Dukkakli don ekinlarining umumiy morfologik belgilari



Yüklə 67,94 Kb.
səhifə3/5
tarix18.03.2022
ölçüsü67,94 Kb.
#84559
1   2   3   4   5
SELEKSIYA BFF2

Nazorat savollari :

1.Dukkakli ekinlarini sanang.

2.Dukkakli ekinlar ildizlarida qanday bakteriyalar mavjud va ularning ahamiyati ayting.

3.Dukkakli ekinlarini botanik tuzilishini ta’riflang.

4. Dukkakli don ekinlari qaysi tumanlarda ko‘p eqiladi?


XATK NOXAT VA KO3.3.NO

Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Bu o‘simlik O‘rta Osiyoda keng tarqalgan bo‘lib, juda kadimdan ekilib keliiadi. No‘xat turli suyoq ovqatlarga ishlatiladi, konservalar tayyorlanadi. Bug‘doy uniga 10-15 % no‘xat qo‘shib non, makaron va konditer mahsulotlari tayyorlashlarida ularning to‘yimliligi oshadn.

No‘xat unidan yosh bolalarga sutli ovqatlar tayyorlash mum­kin. Xali pishib yetnlmagan no‘xat urug‘larini sabzavot mahsulotlari sifatida iste’mol qilish mumkin.

No‘xat chorvachilikda ayniqsa, chuchqachilikda oqsilli omixta em sifatida ishlatiladi.

Ul arning ovqatlariga no‘xat donidan qushish sigir sutini ko‘paytiradi, yosh buzoq va chuchqa bolalarining o‘sishini tezlashtiradi, tovuqlarning tuxum qilishi ortadi. Yem uchun no‘xatning kung‘ir rangli urug‘lari ishlatiladi, ularni maydalab yorma holida omixta yemlarga qushiladi.

No‘xat­ning 27 turi bo‘lib, shulardan faqat bitta turi O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Siser arietinum no‘xatning bu madaniylashgan turi bir yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, uq ildizi, tuproqqa 1-1,5 m gacha kirib boradi. O‘rta Osiyo mintaqasida juda qadimdan ekib kelingani uchun tuproqda tugunak bakteriyalari uchraydi (15-rasm).

Poyasi tukli tirsaksimon, balandligi 25-95 sm bo‘lib, shoxlab o‘sadi. Poyasi mayda rangli tuklar bilan qoplangan. No‘xat lalmi yerlarda ekilganda balandligi 25-55 sm gacha bo‘lib, yaxshi shoxlab o‘sadi. Bir tup o‘simlikda yen shoxlar soni 3-6 tagacha. Barglari kalta bandli, toq patsimon bo‘lib, barg bandida juft barglarining soni 5-8 tagacha. Barg bandining uchida bitta toq barg joylashgan. Bargchalari mayda arra tishli va tukli bo‘ladi.

Guli mayda, barg qultiqlarida yakka yakka joylashadi. Gullarining rangi naviga qarab har xil bo‘ladi. Ular oq, pushti va binafsha rang bo‘lishi mumkin. Boshqa dukkaklardan farqi shuki, no‘xatning gullari alohida bo‘lib joyla­shadi. Gulining tuzilishi beshta gultoj bargi yirik uni yelkan, yen tomondagi ikkita kichikroq kanotcha va pastki cheti bilan bir-biriga tutashib usgan ikkita past qusmini qayiqcha dyeb ataladi. Changchilari unta, shulardan tuqqiztasi qo‘shilib, bittasi alohida o‘sadi. Changchilari kalta ustunchasi bo‘lgan va ikki tomoni siqiq onalik tugunchasini urab turadi. No‘xat uzidan changlanadi.

Dukkaklilar ovalsimon yoki qavariq shaklida sargish tukli bo‘ladi, dukkakda asosan 1-2 ta urug‘ bo‘ladi. Baquvvat, sershox, rivojlangan no‘xat dukkaklarida ba’zan uchta urug‘ hosil bo‘ladi, dukkakning uzunligi 1,5-3,5 sm gacha yetadi.

Urug‘i dumboqchali yoki gadir budir, tumshuqchasi yaqqol ko‘rinadi, ba’zan tumshuqchasi katta, alohida ajralgan bo‘lsa, ba’zan urug‘dan salgina ajralgan kichkina tumshuqchasi bo‘ladi. No‘xat urug‘ining shakliga qarab uch xilga bo‘linadi:

Urug‘ning shakli quy boshiga uxshagani uchun quybosh no‘xat deyiladi, Bu tur uzimizda lalmi zonada juda ko‘p eqiladi. Tumshuqchasi uzun, bir oz egilgan. Urug‘ kertigi oval shaklida, urug‘ pusti deyarli hamisha sariq rangda;

yumshoq – urug‘i echki boshiga uxshaydi. Urug‘ tumshuq­chasi ilmoqsimon qayrilgan. Urug‘ing sirti ko‘pincha biroz burishgan. Urug‘ining kertigi yomaloq urug‘ pusti och sariq rangda; Bu xildagi no‘xat urug‘lari odatdagidan kichik bo‘ladi, urug‘lari dumaloq faqat kichkina tumshuqchasi bo‘ladi, ran­gi sariq kulrang, jigarrang va kora bo‘ladi, sharsimon yoki dumaloq no‘xat deyiladi.

1000 dona no‘xat urug‘ining ogirligi o‘rtacha 220-300 g. Yirik urug‘larida 600 g gacha bo‘lsa, mayda urug‘larida 60 gr gacha bo‘ladi. O‘suv davri 60 kundan 90 kungacha.

No‘xat issiqqa talabchan o‘simlik ammo urug‘lari 3-4°C da una boshlaydi, 5-6°C da unib chiqadi. Havo harorati 25-26°C bo‘lsa, 56 kunda unib chiqadi.

No‘xatning yosh maysalari -5-6° sovuqqa chidamli. Bahori sovuqlarda juda kam zarar ko‘radi. Unib chiqqan no‘xat maysalari issiqqa talabchan. Ayniqsa gullash va meva hosil qilish davrida havo harorati 20°C dan past bo‘lmasligi kerak. O‘simlik unib chiqqandan hosil berguncha foydali harorat 1800-2000°C bo‘lishi zarur. Ammo havo harorati nisbatan past bo‘lgan yillarda ham no‘xat urug‘lari pishib yetiladi.

Dukkaklilar ichida no‘xat havo va tuproq qurgoqchiligiga eng chidamli o‘simlik O‘rta Osiyo sharoitida no‘xat faqatgina lalmi zonalarda eqiladi. Urug‘lari unib chiqishi uchun o‘rtacha 106,2% namni singdirib olishi kerak. Urug‘ining uzi 13,2-13,5% nam saqlaydi. Shuning uchun ham bu o‘simlik nuxat yorug‘likka talabchan uzun kun o‘simligi. Qisqa kun­da ustirilganda barcha turlarining gullashgacha bo‘lgan davri 40-60 kunga, ba’zilari 20-30 kungacha chuziladi.

Dukkakli o‘simliklar ichida no‘xat nisbatan tuproqqa talabchan emas, deyarli turli xil: kora, qung‘ir, qizil,qumloq buz, utloqi buz, soz tuproqlarda no‘xatni yetishtirish mumkin. Tuproq tarkibida xlorli tuzlar ko‘p bo‘lsa, yoki uta botkoqlashgan bo‘lsagina no‘xat usmaydi.

Gullash fazasi davrida yomg‘irlar ko‘p bo‘lsa, gullari changlanmay qolib, yangi gul hosil qiladi. Bir dona gulniig g‘uncha holidan ochilguncha uch kecha kunduz o‘tadi. O‘z-o‘zidan changlanib bo‘lgandan keyingina g‘unchalari ochiladi. Ochilish davri ertalab soat 7 dan kechqurun soat 17°° gacha davom etadi. Guli 12 soat mobaynida uzluksiz ochilib turgandan keyin suliy boshlaydi. Changlanganining 4 kuni urug‘ tugunchalari kuzga tashlanadi, 20 kun utgandan keyin batamom dukkak holiga kiradi.




Yüklə 67,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə