklə 29,73 Kb.
səhifə2/4
tarix19.05.2023
ölçüsü29,73 Kb.
#111552
1   2   3   4
Adkhamoff insho

Asosiy qism. 1. Turizm sohasini ta’limda tutgan o‘rni.

Turizm sohasini ta’limda tutgan o‘rni haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, bu borada ta’lim tizimida keng imkoniyat va shart sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Misol tariqasida aytib o‘tishim joizki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida» gi qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida turizmning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash belgilandi. Bu borada turizm sohasidagi oliy o‘quv yurtlari, Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturidagi ixtisoslik fanlar blokida turgan «Turizm asoslari» fani ham muhim ahamiyatga ega sanaladi. Bu sohada ishlovchi yetuk kadrlar tayyorlab berish uchun yurtimizdagi qator Oliy ta’lim muassasalari o‘z hissalarini qo‘shishmoqda ularga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Singapur Menejmentni Rivojlantirish Universiteti, Buxoro, Urganch va Nukus Davlat Universitetlari va O‘rta Osiyoda yagona hisoblanadigan Samarqand viloyatida joylashgan Ipak yo‘li Xalqaro Turizm Universitetini aytishimiz mumkin bu oliy ta’lim muassasalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarga tahsil berib kelmoqdalar:
«Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)», «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish», «Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)», «Turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi», «Marketing (turizm)», «Menejment (turizm)», «Turizm marketingi», «Turizm menejmenti», «Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish», «Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi)».

  1. O‘zbekistonning turistik mamlakatlar orasidagi o‘rni va yutuqlari.

«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir»3. Shunday ekan yurtimizda bu soha rivojlana boshlagandan buyon ancha muncha islohotlar va keng ko‘lamdagi amaliy ishlanmalar sodir bo‘ldi, shu o‘rinda aytib o‘tishim joizki 2016-2017- yillarda boshlangan islohotlar natijasida O‘zbekiston turizm sohasida sezilarli o‘sishiga erishmoqda. Xalqaro sayyohlar soni 2016-yildagi 2,0 milliondan 2019-yilda 6,7 milliongacha ko‘paydi. BMT huzuridagi Jahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2019-yilda eng yaxshi rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishiga ega mamlakatlar beshligiga kirdi, shuningdek, «The Guardian» nashri tomonidan dunyoning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb tan olindi. Shu o‘rinda 2016-yilda O‘zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. Turizm sohasidagi o‘zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta’minlay oldi va aholini o‘z o‘zini ish bilan ta’minlash va xususiy mehmonxonalar tashkil etib daromadni oshirish uchun yangidan yangi imkoniyatlar yaratib berdi. Tahlilar natijasida 2016-2019- yillar oralig‘ida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlarning sonida sezilarli o‘sish kuzatildi. Solishtirish uchun, 2016-yilda mamlakatga 2 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan bo‘lsa, 2019-yilda ularning soni 3,3 barobarga ko‘payib, 6,7 millionga yetdi. Shu bilan bir qatorda ichki turizm ko‘rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd etildi. 2016-yil bilan solishtirganda 2019-yilda mahalliy sayyohlarning soni deyarli 2 barobarga ko‘payib, 14,7 millionga yetdi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki yurtimiz aholisida ham ichki turizmga bo‘lgan qiziqishlari yildan yilga ortmoqda. Afsuski yurtimizda turizm sohasida yangi bosqichga ildam qadam tashlayotgan chog‘imizda koronavirus pandemiyasi butun dunyo miqyosida keng tarqaldi va barcha sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, shu jumladan turizm sohasini ham rivojlanishdan to‘xtatib qo‘ydi. Pandemiyaning turizmga ta’siri:
Jahon turizm va sayyohlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda turizm va sayyohlik sohasining jahon yalpi ichki mahsulotiga bevosita va bilvosita qo‘shgan hissasi 8,9 trillion (jahon YaIMning 10,9 foizi) dollarga teng bo‘lgan.Ta’kidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi fonida joriy etilgan cheklovlar va ularning natijasida yuzaga kelgan global inqiroz oqibatlari tufayli turizm sohasi katta talofatlarga yuz tutdi. Xususan, 2020-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarning soni 96 foizga kamayib, 1,5 mln nafarga tushib ketdi. Ko‘rsatilgan sayyohlik xizmatlarining hajmi esa 261 mln dollarni tashkil etdi. Xususan, pandemiyaning boshlanish nuqtasi 2019-yilda ko‘rsatilgan turistik xizmatlarning umumiy hajmi 1,5 mlrd dollardan oshgan bo‘lsa, eksport ko‘rsatkichlari 1,3 milliardga yetib, umumiy xizmatlar eksportining 38,2 foizini tashkil etdi. Pandemiya davrida turistlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2020 yildagi №4755-sonli Qarori bilan Xavfsiz turizm jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 20 milliard so‘m miqdordagi dastlabki to‘lov ajratildi4. Umid qilamizki pandemiya davri o‘tkandan so‘ng turizm sohamiz jadal suratda o‘sib o‘zining avvalgi holatiga qaytadi va undanda ortiqroq yutuqlarga erishib jahon miqyosida yuqori pog‘onalarni egallaydi!.


  1. Yüklə 29,73 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə