Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


-bob. Malaka oshirish tartibi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
608 18.10.2022

11-bob. Malaka oshirish tartibi 
107. Malaka oshirish har bir xodimning to‘g‘ridan to‘g‘ri majburiyati hisoblanadi. 
Malaka oshirishni tashkil etish uchun javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklanadi. 
Malaka oshirish, xodimlar malaka darajasining ishlab chiqarish sharoitlariga mos kelishini 
ta’minlash, ularda professionallikni shakllantirish, rahbarlar va mutaxassislarning lavozimlarini 
o‘zgartirishga tayyorlash yoki ular uchun ish haqining tegishli miqdorini belgilash hamda xodimlarga 
malaka razryadini berish maqsadida amalga oshiriladi. 
108. Malaka oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
xodimning muntazam ravishda o‘z bilimini oshirib borishini (o‘z ustida ishlashini); 
ishlab chiqarish, iqtisodiy seminar va kurslarda o‘qitishni; 
davriy qisqa muddatli o‘qitishni; 
ilg‘or korxonalar, yetakchi ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari tajribasini o‘rganishni; 
davriy uzoq muddatli o‘qitishni; 
yangi mutaxassislikni olish uchun qayta tayyorlashni. 
109. Rahbar va mutaxassislarni qisqa muddatli davriy o‘qitish zaruratga ko‘ra, ish joyidagi 
maxsus tayyorgarlik obyektlarida yoki kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining 
ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun o‘quv rejalari va dasturlarini malaka 
oshirishni tashkil etayotgan korxona va o‘quv-ishlab chiqarish bo‘linmalari birgalikda ishlab 
chiqadilar. 
110. Rahbar va mutaxassislarni uzoq muddatli davriy o‘qitish ularning mehnat faoliyati 
yo‘nalishi bo‘yicha fan, texnika va texnologiyaning so‘nggi yutuqlarini, ishlab chiqarishni boshqarish 
va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini chuqur o‘rganishi uchun kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining ta’lim muassasalarida besh yilda kamida bir 
marta amalga oshiriladi. 
Bunday o‘qitishlar ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan hamda belgilangan 
tartibda kelishilgan va tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
111. Yetakchi korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining tajribasini 
o‘rganish ilg‘or texnologiyalar va ishlarni tashkil etishni o‘zlashtirish, egallab turgan yoki yuqoriroq 
darajadagi (kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida) lavozim bo‘yicha vazifasini bajarish uchun amaliy 
va tashkiliy ko‘nikmalarni egallash maqsadida amalga oshiriladi. 
Bunday tajribalarni o‘zlashtirish yakka tartibda amalga oshiriladi. 
112. Xodimlar malakasini oshirish maxsus maqsadli kurslarda, mehnatning ilg‘or usul va 
yo‘llarini o‘rgatuvchi korxonaning ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish bo‘linmalarida, o‘quv-
ishlab chiqarish muassasalarida va trenajyorda tayyorlash markazlarida amalga oshiriladi. 
Xodimlarning turli xil o‘rgatishlardan o‘tishi davriyligi va ketma-ketligi ishlab chiqarish 
zaruratidan, shuningdek, xodimning shaxsiy qobiliyatidan kelib chiqib, korxona rahbari tomonidan 
belgilanadi. Bunda har bir xodimning har yilgi majburiy kasbiy o‘qitilishi ta’minlanishi lozim. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə