Dukkakli don ekinlarining umumiy morfologik belgilari



Yüklə 67,94 Kb.
səhifə5/5
tarix18.03.2022
ölçüsü67,94 Kb.
#84559
1   2   3   4   5
SELEKSIYA BFF2

Ko‘k no‘xat

Xalq xo‘jaligida ko‘k no‘xat oqsilga boy qimmatli oziq-ovqat mahsuloti hisolanadi. Pishgan urug‘ari butunligicha va maydalangan xolda ishlatiladi, ba’zan har xil ovqatlarga ham solinadi. Ko‘k nuxat uni makaronlarga ham qo‘shiladi. Odatda oziq-ovqatga ishlatish maqsadida oqdonli, sariqdonli, sargish qizg‘ish rangdagi, ba’zan kuk rangdagi urug‘lar yetishtiriladi. Qoramtir rangdagilarni pishirganda yemon pishadi va rangi chiqib ketib ovqatning ta’mnni va rangini buzadi. Kuk holda donlarii yigib olingandan so‘ng qolgan poyalaridan pichan va silos bostirish uchun foydalanish mumkin. Yig‘ishtirib olingandan so‘ng 1 ga tup roqqa 100 kg sof azot qoldiradi, buni 20 t go‘ng bilan tenglashtirish mumkin. Ko‘k no‘xat ildizi pastki qatlamlarga kirib boradi, tuproqda qiyin eriydigan tuzlarni o‘simlik o‘zlashtirishi uchun qulay holga o‘tkazib beradi.

Ko‘k no‘xatni ko‘kat oziq va silos bostirish uchun ham eqiladi. 100 kg ko‘k no‘xat donida 117 ozuqa birligi bor, V uning 1 kg mida 180-240 kg xazm bo‘ladigan protein, 12,5 g , 100 kg poxolida 31 ozuqa birligi bor.

Ekish maydoni va hosildorligi. Bu o‘simlik yer sharida qariyb 8 mln. gektar maydonni eg‘allaydi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida Aqsh, Kanada, Xitoy, Yevropada eqiladi. Rossiyaning Yevropa qismida qariyb 3,2 mln. gektariga ko‘k no‘xat ekib kelingan. O‘zbekistonda Bu o‘simlik asosan oraliq ekin va ko‘kat o‘g‘it sifatida uzoq yillardan beri ekib kelinmoqda. O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlarida kuk poyasidan 320-350 s, donidan 25-28 s hosil olingan. Asosan qung‘ir donli xashaki ko‘k nuxat, kuzda kishlovchi navlari eqiladi.

Ko‘k no‘xat - Pisum Kning bir qancha turi bo‘lib, shundan bir turi ekma nuxat (Pisum Sativum Y) ko‘p eqiladi. Uning bir qancha kenja turi bor, shundan asosiysi:

Sativum - oq gulli va bir tusdagi (oq urug‘lari) va Arvense.

Qi zg‘ish binafsha rang gulli va ko‘pgina polxol bo‘lgan dala yoki xashaki nuxat, qizil dogli yenbargchasi bor.

Ekma no‘xat doni oziq-ovqatga ishlatiladi. Ko‘k no‘xat bir yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, poyalari, o‘suv davri­ning boshida tik o‘sadi. Poyasining o‘rta qismi tez, oson yetib qoladi. Poya uzunligi naviga qarab 30-300 sm.

Ko‘k no‘xatning gul tuplami bugimlarda hosil bo‘ladi, guli oq qizg‘ish yoki binafsha ranglarda. Ko‘k nuxat gulida 10 ta changchisi bo‘lib, shundan 9 tasi qo‘shilib, 1 tasi alohida o‘sadi.

Mevasi dukkak naviga qarab har bir dukkak ichida 3-9 tagacha don bo‘ladi. Dukkagining tuzilishiga qarab lushilnoye va shirin ko‘k nuxat shakllari mavjud (16-rasm).

Ko‘k no‘xat dukkagi qattiq parda bilan qoplangan. U 2-3 qavat yegochlangan xujayralardan tashkil topgan.Ko‘k no‘xat dukka­gi qalin parda bilan qoplan­gan, shuning uchun shirin oziq-ovqatga kuk holida iste’mol qilinadi. Ko‘k no‘xatning shirin navlari sabzavot si­fatida oziq-ovqat konserva sanoatida ishlatiladi. Shi­rin va nim shirin ko‘k no‘xat dukkaklari quruq havoda chatnab ketadi, ularni yanchib olish ancha qiyin.

Ko‘k no‘xat donlari sharsimon, cho‘zinchoq ustki qismi tekis, ba’zan ustki qatlami burtgan bo‘ladi. Ko‘k no‘xatning oq ranglisini us­tki qismidagi pardasi rangsiz bo‘ladi. Urug‘ning rangi urug‘ pallasining rangiga botiq. Kuk no‘xat urug‘i sariq, sariq kizgish, kuk kulrang, ba’zan qora bo‘ladi.

1000 dona urug‘ining vazni naviga va ustirish sharoitiga qarab 40 dan 400 gr gacha, o‘rtacha vazni esa 200-270 g.

Ko‘k no‘xatning ko‘pchilik shakllari qisqa yarovizasiya davriga ega. Birinchi o‘suv davri - 2°, +20°C haroratda 10-20 kun ichida kechadi. Yarovizasiya davri uchun eng qulay harorat -3°C, -5°C. Bundan kelib chiqadiki, ko‘k no‘xatning o‘sib rivojlanishi uchun uni ertaroq ekish kerak. Kechpishar navlari ertapisharlariga nisbatan yarovizasiya davrini tez utaydi. Ko‘k no‘xat uzun kunli o‘simlik o‘suv davrining davomiyligi yarovizasiya va epyg‘lik davrining davomiyligiga bog‘iq. Ko‘k no‘xatning barcha shakllari qisqa yarovizasiya davriga ega. Har xil ko‘k no‘xat navlarining o‘suv davri turli xil bo‘ladi.

O‘suv davri nav va turlariga ko‘ra 60 kundan 127 kungacha bo‘lar ekan.

Umumiy o‘suv davrining davomiyligini gullash vaqtida aniqlash mumkin, odatda tez gullab bo‘ladigan nav tezpishar, kech gullaydigani kechpishar bo‘ladi.









Yüklə 67,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya