Dukkakli don ekinlarining umumiy morfologik belgilari



Yüklə 67,94 Kb.
səhifə4/5
tarix18.03.2022
ölçüsü67,94 Kb.
#84559
1   2   3   4   5
SELEKSIYA BFF2

Eqiladigan navlari.

«Zimistoni» - Tojikiston dehqonchilik ilmiy tekshirish instituti tomonidan, «Dushanbinskiy78», «Tadjikskiy10» navlarini duragaylash yo‘li bilan yaratilgan. Qashqadaryo viloyatining lalmi maydonlarida iqlimlashtirmlgan. O‘simlik poyasi tikturadi, balandligi 24,4 sm, barglari tishli, tuq yashil rangli, o‘rtacha yirik bargchalardan iborat, gullari oq rangda. Dukkaklarining uzunligi 1,52 sm. eni, 0,9-1 sm, 1-2 ta, ba’zan 3 ta urug‘li bo‘ladi. Urug‘larp och pushti rangda, burishgan mayda, urug‘ pallalari sariq rangda. Sifati va ta’mi jihatidan o‘rtacha va yaxshi. Suvda shishishi birtekis, urug‘idagi oqsil miqdori 23,6-26.9% ni tashkil etadi. O‘rtapishar nav bo‘lib, tula unib chiqishidan texnik yetilishigacha bo‘lgan davr 72-78 kunni tashkil qiladi.

«Milyotinskiy» - O‘zbekiston don ilmiy tekshirish institutida K372 ni yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Samarkand, Toshkent viloyatlarining sug‘orilmaydigan yerlari uchun iqlimlashtirilgan. Poyasi yetib qolmaydi, mexanizasiya bilan yig‘ib olishga yaroqdi, tukilishga moyil. O‘simlik uzunligi 30-35 sm, 1000 dona urug‘ining ogir­ligi 384 g. Protein miqdori 23,7%, o‘suv davri to‘la unib chiqqandan texnik yetilishigacha bo‘lgan davr 79 kunni tashkil etadi.

«Yulduz» - O‘zbekiston Don ilmiy tekshirish instituti tomonidan ko‘p marta yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining sug‘orilmaydigan yerlari uchun iqlimlashtirilgan, gullari oq, yirik dukkaklari 1-2 urug‘li, urug‘lari burishgan oq-rangli. 1000 ta urug‘ining og‘irligi 305-372 g, o‘rtapishar nav bo‘lib, to‘liq unib chiqqanidan texnik yetilishigacha bo‘lgan davr 78-79 kuniy tashkil etadi. Protein miqdori 24,5-26%. Askaxitoz bilan kasallanmaydi. Qurg‘oqchilikka chidamli, dukkaklari chatnamaydi.

Yetishtirish usuli. No‘xat uchun don, poliz ekinlari va kungaboqar. shuningdek no‘xatning uzi ham yaxshi utmishdosh ekinlardan hisoblanadi. Almashlab ekishda no‘xat ko‘p vaqt don yoki polizdan keyin ekilganda, hosildorligi 23 s yoqori bo‘ladi, kasallik va zararkunanda hasharotlar juda kam tushadi. Agarda lalmi yerga beda yoki no‘xatdan keyin ekilsa, kasallik va zararkunanda ko‘p bo‘ladi. Lalmikor yerlarda tuproqning yegingarchilikdan yetarlicha nam to‘plashi har yil sodir bulavermaydi. Shu sababdan muhim agro­texnika tadbirlaridan biri qurgoqchilikka qarshi kurash, ya’ni tuproqda eng ko‘p miqdorda nam to‘plash va uni saqlashga qaratilmogi kerak. Ikkinchi tadbir almashlab ekish tizimiga rioya qilinmogi zarur. Agar bug‘doydan keyin uzluksiz burdoy ekilaversa ham tuproqda begona o‘tlar ko‘payib yer kuchsizlanib qoladi.

Almashlab ekish tizimi juda o‘zlashtirilib, begona o‘tlar kamayib, tuproqning suv va oziq rejimi muttasil yaxshilanib borishini hisoblaydigan bo‘lsak no‘xat hosili muntazam ortib boraveradi.

No‘xat eqiladigan yerlar kech kuzlda agdarilmay haydalganda begona o‘tlar tezroq ko‘karib chiqadi, ekish oldidan ishlov berilganda unib chiqqan begona o‘tlarning tomirlari kesilib yer begona o‘tlardan ancha toza bo‘ladi. Kuzda haydalgan yerlarni boronalash kerak emas. Ekish oldidan shudgor gozpanja urnatilgan osma kultivatorlar yordamida 5- 7 sm chuqurlikda yomshatiladi. Namni saqlab qolish uchun shudgorlangandan so‘ng darhol qor va yomgir suvlarini saqlab qolish uchun kundalangiga egat olib quyish zarur. Egatlarni kultivatorlarda olish ham mumkin. Buning uchun kultivatorga kengligi 60-70 sm bo‘lgan oquchnik (jiyak tortgich) urnatib 12-15 sm chuqurlikda egat olish lozim. Bu ishni maxsus pluglarda bajarish mumkin.

No‘xat eqiladigan dalalarga shudgorlash davrida 30 kg azot, 60 kg fosfor aralashtirib solinishi kerak Azot bi­lan fosfor aralash solingan maydonlarda albatta hosildorlik sezilarli darajada oshadi.

No‘xat eqiladigan maydonlar chuqur shudgorlanishi lo­zim, chunki ildizlar 1 m va undan chuqurroq kirib borib, oziq modda va namni o‘zlashtirib oladi. No‘xat ham boshqa dukkaklilar kabi ildizlaridagi tugunak bakteriyalar orqali havodan sof azotni sintez qilib ildizlarida azot to‘playdi.

O‘rta Osiyo sharoitida no‘xat lalmi zonaga ekilganda, urug‘lar albatta nitragin bilan ishlanishi shart, bo‘lmasa ildizlarda juda kam tugunaklar to‘planadi.

No‘xat boshqa dukkaklilarga qaraganda azotni juda kam miqdorda to‘playdi, Bunga sabab uning nam kam bo‘lgan tuproqda o‘sib rivojlanishidir. Ma’lumki, tuproq quruq bo‘lsa, tugunak bakteriyalarning faoliyati tugaydi.

Respublikamizning janubiy xududlarida no‘xatni kech kuzda (tuqsonbosdi qilib) ekish ham yaxshi natija beradi. No‘xatning maysalari bemalol qishlab chiqadi. Bizning lal­mi sharoitimizda no‘xat tor qatorlab burdoy ekadigan seyalkalarda yoki sochma qilib eqiladi. Lalmi sharoitda no‘xat keng qatorlab ekilsa, yerning nami tez qochadi. Ma’lumki, o‘simlik yerni soyalagandan keyin tuproqda ma’lum miqdor­da namlikni saqlaydi. Tup soni evaziga ham hosildorlik oshadi. No‘xat ekish me’yori naviga, ekish usuliga va ekish muddatiga bog‘liq. Ba’zi navlarining urug‘lari yirik bo‘ladi. Ayniqsa, oqish rangli urug‘ navlarida 1000 dona donining vazni 380-400 g keladi. Ekish me’yori, yirik urug‘larda yoqori, mayda urug‘larda kam bo‘ladi.

No‘xatni tor qatorlab yoki sochma qilib ekilsa ekish me’yori keng qatorlab ekilganiga qaraganda 15-20% ko‘payadi. No‘xat sug‘oriladigan dalalarga ekilganda ham ekish me’yori oshadi. Keng qatorlab ekilganda gektariga 400-500 ming dona, tor qatorlab ekilganda esa 700-800 ming dona urug‘ tashlanishi kerak Masalan, 1000 dona urug‘ning vazni 200 g bo‘lsa, 500 ming dona urug‘ tashlansa, 0,2x500-100 kg ni tashkil etadi. Ekish me’yori lalmi sharoitda 50-60 kg dan kam bo‘lmasligi shart Ekish me’yorini undan kamaytirish hosildorlikni kamaytirishga olib keladi. Og‘ir soz tuproqlarda urug‘lar yoza tashlanadi. No‘xat urug‘larini 4-6 sm chuqurlikda tashlash lozim. Ekish chuqurligi tuproqning namligi va fizik xossalariga hamda ekish muddatiga bog‘lik. No‘xat urug‘lari 5-6 sm chuqurlikka tashlanganda deyarli 100% unib chiqadi. No‘xatni don seyalkalari va SPCH8 rusumli seyalkalarda ekish mumkin. Urug‘larni maydalab yobormaslik uchun, ekishdan oldin seyalkani no‘xat urug‘lari uchun moslash zarur. Maysalar unib chiqqanidan keyin maydonlarda ma’lum agrotexnik tadbirlar o‘tkaziladi, eng avvalo no‘xat maydonlari begona o‘tlardan tozalanadi.

Qatqaloq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik keraq, aks holda namlik qochib ketadi. Maysalar to‘liq unib chiqqanidan keyin albatta borona qilinadi. Natijada begona o‘tlar yo‘qotilib tuproqda nam saqlanib qolishiga erishiladi. Bu tadbir begona o‘tlar endi tomir osayotganda o‘tkazilishi lo­zim.

No‘xat keng qatorlab ekilgan bo‘lsa, albatta 2 marta kultivasiya qilinadi. Birinchi kultivasiya nihollar yosh paytida, ikkinchisi g‘unchalash va gullash davrida o‘tkaziladi.

Ikkinchi kultivasiyadan keyin o‘simlik qatorlari qo‘shilib birlashib ketadi va begona o‘tlarni siqib quyadi. Sug‘oriladigan maydonlarga keng qatorlab eqiladigan bo‘lsa, ikkinchi kultivasiyadan keyin jiyak olib no‘xat bir marta sug‘oriladi, Bunda, hosildorlik 2,5-3 baravar oshadi. Sug‘orish me’yori 500-600 m3 bo‘lsa yetarlidir, ammo bizning sharoitda no‘xat faqat lalmi zonalarda eqiladi. Bahor seryomg‘ir kelsa, o‘simlikning bo‘yi 35-50 sm ga yetadi, yen shoxlar ko‘p bo‘ladi. Agarda namgarchilik kam bo‘lsa, no‘xat past bo‘lib kam shoxlaydi va hosildorligi 2-3 s dan oshmaydi. Nam ko‘p bo‘lgan yillari esa gektaridan 5-6 s dan don olinadi. No‘xatni boshqa dukkakli o‘simliklardan farqi shuki uni hyech qiyinchiliksiz mexanizasiya yordamida yig‘ishtirib olish mumkin. No‘xatning poyalari tik dukkaklari poyasining yoqori qismida joylashgan. Poyalari yetib qolmaydi, ana shu xususiyatlari hosilni tug‘ridan turri kombaynlarda yig‘ishtirish imkonini beradi.

No‘xatning pishish davri boshqa dukkaklilarga qaragan­da qisqa, birinchi dukkagi sarg‘aya boshlagandan 3-4 kun utgach dukkaklar pishib yetiladi. No‘xatni urug‘lari tamoman pishib yetilgandan keyin yig‘ishtirib olishga kirishiladi. Pishgan dukkaklar uzoq vaqt turib qolsa, hosilning bir qismi yig‘ishtirish davrida tukilib ketadi.

Don kombaynlari urishga tushishidan oldin, albatta no‘xat urug‘larini yanchishga moslashtirish lozim. Buning uchun barabanlarning aylanishi minutiga 500-600 marta bo‘lishi kerak. Yoqoridagi tadbirlarga amal qilgandagina no‘xat urug‘larini nes nobud qilmay yig‘ishtirib olish mumkin.

No‘xat uzoq yillardan beri xususiy tomorqalarda ekilib kelinadi. Bunda hosil kuzda uroqlar yordamida yi­gishtirib olinadi, mayda uy xirmonlarida oddiy usulda
yanchib, tozalab olinadi. Bu usulda no‘xat donlari yanchilib ketmaydi, Butun bo‘ladi.


Yüklə 67,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə