Еndokrin kasalliklar. Reja


Giperglikemik (Diabetik) koma



Yüklə 24,25 Kb.
səhifə2/5
tarix08.05.2023
ölçüsü24,25 Kb.
#108988
1   2   3   4   5
ЕNDOKRIN KASALLIKLAR.

Giperglikemik (Diabetik) koma. Organizmda insulin gormonining yetishishmasligi avj olishi va qonda qand miqdori ko`payib ketishi tufayli vujudga keladigan og`ir, hayot uchun xavfli kasallik holati.
Belgilari. Ko‘ngil aynishi, ko‘p qusish, atrofga befarqlik, nafas olish qiyinlashishi, og‘zidan atseton hidi kelishi (chirigan olma hidi), kuchli chanqash, hushi kirarli chiqarli, savollarga aniq javob beraolmasligi yoki javob bermaydi. Teri, lablar quruq, til to‘q qizil rangda, nafas olish shovqinli, tezlashgan, qon bosimi va tana harorati pasaygan.Qonda qand miqdori ko`payadi (normada-3,3-5,5 mmol/l).
Tibbiy yordam. 1.Bemor issiq to‘shakka yotqiziladi.Tez yordam chaqiriladi va bemor endokrinologiya shifoxonasiga yuboriladi.
2. Tez yordam kelgunicha kofein (kordiamin) 1 ml teri ostiga.
3. Tez-tez mineral suv ichiriladi.
Gipoglikemik koma - qonda qand miqdorining birdaniga kamayishi natijasida yuzaga keladigan og`ir holat.
Sababi. Qandli diabetda insulin va boshqa qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar dozasining meyoridan ortiq qo‘llanishi tufayli yuzaga keladigan og`ir kasallik holati.
Belgilari: To‘satdan bosh og`rishi, ochlik hissi, terlash, terining oqarishi, yurak va tomir urishi tezlashuvi, qaltirash, ko‘rish qobiliyatini pasayishi, mushaklar trishishi, chuqur shovqinli to‘xtab-to‘xtab nafas olish, qonda qand miqdorining kamayishi, ya’ni 2,8 mmol/l dan pasayishi (normada 3,3-5,5 mmol/l).


Tibbiy yordam. 1.Bemor issiq to‘shakka yotqiziladi.
2. Tez yordam chaqirilib endokrinologiya shifoxonasiga yuboriladi.
3.Tez yordam kelgunicha quyidagi muolajalar o‘tqaziladi:
- bir piyola shakarli choy va bulochka (oq non) bemorga beriladi;
- iloji bo`lsa, glyukoza 40% -40 ml vena tomiriga.
Toksik bo‘qoq (Bazedov kasalligi)–qalqonsimon bez hajmining kattalashuvi va bez faoliyatining me`yoridan kuchayishi bilan kechadigan kasallik.
Sababi. Uzoq muddat davomida tez-tez asabiylashish, angina, gripp, ensefalit, tif kabi kasalliklarning asorati.Organizmga yod yetishmasligi.
Belgilari. Qalqonsimon bez hajmining kattalashuvi, ko‘z chaqchayishi, psixik qo`zg`aluvchanlikni kuchayishi, tez jahl chiqishi, yurakni tez urishi, qon bosimining oshishi, ko‘p terlash, qo‘l barmoqlarining qaltirashi, oriqlash, ish qobiliyatining pasayishi. Bemorning qo`li (kafti) ko`p terlagani uchun doim nam bo`lib turadi.
Tibbiy yordam. Bemor endokrinologiya shifoxonasida davolanadi. Qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilash uchun qo`llanadigan dorilar:
1.Merkazolil- 0,02 - 1 tabletka kuniga 2 mahal;
2.Metiltiouratsil – 0,25 - 1 tabletka kuniga 2 mahal;
3.Lyugolning suvli eritmasi 5-10 tomchidan kuniga 2 mahal;
4.Diyodtirozin 0,05 - 1 tabletka 2 mahal.
Yurak-tomir faoliyatini yaxshilash uchun: lantozid-10-20 tomchidan kuniga 2-3 mahal, izolanid 1tabletka kuniga 2 mahal, digoksin yoki digitoksin ½ -1 tab. kuniga 2 mahal (bittasi), og`ir hollarda -strofantin yoki korglikon-0,4-1ml, glyukoza-40 %-10 ml (yoki 0,9 %-20 ml natriy xlor bilan) vena tomiriga sekinlik bilan yuboriladi.
Tinchlantiruvchi dorilar: valeriana tab. (tomchi holida), novopassit (biopassit) 1 osh qoshiq 2-3 mahal ichishga, amiltriptilin 1 tab. yoki 2 ml muskul orasiga uyqu oldidan.
Kasallik ogir kechganida davolashning jarrohlik usuli qo‘llanadi.

Yüklə 24,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə