Epidemiya va pandemiya olib kelayotgan inson viruslar, ularning tarqalishi, profilaktikasi va qarshi kurashish choralari



Yüklə 0,51 Mb.
tarix19.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#106412
EPIDEMIYA VA PANDEMIYA OLIB KELAYOTGAN INSON VIRUSLAR, ULARNING TARQALISHI, PROFILAKTIKASI VA QARSHI KURASHISH CHORALARI

EPIDEMIYA VA PANDEMIYA OLIB KELAYOTGAN INSON VIRUSLAR, ULARNING TARQALISHI, PROFILAKTIKASI VA QARSHI KURASHISH CHORALARI


Epidemiya (epi... va yun. yeto — xalq) — infeksion kasalliklarning maʼlum hududda odatdagidan koʻp tarqalishi. Endemiya epidemiyasi va pandemiya epidemiyasi farqlanadi. Infeksiya manbai (kasallik qoʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan odam yoki hayvon), qoʻzgʻatuvchining yuqish sabablari, shuningdek, organizmning mazkur kasallikka beriluvchanligi uzoq vaqt saqlanganda epidemiya vujudga keladi va davom etadi.
Bunda tez kasallik oʻchogʻini topib, atrofidagi aholining xavfsizligini taʼminlash, kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarning bemorlardan sogʻlom odamlarga oʻtish yoʻllarini bartaraf etish (masalan, oʻlat epidemiyasida kemiruvchilarni yoʻqotish, bemorlarni ajratib qoʻyish) va kasallikka beriluvchan kishilarni emlash choralari koʻriladi. Bunda, albatta, dezinfeksiya, desinseksiya, bemorlarni alohidalash kabi tadbirlar ahamiyatlidir.

COVID-19 pandemiyasi — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi. Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.

  • COVID-19 pandemiyasi — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi. Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.

COVID-19 pandemiyasi
Koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan mutaxassislari xastalikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi taxminni rad etdi.
Tadqiqot jarayoni uchun asos boʻlib xizmat qilgan maʼlumotlar esa xitoylik hamda xorijlik olimlarning birgalikdagi izlanishlari natijasida toʻplangan.
Yakuniy xulosalar eʼlon qilinishining kechikishiga esa ekspertlar oʻrtasidagi taxminiy kelishmovchiliklar sabab emasligi qayd etilgan
Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi.
Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi.
Ayrim Viruslar (masalan, gripp viruslar) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi.
Kasallik holatini qoʻzgʻatish xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi viruslarning oʻziga xos xususiyatidir.
Viruslarning koʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab viruslar molekulalari yigʻindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi.
Masalan, bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab viruslar vujudga keladi.
Viruslar qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin.
Viruslar tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan.
Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil qobiq bilan oʻralgan.
Bir necha tur Viruslarning kimyoviy tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar Viruslarning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab.
Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə