Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


-bob. Ish joylarini ko‘rikdan o‘tkazish tartibi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
608 18.10.2022

12-bob. Ish joylarini ko‘rikdan o‘tkazish tartibi 
113. Korxona va ularning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tizimli ravishda, shu jumladan
tungi soatlarda ham ishlab chiqarish ish joylarini aylanib chiqishlari kerak. 
114. Ish joylarini aylanib chiqish: 
xodimlar tomonidan qoidalarga, ishlab chiqarish va lavozim yo‘riqnomalariga rioya 
qilinishini, uskunalarning belgilangan ishlash rejimi saqlab turilishini; 
xodimlar tomonidan smenani topshirish va qabul qilish tartibiga, tezkor hujjatlarning 
yuritilishiga, ishlab chiqarish va mehnat intizomiga rioya qilinishini; 
qurilmaning ishlashidagi mavjud nosozlik va nuqsonlar xodimlar tomonidan o‘z vaqtida 
aniqlanishi va ularni tezda bartaraf etish choralarini ko‘rishlarini; 


ta’mirlash va maxsus ishlarni bajarishda naryad-farmoyishlarning belgilangan tizimi to‘g‘ri 
qo‘llanilishini; 
ish joyida xodimlar tomonidan gigiyenaga amal qilinishini; 
ish joylarida texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi vositalari va asboblarning mavjudligi 
va ularning ishga yaroqliligini; 
ishlab chiqarishning ijtimoiy sharoitlari amaldagi normativlarga muvofiqligini tekshirish 
uchun amalga oshiriladi.
115. Ish joylarini aylanib chiqish shunday tashkil qilinishi kerakki, har bir ish joyi elektr 
stansiyalari va tarmoqlarining rahbarlaridan biri tomonidan kamida olti oyda bir marta va tarkibiy 
bo‘linmalar rahbarlari tomonidan har oyda kamida bir marta tekshirilishi kerak. 
Korxonaning har bir rahbar xodimi oyiga kamida bitta ish joyini, tarkibiy bo‘linma rahbari 
esa haftasiga kamida bitta ish joyini tekshirishi kerak. 
Ish joylarini har bir aylanib chiqishning natijalari tekshirilayotgan ish joyida mavjud tezkor 
jurnalda yoki boshqa hujjatda qayd etilishi hamda tegishli qaror qabul qilinishida foydalanilishi kerak. 
13-bob. Xodimlar bilan ishlashning jamoaviy shakllari 
116. Korxonada xodimlar bilan ishlashning turli xil jamoaviy shakllari amalga oshirilishi 
kerak. 
Bularga quyidagilar kiradi: 
har oylik ishlab chiqarish yig‘ilishlari; 
kasbiy mahorat musobaqalarini tashkil etish; 
ko‘rgazmali tashviqotni, shu jumladan, texnika xavfsizligi stendlarini tashkil etish; 
o‘quv va texnik adabiyotlar bilan ishlashni tashkil etish; 
qoida va yo‘riqnomalar talablari, mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, ishlab chiqarish 
sanitariyasi va tashkiliy-ma’muriy hujjatlar talablariga barcha nomuvofiqliklarni aniqlash uchun 
muntazam ravishda jamoa ko‘riklarini tashkil etish; 
mehnatni muhofaza qilish yuzasidan jamoat nazoratini o‘rnatish (texnika xavfsizligi kunlari 
va boshqalar); 
quyi va boshqa korxonalarga ekskursiyalarni tashkil etish; 
filmlar, videofilmlarni kompyuter dasturlari orqali ko‘rishni tashkil qilish. 
117. Elektr stansiyalarida texnologik sexlar smenalarining har oydagi ishlab chiqarish 
yig‘ilishlari ushbu sexlarning smena boshliqlari tomonidan, boshqa smenalarning har oydagi ishlab 
chiqarish yig‘ilishlari esa elektr stansiyasi va markaz smena boshliqlari tomonidan o‘tkaziladi. 
Xodimlarining soni kam bo‘lgan elektr stansiyalarida ishlab chiqarish yig‘ilishlari barcha 
smenalar bilan birga elektr stansiyasining bosh muhandisi tomonidan o‘tkaziladi. 
Elektr tarmoqlarida ishlab chiqarish yig‘ilishlari xizmat, tuman va bo‘linma rahbarlari 
tomonidan o‘tkaziladi. 
Korxonaning bosh muhandislari o‘z tarkibiy qismlarining (korxonalarining) rahbarlari va 
mutaxassislari bilan tizimli ravishda tezkor yig‘ilishlar o‘tkazishlari kerak. 
118. Mehnatni muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazorati amaldagi qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq mehnat jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish 
qoidalariga
 
1-ILOVA 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə