Energetika va konchilik ishi



Yüklə 156,16 Kb.
səhifə3/5
tarix13.05.2023
ölçüsü156,16 Kb.
#110114
1   2   3   4   5
shoxrux

KON-TEXNIK QISM.

3.1.Foydali qazilma konlarini qazib olish usullari va texnologiyasi.


Karerlarning chuqurligi oshib borishi borasida foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish ishlarini yangi usullarini ishlab chiqish talab etiladi. Bunda tog‘ jinslarini kon-geologik xususiyatlarini hisobga olgan holda,kon ishlarining texnika va texnologiyalarini takomillashtirish va mineral xom ashyo taminoti hamda ishlab chiqarishni bozor mexanizmiga ta’siri hisobga olinadi.[5-7]. Hozirgi vaqtda rangli va qora metallar qazib olinayotgan bir qator karerlari 300 m,kon-kimyo xom ashyosi karerlari 100,ko‘mir razrezlari 440 metrgacha chuqurlashib borgan.Temir rudalari qazib olinuvchi karerlar 330÷650 m, rangli metal rudalari 290-600, kon-kimyo xom ashyosi 100÷150,ko‘mir razrezlari 300-450, qurilish materiallari kabi karerlarining loyihaviy chuqurligi 320÷680 metrgacha yetishi ko‘zda tutilgan. Keyingi 40 yilda karerlar 60÷80 dan 250÷-300 metrgacha chuqurlashishi kuzatilgan. Bugungi kunda karerlar nafaqat texnologik yoki geometrik parametrlariga, balki boshqa bir sabablarga ko‘ra yangi kon-transport ishlari texnologiyasini qo‘lanilishini taqozo etadi. Bu masalada bizning Respublikamizda davomli ravishda chuqurlashib borayotgan Muruntau va Qalmoqir karerlarini misol qilib olishimiz mumkin.Ularning asosiy parametrlari quyidagi jadvalda keltirilgan


1.1jadval
Muruntau va Qalmoqir karerlarini asosiy parametrlari

Karerlarning
nomi

Loyihaviy chuqurlik, m

Plandagi o‘lchami, km

Pog‘ona balandligi, m

Yonbag‘irning qiyalik burchagi, grad.

Muruntau

675

3,2 x 2,5

10-15

26-32

Kalmakыr

660

4,0 x 2,5

15-22,5

32-38

Chuqur gorizontlardagi tog‘ jinslari massivi har xil qalinlikdagi murakkab geologik tekisturali tog‘ jinslaridan tashkil topgan,shuning uchun ularning fizik-mexanik xususiyatlari,struktura va gidrogelogiyasi sezilarli tarzda portlash energiyasining maydalash darajasini belgilab beradi.Kon-geologik sharoitlarining o‘zgarshi foydali qazilma zaxiralarini kamayishi va foydali komponentlar miqdorini pasayib ketishi kuzatiladi.Ko‘plab boshqa foydali qazilma konlari uchun foydali komponent miqdori ruda tanasi qatlamining yotish chuqurligiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.Jumladan rangli metal va temir rudali konlar shular sirasiga kiradi. Bir qator konlar chuqurlashib borishi bilan qatlam qalinligi,strukturasi va yotish burchagi o‘zgarib boradi,shuningdek yer osti suvlarining ta’siri natijasida karer borti va pog‘onalar shaklini o‘zgarishi yoki asosiy kon ishlari jarayonlari- skvajinalarni burg‘ilash, tog‘ jinslarini portlatish,qazish,yuklash va tashish kabi ishlarni olib borilishiga qiyinchilik tug‘diradi.


Statistik tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki,ko‘pchilik chuqur karerlarda ishchi zonasining rivojlanishi quyidagicha: ish maydoni eni har 50 metrda 7-13 metrga kamayishi;qazish chuqurligi ortib borishi;qazib olingan zaxiralar miqdorining 0,4-1,0 oygacha pasayishi; ish fronti cho‘ziqligining qisqarishi kuzatiladi. [6]. Demak,karerlarning 250-350 m chuqurligida ish frontining eni 25-40 metrdan iborat bo‘ladi,bu esa ish maydoning normativ ulushini 30-40 % ga pasaytiradi.Buning natijasida portlovchi skvajinalar sonini 2-3 marta ,shuningdek portlovchi bloklar hajmini kamayishiga o‘z navbatida tog‘ jinslarining parchalanish darajasi va kon-transport uskunalarining ish unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Karer chuqurligi ortib borishi natijasida tog‘ jinslarining mustahkamligi va bloklilik xususiyatlarining o‘zgarishi, PM sarfining ko‘payishiga olib keladi va karer ish unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Burg‘ilash portlatish ishlari parametrlarining maqbul variantini tanlash tog‘ jinslarini mustahkamlik va bloklilik xususiyatlari ortishini maksimal darajada pasayishini ta’minlaydi,buning natijasida kon massasini tashish va ag‘darmaga joylashtirish ishlariga qulaylik yaratiladi.Bu o‘z navbatida chuqur karerlarda kon massasini qazib olish tannarhini oshishiga BPI hissasini ortishiga olib keladi.
Chuqur karerlarning revojlanishi, ularning chegaralari kengayishi va vaqtincha ish olib borilmaydigan bortlardagi ishlarning yangilanishi,shuningdek ruda tanasi maydonlari aktivligi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish quvvati pasayiga yo‘l qo‘ymaslik kabi omillar bilan xarakterlanadi.Ushbu ishlarning samaradorligi o‘rganilayotgan pog‘onalar balandligini oshirish hisobiga amalga oshiriladi.
Haqiqatdan ham «Tabazimbi» (JAR) karerida ruda qazib olish pog‘onalarining balandligi 31 m, «Vinterberg» (GFR) firmasining qattiq ohaktosh karerida balandligi 60 metrli ikkita pog‘onalarda, «Nyu-Djersi» (AQSh) granit karerida diabaz qazib olish balandligi 55÷58 metr bo‘lgan pog‘onalarda, «Xoffman» (Avstraliya) ohaktosh karerida pog‘ona 100 metrdan iborat. Bunda ochiq kon ishlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari ortib boradi. Pog‘ona balandligini oshirish bilan:burg‘ilash hajmining qisqarishiga, tog‘ jinslari massivida portlash davomiyligini oshirish bilan bir qatorda maydalanish sifatini yaxshilash va buzilayotgan massivda portlovchi moddalarning bir tekisda taqsimlanishiga erishiladi.
Kon-texnik va kon-geologik sharoitlari yomonlashishi ta’sirida uskunalarning ish unumdorligi pasayishi qaysidir ma’noda texnik taraqqiyot bilan qoplanadi. Bu birinchi navbatda burg‘ilash va qazish-yuklash uskunalariga ta’lluqli hisoblanadi. Muruntau chuqur karerida bu msalaning yechimi sifatida avtomobil transporti qisman konveyer transportiga almashtirilgan. Ruda va kon massasini tashish doimiy maydalash uskunasi bilan birga siklli-davriy tashish texnologiyasi (SPT) yordamida amalga oshiriladi.Ushbu texnologiyaning samaradorligi shundan iboratki,ekskavator-avtomobil kompleksning ish unumdorligini oshishi va tashish tannarxini pasayishi bilan baholanadi. Qalmoqir karerida ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi natijasida mis rudasini qazib olish yiliga 10 mln.t tashkil qiladi. Shuning uchun karer chuqurligi ortgan sari O‘ta qiya konveyer (KNK) qo‘lanilgan siklli-davriy tashish texnologiyasi (SPT) dan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Yüklə 156,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə