Экономика и социум



Yüklə 265,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix24.03.2023
ölçüsü265,5 Kb.
#103117
1   2   3   4   5   6   7   8
Xolbozorova

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №12(91) 2021 www.iupr.ru
farzandlar farovon turmush kechirishining muhim tamoyili sifatida qadrlanishiga 
erishishi orqali amalga oshirish mumkin.
Oilada tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun ota-onalar turli tarbiya 
vositalaridan fodalanishadi: bolani rag‘batlantirishadi, jazolashadi, uning uchun 
namuna bo‘lishga harakat qilishadi. Do‘stona munosabatda bildirilgan maqtov
befarq va sovuq ota-onalardan olingan maqtovga qaraganda ta’sirliroqdir. Jazolash 
va taqiqlashga nisbatan maqtovdan aql bilan foydalanish hisobiga bolani shaxs 
sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir qilish mumkin. Bolani boshqa yo‘1 bilan 
amalda o‘zgartirib bo’lmaganida jazolashdan ham foydalanish mumkin. Agar 
jazolash uchun ehtiyoj tug‘ilsa, uning tarbiyaviy ta’sirini oshirish uchun iloji 
boricha qilgan xatti-harakati uchun jazolashga intilish kerak. Jazolash adolatli
lekin juda shafqatsiz bo‘lmasligi lozim. Juda qattiq jazolash bolada qo‘rquv paydo 
qilishi mumkin. Bolaning qilgan xatosi unga yaxshilab tushuntirilsa, jazolash 
samarali bo‘ladi. Ko‘proq jazolanadigan, baqiriladigan bolalar, ota-onadan 
uzoqlashadi, emotsional befarq bo‘lib qoladi hamda yuqori agressivlikni namoyon 
etadi.
Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. 
Ommoviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy 
mavzulardagi maqolalar, ko’rsatuv eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy 
adabiyotlar hamda ularda ilgari surilayotgan g’oyalar yuzasidan o’tkaziladigan 
suhbatlarbolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faillik, 
mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi. Oila muhitida 
bolalarga ularning burchlari to’grisidagi ma’lumotlarni berib borish, o’z navbatida 
huquqlaridan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish bu borada yaxshi samara bera 
oladi. Bolalarning ota-onalari bilan o’zaro munosabati ularni mashq qilish va 
ijtimoiy ko’nikmalarni takomillashtirishga imkon beradi, keyinchalik bu 
tengdoshlari bilan muloqotda juda foydali bo’ladi. 
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida 
birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga , jumladan, oilaviy hayotga 
tayyorlanadi. O’ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi. Ikkinchidan, 



Yüklə 265,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə