Ellin davlatlari Reja Ellinizmning mohiyati Ellin Misri Salavkiylar davlati



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə4/7
tarix31.03.2022
ölçüsü79,5 Kb.
#84905
1   2   3   4   5   6   7
Ellin davlatlari Reja Ellinizmning mohiyati Ellin Misri Salavkiy

4. Makedoniya

Ptolemeylar Misri Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlaridan so’ng Makedoniya tushkunlik holatida edi. Aholini katta qismi Iskandar yurishlari davrida sharqqa ko’chgan edi. Antigonidlar olib borgan doimiy urushlar shimoldagi varvar qabilalarini xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi. Antigonidlar xo’jalik hayotini qayta tiklash, aholini ko’paytirishga e’tibor berishga majbur bo’ldilar. Shu sababli yangi shaharlar qurilib, eskilari qayta tiklandi, bo’sh yotgan yerlarga aholi ko’chirildi, konlar qazildi. Kemasozlik rivojlandi, qurilish yog’ochlari bilan qizg’in savdo qilindi.

Iqtisodiyotni asosini erkin dehqon mehnati yetakchi bo’lgan qishloq xo’jaligi tashkil etar edi. Podshoga faqat o’rmon va qazilma boyliklar tegishli edi. Ellin Makedoniyasiga podsho hokimiyati ba’zi bir eski belgilarini meros qilib oldi: qo’shin yig’ini avvalgidek podshoni taxtga chiqish vaqtidagi o’z ahamiyatini saqlab qoldi, u oliy sudya rolida chiqar edi.

Makedoniyadagi beqaror vaziyat Iskandar vafotidan keyin qariyb ellik yil davom etdi. Er. avv. 276-yilda Kassandrning nevarasi, galat (kelt)lar hujumini ikki marta qaytargan. Yunonistondagi vaziyatni barqaror qilgan Antigon 276-yilda taxtga chiqdi. Antigon va uning avlodlari Makedoniyani Rim bosib olgunga (er. avv. 168-yilgacha) qadar boshqardilar. Antigonidlar uchun Yunonistonni bo’ysundirib turish juda qiyin siyosiy muammo edi.

Bu davrda manfaatlari bir-biriga zid bo’lgan yunon polislari turli ittifoqlarga birlashib, urush olib borar edilar. Makedoniya ham bir necha yunon polialri kirgan Ellin ittifoqiga boshchilik qildi va yunon shaharlari ichki ishlariga faol aralashdi.

Rim va Ptolemeylar yunon polislarini Makedoniyaga qarshi chiqishlarini qo’llab-quvvatladilar. ikkinchi puni urushlari vaqtida Makedoniya Gannibal bilan ittifoq tuzdi. Bunga qarshi Rim Perga va Peloponnesning bir necha polislarini Makedoniyaga qarshi chiqishga undadi. Natijada er. avv. 215-206-yillar birinchi makedon urushi yuz berdi. Karfagenni Gannibal ustidan g’alabasi Makedoniya podshosi Filipp V ni Italiyaga yurish xavfini yo’q qildi.

G’ayratli podsho Filipp V Salavkiylar bilan ittifoq bo’lib zaiflashgan Ptolemeylarni Kichik Osiyo va Egey mulklarini bosib oldi. Italiya, Pergam va Rodos bunga qarshi chiqib Rimdan yordam so’radilar. Natijada ikkinchi makedon urushi (er. avv. 200-197 yillar) boshlandi. Fessaliyadagi er. avv. 197-yildagi hal qiluvchi jangda Makedoniya yengildi. U Yunoniston va Kichik Osiyodagi barcha mulklaridan ajraldi.

Filipp V ning o’g’li Persey (er. avv. 179-168 yillar) makedoniyani avvalgi qudratini qayta tiklashga urindi. Ammo Rim bilan urushda (uchinchi makedon urushi er. avv. 171-168 yillar) Pidna yonidagi jangda yengildi. Makedoniya hududi g’oliblar o’rtasida to’rt okrugga bo’lindi. Er. avv. 148-yilda Andriskni Rimga qarshi qo’zg’olonidan so’ng Makedoniya Rim provinsiyasiga aylantirildi.



Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə