Erkin mavzudagi insho Mavzu: O‘zbekistonda turizm sohasining o‘rni Fakultet: Agrobiznes va Logistika Guruh: 20-106 Talaba: Adxamjonov Xayrullo


Xulosa. Yurtimizda turizm sohasinig kelajakdagi rivoji uchun



Yüklə 29,73 Kb.
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü29,73 Kb.
#111552
1   2   3   4
Adkhamoff insho

Xulosa. Yurtimizda turizm sohasinig kelajakdagi rivoji uchun

qilinayotgan sayi harakatlar.
Hozirgi kunda turizmni rivojlantirish maqsadida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda misol tariqasida quyidagilarni keltirib o‘tishni joiz deb bilaman. O‘zbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Mazkur farmonga binoan, mamlakatda shu yilning 1-fevralidan e’tiboran 45 davlat fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi. Shu bilan birga, 76 davlat fuqarolari uchun viza rejimi soddalashtiriladi. Turizmni Rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Tashqi Ishlar Vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yilning 1-fevralidan elektron kirish vizasi oluvchi mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirish, 15-martdan esa 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimini joriy qilish, shuningdek alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasini yo‘lga qo‘yishga oid takliflari qabul qilindi va eng asosiysi 106 mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonda turar-joy sotib olish huquqi taqdim etiladi. Buning uchun ushbu davlatlar fuqarolari O‘zbekiston hududlaridan muayyan summadagi ko‘chmas mulk inshoatlarini xarid qilishlari kerak bo‘ladi5. Bundan tashqari ichki va tashqi sayyohlarni jalb qilish maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan Bildirsoy dam olish maskanida retro avtomobillar kolleksiyasi tashkil etila boshlandi, bu o‘z o‘rnida odamlarda qiziqish uyg‘otadi va dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar sonining ortishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Shu o‘rinda Toshkent viloyatida joylashgan yana bir manzilni eslatib o‘tishim joiz, u yerga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilayotgan qulaylik va sharoitlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni joiz deb bilaman, bu joy O‘zbekistondagi eng diqqatga sazovar maskanlardan biri bo‘lmish Chimyon chang‘i kuro‘rti bu yerda qariyb 2 ming kishiga mo‘ljallangan va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mehmonxona tog‘ yon bag‘rida qad rostlamoqda bu esa o‘z o‘rnida tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik demakdir, chunki qishgi mavsumda tashrif buyuruvchilar sonining keskin ortishi turar joy muammolarini kelib chiqarar edi bu esa ba’zan narxlarning suniy oshishiga sabab bo‘lar edi. Bu mehmonxona qurilib foydalanishga topshirilsa bunday muammolar bartaraf ediladi va tashrif buyuruvchilar soninig ortishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid qilamiz. Yurtimizning ko‘plab viloyat va tumanlarida turistlarni jalb etish uchun turli xil o‘zgarish va islohotlar qilinmoqda bunday misollardan yana ko‘plab keltirishimiz mumkin ammo faqatgina bitta va eng asosiysi haqida biroz to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bu agroturizm sohasi bo‘lib yutimizda yangi soha hisoblanadi biroq chet el andozalari asosida qishloqlardagi fermer xo‘jaliklarda bu sohani targ‘ib qilish asnosida ko‘plab yutuq va daromadlarga erishish mumkin, buning uchun bizga malakali kadrlar ko‘magi kerak bo‘ladi. Bu masalani hal etish maqsadida Toshkent Davlat Agrar Universiteti va universitet filiallarida turizm (agroturizm) yo‘nalishlari tashkil etildi va talabalarga o‘z mutaxasisslik fanlari o‘qitilmoqda va talabalarning bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida universitet tomonidan chet elga shartnoma asosida malaka oshirish kurslariga yo‘llanmalar berilmoqda. Bularning barchasi mana shu soha bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlashga qaratilgan chunki agroturizm sohasi istiqbolli sohalar sirasiga kiradi. Bunday yaratilayotgan imkoniyatlar va yangiliklar yurtimizda turizm va agroturizm sohalarini kelajakdagi ravnaqi uchun katta hissa qo‘shadi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz joizki, yurtimizda turizm sohasini tashkil etish va rivojlantirish imkoniatlari nihoyatda keng bo‘lib, tabiatimiz, geografik joylashuvimiz va tarixiy madaniy meroslarimiz bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mustaqillika erishganimizdan so‘ng bu so‘z o‘z isbotini topdi. Mustaqillikdan so‘ng turizmni rivojlantirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi va yurtimizdagi tarixiy madaniy meroslarimiz qaytadan rekanstruksiya qilinib va BMTning YUNESKO tashkiloti tomonidan muhofaza qilina boshlandi. Turizm sohasi ta’lim sohasidayam keng tadbiq etila boshlandi. Oliy ta’lim muassasalarida turizm yo‘nalishlari tashkil etildi va kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Yurtimizda turistlarni jalb etish uchun keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda bularga chet el fuqorolarini yurtimizga tashrif buyurishlari uchun viza masalasini soddalashtirilganini yoki yurtimizga tashrif buyurgan sayyohning kelgan kunidan boshlab 30 kungacha vizasiz sayohat qilishlari va eng asosiy qismi chet el fuqorolari yurtimizdan ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega bo‘lganliklarini yaqqol misol qilib keltirishimiz mumkin. Shu o‘rinda mamlakatimizda yangi sohalardan biri bo‘lmish agroturizm sohasini rivojlantirish chora tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda, bu borada barcha muammo va to‘siqlarni bartaraf etib bu istiqbolli sohani jadal rivojlantirib va kelajakda katta katta yutuqlarga erishib dunyo miqyosida yuqori pog‘onalarni zabt etish tashabbusi ilgari surilmoqda. Bizning tirishqoq xalqimiz oldiga qo‘ygan manashunda maqsadlariga albatta erishadilar va turizm, agroturizm sohasi bo‘yicha dunyo etirof etgan mamlakatlardan biriga aylanadi!.

Yüklə 29,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə