|
Ekologiyaning rivojlanish tarixi
|
səhifə | 1/12 | tarix | 21.01.2023 | ölçüsü | 6,52 Mb. | | #98950 |
| Ekologiyaning rivojlanish tarixi Reja: bilan o’zaro bog’liqligi 3 Ekologiyaning asosiy bo’limlari Ekologiya fan sifatida «Ekologiya» atamasi va uning ma‘nosi fanga 1866 yilda nemis biologi Ernst Gekkel tomonidan kiritilgan (1834-1919). U ekologiya deganda muhit va organizmlarning o’zaro bog’liqligini tushungan va fanning bu tarmog’iga quyidagicha ta‘rif bergan: «Ekologiya bu butun tirik mavjudotlarning muhitdagi organiq va noorganiq komponentlari bilan o’zaro aloqadorligini o’rganadi, bunda noantogonistik va antogonistik hayvonlar va o’simliklarning o’zaro aloqadorligini hisobga oladi. Bir so’z bilan aytganda, ekologiya-tabiatdagi jami murakkab aloqadorlik va o’zaro munosabatlarni o’rganadigan fan bo’lib, Ch.Darvin fikricha, yashash uchun kurash shartlaridan biridir. Ayniqsa, Ch.Darvinning evolyutsion ta‘limoti, «turlarning tabiiy yul bilan tanlanishidan kelib chiqishi» nomli kitobi (1859) ekologiya fanining shakllanishiga, mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga katta hissa qo’shdi. «Ekologiya» yunoncha so’zdan olingan bo’lib, «Oykos» «uy-joy, makon» degan ma‘noni anglatadi va qadimiy adabiyotlarda bu so’zning sinonimi «oykologiya»dir. «Ekologiya» yunoncha so’zdan olingan bo’lib, «Oykos» «uy-joy, makon» degan ma‘noni anglatadi va qadimiy adabiyotlarda bu so’zning sinonimi «oykologiya»dir. Mazmun jihatdan ekologiya «o’z uyingdan»gi organizmlar haqidagi fandir. Keng ma‘noda ekologiya mazmunini quyidagicha ta‘riflash mumkin: «Ekologiya bir-biri bilan o’zaro bog’liq organizmlar va ularning ekologik muhit munosabati yoki organizmlar guruhining atrof muhitga yoki tirik organizmlarning bir-biri va yashash muhiti bilan o’zaro munosabatlari haqidagi fandir».
Dostları ilə paylaş: |
|
|