Ellin davlatlari Reja Ellinizmning mohiyati Ellin Misri Salavkiylar davlati



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə2/7
tarix31.03.2022
ölçüsü79,5 Kb.
#84905
1   2   3   4   5   6   7
Ellin davlatlari Reja Ellinizmning mohiyati Ellin Misri Salavkiy

2. Ellin Misri

Boshqa sharqdagi ellin davlatlari kabi Ptolemeylar podsholigi ham bir necha ming yillik madaniyat va qadimiy an’analar rivojlangan qadimgi sharq mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida paydo bo’ldi. Ptolemeylar davlati ellin davlatlari ichida eng boyi va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 yil davomida faol harakat qilib Misrni haqiqiy imperiyaga aylantirdilar. Uning yadrosini Misrning an’anaviy tarixiy chegaralari tashkil qildi. Ellin Misrining sharqiy chegaralari Ptolemey hukmdorlarning tashqi siyosati yutuqlari va mag’lubiyatlari bilan o’zgarib turdi. Er. avv. III asr boshlarida Ptolemeylar Misrdan tashqari Sharqiy o’rtayerdengizi qirg’og’ining barcha orollarini nazorat qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya bilan bir necha urushlar natijasida er. avv. II asr boshlarida bu hududlar Misrdan ajralib ketdi.

Misrda hukmronlik qilgan ellin sulolasining asoschisi Ptolemey Lag makedon zodagonini o’g’li, harbiy boshliq, Iskandarning safdoshi edi. U o’zi keksayib, o’z tabiiy o’limi bilan vafot qilgan Iskandarning yagona diadoxi edi. Antik mualliflar Ptolemey Lagni Soter (Qutqaruvchi) deb nomlaydilar, chunki u misr xalqini Iskandar tayinlagan noib Kleomen zulmidan ozod qilgan hisoblanadi.

Bosqinchilar mamlakat boshqaruvida minglab yillar davomida saqlanib qolgan an’anaviy, ma’muriy tizimini saqlab qoldilar, faqat yuqori lavozimlarda turgan fors va Misr amaldorlarini o’rniga yunon-makedonlar o’tqazildi. Ptolemeylar qadimgi fravn-podshoning mutlaq hokimiyati, ko’p tarmoqli davlat apparatini, ko’p sonli amaldorlarni, qat’iy markazlashgan davlat hokimiyatini va uni mamlakat xo’jalik hayotiga faol aralashivuni saqlab qoldilar.

Yangi sulola Misr firavnlaridan mamlakatni hududiy bo’linishini, nom tizimini meros qilib oldilar. Faqat nomlar sonlarini o’zgartirib, qayta tashkil qildilar. Dastlab nomlarni podsho tayinlagan nomarxlar boshqardilar. Er. avv. III asr oxiridan boshlab nomarxlar qo’lida hududning moliyaviy sohasigina qoldirilib, ularning oliy ma’muriy hokimiyati harbiy soha bilan strateglarga berildi. Ptolemeylar mamlakatni iqtisodiyoti va mafkurasida muhim o’rin tutgan mahalliy kohinlarni va ibodatxonalarni firavnlar davridagidek o’zgarmagan holda saqlab qoldilar, lekin ularning faoliyati davlat nazoratiga olindi. Ibodatxonalar oldida podshoning maxsus vakillari epstatlar kohinlarning diniy va iqtisodiy faoliyati ustidan nazorat qilib turdilar.

Yunon-makedonlar kelishi arafasida Misrning iqtisodiyoti so’ngi tosh davri ibtidoiy texnikasi darajasida bo’lib, faqatgina qisman takomillashtirilgan mis va bronza qurollariga asoslangan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat xo’jaligida haqiqiy to’ntarish bo’ldi: qishloq xo’jaligida temir mehnat qurollari paydo bo’ldi, Bobildan seyalka olib kelindi. Qishloq xo’jaligida yangi texnik moslamalar vino va zaytun yog’ini olish uchun vintli pres (Arximed vinti)dan foydalana boshlanishi dehqonlarni mehnatini yengillashtirdi. Yangi ekinlar paydo bo’ldi va ishlov beriladigan yer-maydonlarining hosildorligi keskin o’sdi. Firavn Nexo kanali qayta tiklandi, tashlab qo’yilgan ko’plab yerlar o’zlashtirilib, irrigatsiya inshootlari qayta ishga tushirildi.

Hunarmandchilik shaharlarda to’planib, qishloq xo’jaligida qaraganda bu sohada qul mehnati keng qo’llandi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozor uchun ommaviy ravishda ishlab chiqarildi. Kemasozlik uy-joy va jamoat binolarini qurilishi, metal va keramik idish-tovoqlar, gazlamalr, mebellar, zargarlik buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi.

Ptolemey I savdo-hunarmandchilik, qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida o’z tanga pullari oltin stater, kumush tetradraxma va mis obollarni zarb qila boshladi. Oltin va kumush qazish, tanga zarb qilish, turli xil pul ayirboshlash davlat monopoliyasiga aylantirildi, hamda chet el tanga pullarini ishlatish taqiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida o’ziga xos qog’oz vazifasini bajargan papirusni ishlab chiqarish ham davlat monopoliyasiga aylantirildi.

Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari (Ptolemey II, Filadelf III, Everget III, Filopator IV, Epifan V) deyarli yuz yil davomida faol tashqi siyosat olib borib, Ellin dunyosida yetakchilik qilishga da’vo qildilar. Ptolemey V Epifanning er. avv. 180-yil o’limidan keyin tashqi siyosatda qiyinchiliklar tug’ila boshlandi, tushkunlikning uzoq davri boshlanib, er. avv. 30-yilda Rim istilosi bilan tugallandi.

Er. avv. III asr o’rtalarida Misr kuchli harbiy flot va qo’shinga ega edi. Ptolemeylarning asosiy raqibi Makedoniya, Bobil va Kichik Osiyodagi ba’zi davlatlar edi. Ptolemey IV Filopator davri (er. avv. 222-205-yillar) Misr tashqi siyosiy yutuqlarining eng oliy nuqtasi bo’ldi. Misrning mavqei Old Osiyoda kuchayib ketdi, lekin bu vaqtinchalik edi.

Er. avv. 70-yillardan boshlab, Rim davlati Misrning ichki ishlariga faol aralasha boshladi. Ptolemey sulolasining bir necha vakillari Rim yordami bilan hokimiyatni boshqardilar. Sulolaning so’ngi vakili Kleopatra VII ham rimliklar yordamida taxtga keldi.



Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə