E-qaror gov uz 137-2-34-Q/23



Yüklə 272,62 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.10.2023
ölçüsü272,62 Kb.
#130158
137-2-34-Q 23



e-qaror.gov.uz
137-2-34-Q/23
1
2023 - yil 10 - may
137-2-34-Q/23
G‘ijduvon tuman hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-
apreldagi “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor
qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 169-sonli hamda Buxoro viloyati hokimining 2023-yil 3-maydagi
130-2-0-Q/23-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi
“Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va
undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 169-sonli
hamda Buxoro viloyati hokimining 2023-yil 3-maydagi 130-2-0-Q/23-sonli qarorlari
ijrosini ta’minlash maqsadida,
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 
“Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va
undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 169-sonli
hamda Buxoro viloyati hokimining 2023-yil 3-maydagi 130-2-0-Q/23-sonli qarorlari
rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini sidirib
olish, saqlash va undan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga
muvofiq tasdiqlanganligi;
jismoniy va yuridik shaxslardan rekultivatsiya qilish ishlari yakunlanganligi
to‘g‘risida yozma xabarnoma kelib tushgandan keyin rekultivatsiya qilingan yerlarni
qabul qilish-topshirish ishlarini amalga oshirish tartibi;
buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish loyihasini ishlab chiqish va


e-qaror.gov.uz
137-2-34-Q/23
2
rekultivatsiya qilish tadbirini yerning buzilishiga sababchi bo‘lgan jismoniy yoki
yuridik shaxsning mablag‘i hisobidan amalga oshirish tartibi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish,
infratuzilma obyektlarining muhofaza hududlarini belgilash loyihalarini ishlab
chiqish va loyihani joyiga ko‘chirish davrida mualliflik nazorati O‘zbekiston
Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-
loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi;
tog‘-kon qazilmalarining ag‘darmalari hisobiga, shuningdek, infratuzilma
obyektlarini (yo‘llar, quvurlar, elektr tarmoqlari) qurish natijasida buzilgan qishloq
xo‘jaligi yerlarini rekultivatsiya qilish tadbirlari va loyihalash ishlari ushbu
infratuzilma obyektlarini barpo etgan jismoniy va yuridik shaxslar mablag‘lari
hisobidan amalga oshirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va
idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar yer fondining barcha
toifalaridagi qishloq xo‘jaligi yerlari holati, shu jumladan, buzilgan va rekultivatsiya
qilingan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining
“Geoaxborot” tizimida yuritilishini ta’minlash belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman tabiat resurslari bo‘limi (A.Qurbonov), tuman qishloq xo‘jaligi
bo‘limi (F.Raxmatov) bilan birgalikda o‘z vakolatlari doirasida buzilgan yerlarni
rekultivatsiya qilish hamda ularning unumdorligini tiklash, tuproqning unumdor
qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish ishlarining sifati va o‘z vaqtida
bajarilishi bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatsin va monitoringini ta’minlash
topshirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Jabborov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi
Sh.Ashurov

Yüklə 272,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə